v.h. shaklida namoyon bo‘lib, o‘zining xilma-xil estetik ko‘rinishlari bilan kundalik hayotimizni go‘zallashtirishga,
badiiy-estetik didimizning yuksalishiga hissa qo‘shib turadi.
H
aykaltaroshlik. Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha haykaltaroshlik o‘z maqeini
yo‘qotmay kelayotgan san‘at turlaridan biri. Haykaltaroshlik materiali bo‘lib, yumshoq (ganch) va qattiq (tosh,
yog‘och) substrat xizmat qiladi. Lekin haykalning tayyor holatida yumshoq materiallarning ham qattiqlashganini
ko‘ramiz. M., ganch, eritilgan mis, brinj avval suyuq (yumshoq holida bo‘lib, zarur qoliplarga) solgandan keyin
qattiqlashadi.
Bu san‘atning asosida faqat oniy, bir lahzalik san‘at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonidan ana shu eng
muhim harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak isde‘dodni talab qiladi. Zero o‘sha tanlangan
oniy harakt bizga avvalgi haraktlar haqida estetik tasavvur beradi va bo‘lajak harakatlarga ishora qiladi. Shu uch –
(o‘tgan, hozirgi, kelasi) zamondagi harakat ifodasi joy, nur va soyaning o‘rin almashishi bilan o‘zgaradi, ya‘ni
haykal ma‘lum ma‘noda o‘zgacha tovlanish kasb etadi. Boshqacha qilib aytganda, haykal nur va soya o‘yini bilan
idrok etuvchini maftun qiladi. Unda estetik hissiyot uyg‘otadi.
Haykaltaroshlik monumental san‘at deyiladi. Chunki ko‘pincha u katta hajmli haykallar yoki majmularni o‘z
ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o‘ziga xos bo‘lgan holda muayyan yuzalikda shakllar
uyg‘unligini tashkil etadigan ko‘rinishlari ham mavjud. Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni
egallagan va har hil rakkursda tomosha qilish mumkin bulgan asarlar kiradi. Unga qadimgi Yunonistonning Rodost
oralidan chiqqan san‘atkorlar Agesandr, Atenador va Polidor yaratgan mashhur «Lokon» haykallar majmui misol
bo‘la oladi. Ikkinchi hil haykaltaroshlik releflarda, peshtoqlar va devorlarni bezab turuvchi bo‘rtma shakllarda,
asosan me‘morlik san‘atiga singishib ketgan holda namoyon bo‘ladi. Masalan, buddhachilik davriga oid «Ayritom
musiqachilari» deb shartli nomlanadigan bo‘rtma haykallar guruhi shular jumlasidan.
Haykaltaroshlik hayvonlarni, o‘simliklarni ham tas‘virlaydi. Lekin uning asosiy mazmuni – inson va uning
ruhiyati. Haykaltarosh, sumba, iskana, qolib yoki lo‘mboz vositasida bizga toshdagi, yog‘ochdagi, (bironza) birinch
yoki ganchdagi inson qiyofasini taqdim etadi. Badiiy qiyofa qanchalik jonli chiqsa, uni turli
nuqtadan tomosha qilish
imkoni qancha keng bo‘lsa, o‘sha asar haqiqiy san‘at namunasi deb qabul qilinadi. Haykallar san‘at asari sifatida
bir-birini takrorlamasligi kerak. Shu bois sho‘rolar davrida bir qolipda quyilgan, har bir maydonga, guzarlarga,
davlat idoralari oldiga o‘rnatilgan ulug‘ rahbarning qiyofasi, bir qolipda quyilgan «dohiylar» haykallari hech qachon
san‘at asari bo‘lolmaydi.
Ko‘pgina san‘at turlarida bo‘lganidek, haykaltaroshlik ham deyarli barcha estetik xususiyatlarni namoyon
etadi. M., poytaxtdagi Motamsaro Ona haykali fojeaviylikni, D.Qutimurodov yog‘ochdan ishlagan «Qoraqalpoq
qizi» go‘zallikni, Toshkent zilzilasiga bag‘ishlangan me‘morial – ulug‘vorlikni o‘zida in‘ikos ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: