О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

Farg`ona
  —  antik  davr  yunon  olimlari  bu  viloyatdan  deyarli  bexabar  qolganlar. 
Makadoniyalik  Iskandarning  Xo`jandgacha  kelgani  aniq.  Ammo  undan  sharqqa,  Farg`onaning 
ichiga  o`ta  olmagan.  SHuning  uchun  bo`lsa  kerak,  yunoncha  kitoblarda  qadimiy  Farg`onaning 
tavsifi  yo`q.  U  tomonda  «YAksart  orqasida»  allaqanday  o`troq  aholi  borligigina  qayd  etilgan, 
xolos. Faqat ilk o`rta asr adabiyotidagina Farg`ona nomi qayd etilgan.
 
Farg`ona  nomining  ma`nosi  shu  choqqacha  aniqlangan  emas.  Lekin  bu  haqda  bir  qancha 
izoh,  taxmin  va  mulohdzalar  bor:  Gerodotning  yozishicha,  qadim  zamonlarda  O`rta  Osiyoda 
Parikan  nomli  qabila  bo`lgan;  sanskrit  tilida  parkana  deb  kichik  viloyatga  aytiladi;  pari  xona, 
ya`ni  «go`zallar  yurti»  degan  ma`nosi  xam  bor;  forscha  parand  (arabcha  farand)  —  «shoyi», 
«ipak»  so`zlaridan  kelib  chiqqan  (farandxona  —  ipakxona  degani);  qadimiy  fors-tojikchada 
pargona  —  «tog` oralig`idagi  vodiy»  demakdir.  Bu so`zni  mahalliy  qabilalar o`rganib  olib, o`z 
yurtlarini  Farg`ona  deb  atay  boshlaganlar;  Farg`ona  «har  xona»  so`zlaridan  olingan  ham 
deyiladi.  Bu  erning  yaxshiligini  bilib,  har  joydan  turli  qavmlar  ko`chib  kelgan,  ekinzor  barpo 
qilib,  turg`un  bo`lib  qolgan.  Xonadonlari  har  joy-har  joyda,  tillari  ham  har  xil  bo`lgan.  Ularni 
«xar xona» deganlar. Bu so`zlar iste`molda Farg`ona bo`lib ketgan, deydi Najib Bakron (XIII asr 


 
103 
boshlari)  o`zining  «Jahonno-ma»  kitobida.  Buni  YOqut  Hamaviy  boshqacharoq  izohlaydi:  xar 
xonadan  bittadan  kishi  ko`chirilib  keltirilgan,  shundan  «az  har  xona»  (har  xonadan)  deyilgan, 
keyinchalik  bu  so`z  Farg`ona  bo`lib  qolgan,  deydi  u;  Tojikiston  tog`lari  (Turkiston,  Zarafshon 
tizmalari)  Falg`ar  deb  atalgan.  Bu  so`zning  «tog`  etagi»  degan  ma`nosi  ham  bor.  SHundan 
Farg`ona  nomi  yasalgan  deydi  N.  G.  Mallitskiy;  parkana  —  qadimgi  tojik  tilida  «berk  vodiy» 
degan so`z.   Pomirdagi   rushon   shevasida   parkana   deb   «har tarafi tog`, bir yonigina ochiq 
bo`lgan vodiyga aytiladi» deydi prof. M. S. Andreev.
 
Zahiriddin  Muhammad  Bobur  Farg`ona  viloyatini  tasvirlar  ekan,  M.  S.  Andreev  aytgan 
rushoncha iborani o`zbekcha bayon etgan: «Girdogirdi tog` voqe` bo`libtur. G`arbiy tarafidan. . . 
tog`  yo`qtur.  Ushbu  jonibtin  o`zga  hech  jonibtin  qish  yog`i  kelaolmas»  (Boburnoma).  Bir 
mulohaza.  Antik  dunyo  tarixchilarining  ma`lumotiga  ko`ra,  «parfiyaliklar»  (Janubiy 
Turkmaniston) bir zamonlar skiflar orasidan quvilgan qabila edilar, parf so`zi skifcha «quvilgan 
kishilar» demakdir ... ularning kiyimi tiniq (ipak) va burmalidir. .. Ko`pincha ot minib yuradilar 
...  Parfiyaliklarning  biridan-biri  ko`chili  —  otliq  askarlardir.  .  .  Davan’  (Farg`ona)  bilan  An’si 
(Parfiya)  shevalari  o`rtasida  ancha  farq  bo`lmasa-da,  ularning  tili  xiyla  o`xshash  va  ular 
gaplashganda bir-birini tushunadilar». Parf qabilasining ko`p xususiyatlari Farg`onada ham bor: 
yaxshi  otlar,  ipak  kiyim,  til  o`xshashligi.  «Farg`ona»  nomi  Parfiyona  —  Parfona  —  Farg`ona 
transformatsiyasi bo`lmaganmikan, degan fikr ham xayolga keladi.
 
Ammo  yuqoridagi  10  ta  izohning  birortasini  ham  qat`iy  deb  aytolmaymiz.  Faqat  shunisi 
aniqki, bu viloyatning eng dastlabki nomi Farg`ona yoki Parfona bo`lganligini yirik sharqshunos 
V. A. Livshits isbotlab bergan.
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish