shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori
darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan);
«atirgul» (bu yerda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq
narsani qayd etadi. SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab
oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki e‘tibor barcha
gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va
yanada kengroq abstraktsiya hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom
ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki
hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida
turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. – asos, umumiy baho) deb ataladi.
Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada umumlashtiradi. Dunyo o‘z
xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz
o‘zimiz yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni ifodalash uchun mos
keladigan atamani to‘ish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi
tasavvurlarimizni ifodalovchi so‘zlarning ma‘no boyligi qancha aniq bo‘lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq bo‘ladi,
bizning tushunchalar a‘‘aratimiz qancha keng bo‘lsa, fikrlash qobiliyatimiz shuncha komilroq bo‘ladi.
Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Ammo uning hajmi,
ya‘ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga
kelgan tilida odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab yetiladigan tushunchalar
mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til so‘z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan
va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo‘lgan va bilish jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan
tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta‘rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning
muhim, ti‘ik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. SHunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va
falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi
falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa
kategoriyalari farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: