O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 O„zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug„urtani tatbiq



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

15.5. O„zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug„urtani tatbiq
etishdagi muammolar 
Aholi salomatligi holati nafaqat mamlakatning ijtimoiy rivojlanishi
ijtimoiy-iqtisodiy va gigienik sog‗-salomatligi aks ettirilishining asosiy 
ko‗rsatkichi, balki jamiyatning kuchli iqtisodiy, mehnat, mudofaa va madaniyat 
potensiali hamda farovonlik omili va tarkibiy qismidir. 
An‘anaviy aholi salomatligi holati, quyidagi aniqlovchi ko‗rsatkichlar 
tizimida tavsiflanadi: 

aholining 
takror 
ishlab 
chiqarish 
xususiyatlari 
(demografik
tavsinoma); 

jismoniy kuchlar yoki ishga layoqatlilar zahirasi (aholining
fiziologik rivojlanishi ko‗rsatkichlari); 

aholining atrof-muhit sharoitlariga moslashishi xususiyatlari holati, 
uning faoliyati; 

tibbiy yordam ko‗rsatuvchi davolash muassasalari tarmog‗ining holati va 
faoliyati. 
Shuningdek, ijtimoiy sog‗liq holatini tavsiflash uchun iqtisodiy tavsifga ega 
mezonlardan ham foydalaniladi: 

yalpi ichki mahsulot (YAIM)da sog‗liqni saqlashga yo‗naltirilgan 
xarajatlar hissasi; 

ushbu xarajatlar tarkibi (statsionar yordamga va
ambulatoriyaga, profilaktik va boshqa sog‗liqni saqlash tadbirlariga). 
Sog‗liqni saqlash sohasida o‗tkazilgan islohotlar natijasida qator demografik 
ko‗rsatkichlarning yaxshilanganligi qayd etildi. Mustaqilik yillari davomida 
mamlakatimiz uchun qulay tendensiya, ya‘ni tug‗ilish sur‘atining pasayishi yuz 
berdi. Umr ko‗rish ko‗rsatkichi pasayishi davri tugab, aksincha uning oshishi 
davom etmoqda. Umumiy o‗lim darajasi kamaydi, go‗daklik va onalik o‗limi
pasaydi. Umumiy kasallikning kamayishi qayd etilmoqda. Ayrim yuqumli 
kasalliklarga qarshi kurashda ma‘lum muvaffaqiyatlarga erishildi. 


248 
Sog‗liqni saqlash tizimining ayrim hal etilmagan muammolariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
-
moddiy-texnik bazaning zaifligi, boshlang‗ich bo‗g‗inning yuqori
malakali kadrlar bilan yetarlli ta‘minlanmaganligi; uning moliyaviy tizimining 
takomillashmaganligi; aholiga to‗liq zaruriy bepul va sifatli tibbiy xizmat 
ko‗rsatishni ta‘minlashga imkon bermaydi; 
-
shoshilinch tibbiy yordam ko‗rsatish xizmati yetarllicha asbob-anjom bilan 
ta‘minlanmaganligi, jumladan yetarlli darajada bo‗lmaganligi bilan bog‗liq 
aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‗rsatish darajasining pastligi; 
-
davlat davolash muassasalarida ishlovchilar ish haqining yetarllicha 
tabaqalanmaganligi uyda o‗tiradiganlarning tibbiy xizmat to‗loviga qo‗shimcha 
xarajatlar qilishiga sabab bo‗ladi. 
O‗rta 
muddatdagi, 
yaqin 
kelajakdagi 
sog‗liqni 
saqlashni
rivojlantirishning birlamchi yo‗nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 
-
sog‗liqni saqlash tizimi birlamchi bo‗g‗inini zamonaviy asbob-uskuna, 
transport va aloqa vositalari, sog‗liqni saqlash muassasalari tayyorlash va qayta 
tayyorlash sifatini oshirishni ta‘minlash yo‗llari orqali ular salohiyatini 
rivojlantirish; 
-
kasallikning oldini olish, sog‗liqni saqlash va mustahkamlash tadbirlarini 
o‗tkazish, jumladan aholini immunizatsiyalash, sog‗lom turmush tarzini targ‗ib 
qilishni kuchaytirish; 
-
sanitar-epidemiologik sharoitlarni yaxshilash uchun maqsadli tadbirlar 
majmuasini amalga oshirish; 
-
bolalar o‗limini qisqartirish va onalikni himoya qilishni kuchaytirish
-
VICH, OITS (SPID), tuberkulez singari yuqumli kasalliklarga qarshi 
kurash. 
Bu maqsadlarni investitsiya loyihalari doirasida amalga oshirishda jismoniy 
infratuzilma va ikkinchi hamda uchinchi bo‗g‗in muassasalari dasturlarini 
yaxshilashga alohida o‗rin ajratiladi.


249 
Sog‗liqni saqlash tizimini ―smetali moliyalashtirishdan davlat xarajatlari 
ratsionalizatsiyasini ta‘minlaydigan, ko‗rsatilgan xizmatlar hajmiga qarab 
moliyalashga bosqichma-bosqich o‗tishni davom ettirish lozim. Uzoq va borish 
qiyin bo‗lgan nohiyalarda o‗z vaqtida tibbiy yordamni ta‘minlash uchun birinchi 
bo‗g‗in muassasalarini ixtisoslashgan transport va asbob-uskunalar bilan 
jihozlanishini ta‘minlash, alohida diqqat-e‘tiborni talab etadi; sog‗liqni saqlash 
sektorini byudjet manbalari, byudjetdan tashqari fondlar tashkil etish va donor 
yordami hisobidan moliyalashtirish hajmini asta-sekin oshirish. 
Shuning uchun sotsial yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish 
sharoitida sog‗liqni saqlashni rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri uning 
moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‗lishi kerak. Sotsial iqtisodiyotda 
sog‗liqni saqlash byudjeti uchta asosiy manbalardan – davlat byudjeti, tibbiy 
sug‗urtaning majburiy mablag‗laridan va fuqarolarning mablag‗laridan 
yig‗ishtirilishi kerak. 
Davlat byudjeti mablag‗lari majburiy tibbiy sug‗urtalanganlar dasturiga, 
ya‘ni bu tizimga mablag‗ o‗tkazmaydigan (nafaqaxo‗rlar va ishlamaydigan 
nogironlar) kishilar uchun tibbiy xizmat to‗lovlariga foydalanilishi kerak. 
Majburiy tibbiy sug‗urta tizimi mablag‗lari shu tizimda sug‗urtalanganlar 
uchun majburiy va tibbiy sug‗urta dasturini moliyalashtirish uchun sarflanishi 
kerak. 
Jismoniy 
shaxslar 
mablag‗lari 
tibbiy 
sug‗urta 
mablag‗laridan 
moliyalashtirilgan dasturdan tashqari tibbiy xizmat to‗lovlari uchun foydalaniladi. 
Bu mablag‗lar ko‗ngilli tibbiy sug‗urta tizimida (sug‗urta kompaniyasi hujjatlari) 
to‗planishi mumkin yoki majburiy tibbiy sug‗urta dasturi tarkibiga kirmaydigan 
keyingi tibbiy xizmat to‗lovlariga foydalanilishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyot sharoitida byudjet yuklamasini kamaytirish maqsadida 
sog‗liqni saqlash sohasining keyingi rivojlanishi bu sohada sog‗liqni saqlash 
sohasida xususiy sektorni kengaytirishga bog‗liq bo‗ladi. 
Odatda, sug‗urta kompaniyalar uchun jismoniy shaxslardan ko‗ra korporativ 
mijozlar bilan ishlash manfaatliroqdir. Birinchidan, bunda ko‗lamdan tejaladi: 


250 
mijozlarni jalb qilish va ularga xizmat ko‗rsatishning o‗rtacha xarajatlari qisqaradi. 
Ikkinchidan, bunda ommaviylik ta‘minlanadi va bu sug‗urta biznesining daromad 
keltiruvchanligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Uchinchidan, o‗z-o‗zini 
mustaqil ravishda sug‗urtalovchi jismoniy shaxslardan farqli ravishda 
kompaniyalarning xodimlari sug‗urta summasini faol sarflashga unchalik 
intilmaydilar. Gap shundaki, korporativ sug‗urtalashda xodim uchun sug‗urta 
mukofotini korxona to‗laydi, jismoniy shaxs esa uni o‗zi to‗laydi, shuning uchun 
ham sarflagan pullari evaziga maksimal foyda olishga, ya‘ni sug‗urta summasining 
hammasini sarflashga intiladi. 
O‗zbekistonda majburiy tibbiy sug‗urtalash samarali modeliga o‗tish – 
murakkab va uzoq jarayon bo‗lib, bir qator shart-sharoitlar mavjud bo‗lishini 
nazardatutadi, va quyidagilar O‗zbekistonda majburiy meditsina sug‗urtasini tatbiq 
etishdagi muammolar va kamchiliklar deb hisoblanishi mumkin: 
-
tibbiy sug‗urtalashni tartibga soladigan me‘yoiy-huquqiy asoslar yo‗qligi; 
-
tibbiy sug‗urtalash bo‗yicha sug‗urta mukofotining soliqqa tortiladigan 
bazaga (daromad solig‗i, ijtimoiy ajratmalar) kiritilishi, bu sug‗urtalashga 
rag‗batlantirishni kamaytiradi; 
-
sog‗liqni saqlashga yo‗naltiriladigan moliyaviy resurslarning yetarlli 
emasligi va ulardan samarasiz foydalanilishi. Byudjet mablag‗larini ajratish 
ko‗pincha xizmat ko‗rsatilayotgan aholi soni, ko‗rsatlayotgan xizmatlar sifati va 
hajmiga qarab emas, balki oldingi davrlarda ajratilgan mablag‗lar boshlang‗ich 
darajasidan kelib chiqib belgilanadi; 
-
rasman bepul xizmatlar olish uchun byudjet muassasalari tibbiyot 
xodimlariga norasmiy to‗lovlarning juda keng tarqalganligi. Mos ravishda, 
ixtiyoriy tibbiy sug‗urtalash qo‗llash sohasi rasman tijorat asosida taqdim 
etiladigan xizmatlar bilangina chegaralanadi; 
-
aholi tomonidan ixtiyoriy tibbiy sug‗urtalash bo‗yicha xizmatlarga 
talabning pastligiva natijada ixtiyoriy tibbiy sug‗urtalashning, ayniqsa, jismoniy 
shaxs tomonidan to‗lanadigan polislar bo‗yicha ziyon ko‗rishi; 


251 
-
kasalliklar turlari, o‗lim holatlarining sabablari bo‗yicha batafsil 
keltirilgan tibbiyot statistikasi ma‘lumotlariga ega bo‗lishning qiyinligi. Keng 
hajmli statistika yo‗qligi sababli sug‗urta qiluvchilar qabul qilinayotgan sug‗urta 
risklarini real baholash imkoniyatidan mahrumlar. 
So‗ngi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarida katta ishlar 
amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, sug‗urta sohasida ham chuqur islohotlar 
amalga oshirildi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi 
PQ-618-sonli ―Sug‗urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori, sug‗urta, sug‗urta faoliyati va sug‗urta 
nazoratining qonunchilik va me‘yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishni 
nazarda tutishi buning yaqqol misolidir. Yuqorida qayd etib o‗tilgan qaror asosida 
qabul qilingan qonunlarning kiritilishi, mamlakat sug‗urta bozorida ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‗lgan majburiy sug‗urta tizimining shakllanishiga katta hissasini 
qo‗shdi. 
O‗zbekiston sug‗urta bozori Markaziy Osiyoda eng tezkor sur‘atlar bilan 
rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. Bozor bir necha yildan beri barqaror 
o‗sish sur‘atiga ega bo‗lib kelmoqda, bu esa, o‗z navbatida uning mamlakat 
iqtisodiyotidagi rolini oshirib bormoqda. Ma‘lumki, mamlakat moliya sektorining, 
shu jumladan, sug‗urta sohasining rivoji mamlakatning umumiqtisodiy ahvoli bilan 
chambarchas bog‗langan. Sug‗urta sohasi mamlakat iqtisodiyotining rivoji bilan 
uzviy bog‗liqligi sababli, ushbu soha mamlakatdagi umumiqtisodiy o‗zgarishlarga 
juda tez ta‘sirchan hisoblanadi.
Mamlakatda majburiy sug‗urtalarni rivojlantirish ular sonini ko‗paytirish 
bilan emas balki ko‗rsatiladigan hizmat turining bugungi kunda qanday darajada 
iste‘molchilar manfaatlarini himoya qilishi bilan baholanadi. Ko‗rsatiladigan 
xizmatlarning ommabopligi, mijozlarni bu sug‗urta xizmatiga qiziqishlarini 
oshirish ularga xizmat ko‗rsatish sifatini xorijiy davlatlar darajasida tashkil etish, 
ko‗rsatilayotgan sug‗urta davrida shartnomani to‗liq bajarilishi kelajakda uzoq vaqt 
davomida bu sug‗urta turining davomiyligini kafolatlaydi. 


252 
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urta xizmatlariga aholi tomonidan talabning pastligi 
ma‘lum darajada tibbiy sug‗urtaning afzallik va qulayliklarini tushunmaslik bilan 
bog‗liq. Shunga mos ravishda talabni ma‘rifat va targ‗ibot orqali oshirish mumkin. 
Shu munosabat bilan, sug‗urta kompaniyalari tibbiy sug‗urta masalalariga 
bag‗ishlangan seminarlar, davra suhbatlari, teleko‗rsatuvlar o‗tkazish bilan bog‗liq 
faoliyatlarni jonlantirish lozim. Shuningdek, bu maqsadlarga milliy xususiyatlarni 
hisobga olgan holda mahalla qo‗mitalarini jalb qilish keng targ‗ibotni 
tezlashtirishga hamda aholi tomonidan sug‗urtaning ushbu turini ijobiy qabul 
qilinishiga imkon berishi mumkin.Shuni ta‘kidlash lozimki, agar sug‗urtalangan 
shaxs tibbiy xizmatlardan ushbu sug‗urtaning qulay va manfaatli ekanligini bilib 
turib sug‗urta polisi orqali foydalangan bo‗lsa (bunda sug‗urta mukofotining kichik 
bir qismini to‗lagan mijoz bir necha baravar katta miqdordagi tibbiy xizmatlardan 
foydalanadi), odatda ixtiyoriy tibbiy sug‗urta polisining amal qilish muddatini 
keyingi davrga ham uzaytiradi. Ixtiyoriy tibbiy sug‗urtasidan tushadigan 
daromadlarning pastligi, ba‘zan esa (ayniqsa jismoniy shaxslar tomonidan 
to‗lanadigan polislar bo‗yicha) zararkorligi. Ushbu zararkorlikni faqat ixtiyoriy 
tibbiy sug‗urta ko‗lamini kengaytirish yo‗li bilangina bartaraf qilish mumkin. 
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi me‘yoriy-huquqiy baza 
yo‗q. Faqat ixtiyoriy tibbiy sug‗urta bilan shug‗ullanuvchi sug‗urtalovchilar uchun 
mo‗ljallangan qo‗shimcha maxsus imtiyozlar yo‗q (Izoh: bugungi kunda davlat 
rahbari va mamlakat hukumatining turli qarorlariga binoan sug‗urtalovchilar 
faoliyatini jonlantirishga qaratilgan qator imtiyozlar joriy qilingan). Ixtiyoriy tibbiy 
sug‗urta tizimiga qo‗yilgan asosiy talablarni, tomonlarning huquq va 
majburiyatlari hamda ixtiyoriy tibbiy sug‗urtani amalga oshirishning asosiy 
shartlarini, yagona ta‘riflarni (masalan, ambulator-poliklinika xizmatlariga nimalar 
kiradi yoki tibbiy ko‗rik deganda nima tushuniladi kabi) belgilab beruvchi 
me‘yoriy-huquqiy baza yo‗q. Faoliyat ko‗rsatib turgan assistans kompaniyalari 
xalqaro standartlarga mutlaqo javob bermaydi, ularda xizmat ko‗rsatish tezkorligi 
yo‗q, xizmat ko‗rsatuvchi operatorlarning malakasi past. Bunday operatorlar 
yuqori malakali tibbiyot xodimlari bo‗lishlari kerak, ular murojaat qilgan 


253 
sug‗urtalangan shaxslarning holatini tushunibgina qolmay, balki taxminiy tashxis 
qo‗ya olishlari va mijozni kerakli ixtisosdagi klinikaga yuborishlari lozim. 
Darhaqiqat, bunday operator lavozimlarida asosan o‗qishdan bo‗sh paytda 
qo‗shimcha daromad ishlab olmoqchi bo‗lgan, tibbiyot oliy o‗quv yurtlarida 
o‗qiyotgan talabalar ishlaydilar. Albatta, assistans xizmatiga qo‗ng‗iroq qilish ham 
tibbiyot muassasasiga qo‗ng‗iroq qilish yoki tez yordam chaqirishdek gap. Biroq, 
assistans xizmati orqali uyga tez yordam yoki shifokor qanchalik tezkorlik bilan 
chaqirilishi noma‘lumdir. 
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urtani amalga oshirish texnologiyasini shunday tashkil 
etish kerakki, tibbiyot muassasasiga kirish erkin bo‗lsin, ya‘ni buning uchun 
sug‗urtalangan shaxs sug‗urta polisi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‗rsatib 
o‗tirishga majbur bo‗lmasin. Ehtimol, standart A4 o‗lchamdagi sug‗urta polislari 
o‗rniga istalgan tibbiyot muassasasida foydalanish mumkin bo‗lgan, terminalga 
ulanganda sug‗urta shartlari (dasturi) ko‗rsatib turiladigan plastik kartochkalar 
tizimiga o‗tish davri kelgandir. 
Sug‗urta bozorining rivojlanishida va taraqqiy etishining asosiy garovi bu 
aholining sug‗urta madaniyatining rivojlanganlik darajasi hisoblanadi. Sug‗urta 
tashkilotlari o‗z mijozlarini ko‗paytirish va sug‗urtaga jalb qilish maqsadida, 
targ‗ibot, tashviqot va reklama kabi sug‗urta madaniyatini oshirishga xizmat 
qiladigan turli tadbirlarni amalga oshirib boradilar. Sug‗urtaning mohiyatini 
tushungan va undan manfaatdor bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslar sug‗urta 
tashkilotlarining xizmatlaridan foydalanib kelmoqdalar.
O‗zbekistonda tibbiy sug‗urta bozorini rivojlantirishning muammolari: 
- mamlakat tibbiy sug‗urta bilan shug‗ullanadigan sug‗urtachilari sezilarli 
qismi yetarlli darajada kapitalizatsiyalashtirilmagan. O‗zbekiston sug‗urta 
kompaniyalari ko‗pchiligi o‗zida nisbatan katta bo‗lmagan qaltisliklarni ushlab 
qolishi mumkin. Shuning uchun ko‗pchilik sug‗urtalovchilar ko‗prok qayta 
sug‗urtalovchi brokerlar vazifasini bajarishadi. Mamlakat sug‗urtachilari va qayta 
sug‗urtachilari ilgaridek kapitalningoshirish talabini sezishmoqda. Buni avvlo 
mamlakat va chet el investorlari uchun O‗zbekiston sug‗urta industriyasi 


254 
jozibadorligini oshirilganda, amalga oshirish mumkin va Assotsiatsiya bu 
jarayonda aktiv ishtirok etadi;
- ikkinchi muammo – bu mamlakat tadbirkorlari va bizning aholidagi 
sug‗urta madaniyatini yetarlli darajada emasligi. Bu yo‗nalishda nafaqat sug‗urta 
xizmatlarining aniq turlari yoki alohida sug‗urta kompaniyalari reklamasi, bundan 
tashqari, sug‗urtani tadbirkorlarni, fuqarolarni va davlatning mulkiy qiziqishlarini 
himoya qilishning samarali shakli sifatida tashviqot ishlarini amalga oshirish kerak 
va bu faoliyatni bolalar bog‗chasi va maktablardan boshlash kerak deb o‗ylaymiz; 
- uchinchi va oldingilaridan ahamiyati kam bo‗lmagan muammo – bu tibbiy 
sug‗urtada ishlaydigan hodimlarning tayyorlash va qayta tayyorlash. Zamonaviy 
sug‗urta tizimini muvaffaqiyatli va jo‗shqin rivojlanishi respublikada bilimlarga 
ega bo‗lgan va zamonaviy talablarga muvofiq sug‗urta ishlarini olib borish 
tajribasiga ega bo‗lgan malakali hodimlarning tanqisligi tufayli to‗xtab turibti. Har 
hil baholashlarga qaraganda sug‗urta tuzimida 7 dan 10 minggacha odam 
mashg‗ul. Sug‗urtalovchilar hodimlarini malaka darajasini oshirish maqsadida, o‗z 
ichiga nafaqat asosiy bilimlar va amaliy ko‗nikmalarni olgan shuningdek sug‗urta 
tizimi xodimlarini malakasini doimo oshirishni nazarda tutgan, yagona ta‘lim 
tizimini yaratish nazarda tutilgan.
O‗zbekistonda tibbiy sug‗urtaning o‗ziga xos jihatlari to‗g‗risida 
gazetamizning avvalgi sonlarida batafsil hikoya qilganmiz. Sug‗urtaning mazkur 
turini amalga oshirish mexanizmi ma‘lum bir xududda istiqomat qilayotgan 
aholining turmush darajasi, qolaversa, u yoki b u mamlakatdagi sog‗liqni saqlash 
tizimining o‗ziga xos xususiyatlari bilan bog‗liq. Sug‗urtaning jahon bozorida har 
bir mamlakat tibbiy sug‗urta borasida o‗z tajribasi va uni amalga oshirish 
sxemasiga ega. 
Tibbiy sug‗urtaning xorijdagi zamonaviy tizimlarida moliyalashtirishning 
uchta manbasi etakchilik qiladi. Ular: davlat subsidiyalari, ish beruvchilarning 
maqsadli badallari va ishchilarning o‗zlari to‗laydigan badallar. Ushbu 
manbalarning nisbati turli hil mamlakatlarda turlicha bulib, bir-biridan katta fark, 
qiladi. 


255 
Ayniqsa, sug‗urtalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish masalasi 
dolzarb hisoblanadi. Germaniya qonunchiligiga binoan, har bir amaliyotchi vrach 
o‗zining kasb javobgarligini sug‗urtalashi shart. Aynan mana shu tartib 
mamlakatda tibbiy yordam sifatini va bemorlar huquqlari muxofazasini 
ta‘minlashning muhim omili hisoblanadi. Jabrlangan tomon ko‗proq tovon olish 
imkoniyatiga ega.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish