11-jadval
Majburiy tibbiy sug„urta badallarini taqsimlanishi
(ish haqidan %da)
43
Mamlakat
Ishchilar
Ish
beruvchilar
Mustaqil ravishda
qoplanadigan
xarajatlar
Xizmat ko‗rsatish asosida amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sug‗urta
Germaniya
6,70
6,70
Kasalxonada
davolanish va dorilar
Niderlandiya
9,95
10,20
Ko‗zda tutilmagan
Xarajatlarni qoplash asosida amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sug‗urta
Belgiya
4,70
6,20
Kasalxonada
davolanish va dorilar
Fransiya
6,80
12,80
Lyuksemburg
4,50
4,50
12-jadval
G„arbiy Evropada tibbiy sug„urta
44
Mamlakat
Aholi ichida
sug„urtalanga
nlar ulushi, %
Sug„urtalan-
ganlar soni,
mln. kishi
Badallar
hajmi,
mln.evro
Bitta
sug„urtalangang
a to„g„ri
keladigan badal,
evro
Avstriya
37,5
2,8
1337
483
Angliya
25,5
14,5
2751
190
Germaniya
16,9
10,3
15080
1464
Gollandiya
39,4
5,7
4244
738
Daniya
20,0
1,0
169
169
Ispaniya
15,0
5,6
1210
214
Fransiya
18,0
10,0
5820
582
43
Гришин В. В., Бутова В.Г., Резников А.А. Модели системы обязательного медицинского страхования. –
M.: Финансы. 2015.- №3.
44
www.swissre.com sayt ma'lumoti asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
236
Xorijiy mamlakatlar sug‗urta bozorida majburiy tibbiy sug‗urtasining o‗ziga
xos o‗rni bor. Ushbu sug‗urta turi bo‗yicha yig‗ib olinadigan sug‗urta mukofotlari
jami sug‗urta mukofotlari tarkibida salmoqli ulushga ega.
G‗arbiy Evropada aholini ichida tibbiy sug‗urta tortilgan shaxslarni ulushi va
bitta sug‗urtalanganga to‗g‗ri keladigan badali mamlakatlar bo‗yicha turlidir.
Buyuk Britaniyada sog‗liqni saqlash tizimini to‗g‗ridan-to‗g‗ri davlat
tomonidan moliyalashtiriladi. Aholining 11% ixtiyoriy tibbiy sug‗urta polislariga
ega. Buyuk Britaniyada sotsial sug‗urtalash va ta‘minlash tizimining asosida uch
turdagi to‗lovlar bor: davlat sug‗urtasi bo‗yicha nafaqa va yordam, universial
yordam, tanlanma yordam. Ushbu tizimning falsafasi fuqarolarning faol hayotiy
pozitsiyasi shakllanishiga (masalan ishsizlik bo‗yicha nafaqa faol ravishda ish
izlayotgan shaxslarga beriladi), sotsial barqarorlikni bartaraf etishga jamiyat
hayotining barcha sohalarida tanlash imkoniyatini ko‗paytirishga yo‗naltirilgan
45
.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‗rsatadiki, majburiy tibbiy
sug‗urtaning universal modeli amaliyotda yo‗q. Har bir mamlakat uzining sog‗liqni
saqlash va sug‗urta tizimidan kelib chiqqan holda majburiy tibbiy sug‗urta tizimini
yaratadi. Xorijiy mamlakatlarda sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning
turli ko‗rinishlari mavjud bo‗lib, unda davlatning aholi salomatligini muxofaza
qilishdagi ishtiroki darajasi xar xil. Ko‗pchilik xorijiy mamlakatlarda
qo‗llanadigan tibbiy sug‗urtalash asosiy tamoyillari tahlili shuni ko‗rsatadiki,
deyarli hamma joyda sug‗urta qilingan shaxslarning ayrim tibbiy xizmatlar uchun
qisman pul to‗lashi keng qo‗llanadi.
Mamlakatda tibbiy sug‗urta rivojlanishiga bir qator omillar mamlakatning
umumiqtisodiy holati, inflyasiya darajasi, axoli daromadlari, moliya-bank
tizimining rivojlanganlik darajasi, din va e‘tikod, xamda institutsional omillar
sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi.
Sug‗urta o‗ziga xos xususiyatlarga ega barqarorlashtiruvchi mexanizm
bo‗lib, milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beradi va turli xildagi
omillarning salbiy ta‘siri darajasini pasaytirish orqali mamlakatdagi
45
Плешков А.П. Очерки зарубежного страхования. – М.: Анкил, 2007, 56 с.
237
makrooiqtisodiy vaziyatga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi
46
. Shunday ekan, turli xorijiy
davlatlarda tibbiy
sug‗urta mexanizmidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish
chora tadbirlari amalga oshirib boriladi.
Dunyoning ko‗pgina mamlakatlarida, O‗zbekiston ham bundan mustasno
emas, fuqarolarning tibbiy yordam olish bilan bog‗liq xarajatlari majburiy yoki/va
ixtiyoriy sug‗urtalash mablag‗lari hisobidan qoplanadi.
Majburiy sug‗urtalashda aholining ayrim qatlamlari (ishlamaydigan aholi:
pensiya oluvchilar, bolalar va shu kabilar) uchun davlat tomonidan
moliyalashtirilishning byudjet manbai soliqlar hisobidan to‗ldiriladi. Byudjet
xarajatlarining mazkur modda bo‗yicha mablag‗lari maxsus davlat fondida
to‗planadi va bu fond mablag‗larni majburiy tibbiy sug‗urtani amalga oshirish
huquqiga ega bo‗lgan sug‗urta kompaniyadari o‗rtasida takqsimlaydi. Sug‗urta
kompaniyalari, o‗z navbatida, davlat va tibbiyot muassasasi o‗rtasidagi vositachi
sifatida, bu muassasalarning tibbiy xizmatlarini iqtisodiy ekspertiza qilish bilan va
ajratilgan mablag‗lardan foydalanishning samaradorligi muammosini hal etish
bilan shug‗ullanadilar
47
.
Xususan, Germaniyada ijtimoiy sug‗urtaga daromadlarni taqsimlashning
muhim mexanizmi sifatida yondashiladi. Bunda majburiy tibbiy sug‗urta bilan
aholining taxminan 90% qamrab olingan. Aholining taxminan 10% yuqori va juda
yuqori daromadga ega qatlami faqat ixtiyoriy tibbiy sug‗urta xizmatlaridan
foydalanadi, majburiy tibbiy sug‗urta tizimiga kiruvchi taxminan yana 5% aholi
qo‗shimcha ravishda ixtiyoriy tibbiy sug‗urtadan ham foydalanadi, bu esa boshqa
shifokorni tanlash, gospitallashning qulayroq usullarini tanlab olish yoki
kasallanganda qo‗shimcha tovon puli olishi mkonini yaratadi
48
. Germaniyada har
bir tizim faoliyat ko‗rsatish manbalarining shakllanishiga ko‗ra quyidagicha
moliyalashtiriladi, sog‗liqni saqlashni moliyalashtirishning 60% majburiy tibbiy
sug‗urta fondlariga to‗lanadigan badallar orqali, 10% tijorat asosidagi sug‗urtalash
46
Лаврова Ю.А. Медицинское страхование в ФРГ и возможности использования этого опыта в условиях
современной России. Диссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук. М., 2003.
47
Четыркин Е.М. Медицинское страхование за Западе и в России // Мировая экономика и
международные отношения, 2015. - №12.
48
Хорсткотте X. Система страхования в Германии // Проблемы теории и практика управления. 2015.- № 5.
238
mablag‗lari hisobiga, taxminan 15% davlat byudjeti resurslari hisobiga va
taxminan 15% fuqarolarning shaxsiy mablag‗laridan tashkil topadi
49
.
Shu tariqa, har bir davlat tibbiy yordamni moliyalashtirilishini tashkil etish
bo‗yicha javobgarlikni ijtimoiy sug‗urtalash tizimini barpo etish orqali o‗z
zimmasiga olgan bo‗lib, u mamlakatda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
vaziyatga moslashgan bo‗ladi. Ayni chog‗da, majburiy sug‗urtaning rivoji
qanchalik kuchli bo‗lmasin, ixtiyoriy tibbiy sug‗urtaning vujudga kelishiga
to‗sqinlik qila olmadi. Aksincha, sug‗urtalashning bu sohasining rivojlanishidagi
keyingi yigirma – o‗ttiz yil ichida ijtimoiy ta‘minot va fuqarolarning himoyalanishi
tizimida u mustahkam o‗rin oldi. Aynan ixtiyoriy tibbiy sug‗urta sharofati bilan
majburiy (davlat) sog‗liqni saqlash tizimi doirasida sug‗urta tamoyillarini qo‗llash
imkoniyati tug‗ildi. Iqtisodiyoti taraqqiy etgan davlatlar, xususan, AQSH,
Germaniya, Fransiya va Shveysariya kabi davlatlarda tibbiy sug‗urta nisbatan
rivojlangan.
Ko‗plab xorijiy mamlakatlarda tibbiy xizmatlar bo‗yicha to‗lovlar tizimi va
tibbiy yordam preyskuranti davlat nazorat idoralarining alohida e‘tibor beradigan
narsasi va alohida tartibga solish ob‘ekti hisoblanadi. Bunday muzokaralarda
tomonlarning manfaatlari qarama-qarshi bo‗lgani, sug‗urtalovchi esa aholining
talaygina qismining manfaatlari yuzasidan ish ko‗rishi sababli, bu munosabatlar
muzokaralarni olib borish jihatidan ham, baholarni muvofiqlashtirish jihatidan
ham, bir yil davomida qiymatning o‗sishi jihatidan ham qat‘iy chegaralangan. Bitta
tibbiyot muassasasi tomonidan turli sug‗urta kompaniyalariga taqdim etilayotgan
tibbiy xizmatlar tariflarining mutanosibligi ko‗pincha alohida sinchiklab nazorat
qilish ob‘ekti bo‗lib yuz ko‗rsatadi.
Ko‗p mamlakatlarda ixtiyoriy tibbiy sug‗urta majburiy tibbiy sug‗urtaga
muqobil soha sifatida emas, balki qo‗shimcha to‗ldiruvchi sifatida xizmat qiladi.
Bunda ixtiyoriy sug‗urta tibbiy xizmatlarni bir muncha qulay va maqbul
sharoitlarda va bir muncha yuqori narxlarda taqdim etadi. Mana shu omil ixtiyoriy
tibbiy sug‗urta doirasida ko‗rsatiladigan, jumladan statsionar klinikalarda
49
www.bizines.dir.bg
elеktron manba.
239
ko‗rsatiladigan xizmatlar hajmini (hissasini) kvotalashni davlat tomonidan tartibga
solinishining maqsadga muvofiqligini taqazo etadi
50
.
Tibbiy sug‗urtaning xorijdagi zamonaviy tizimlarida moliyalashtirishning
uchta manbasi etakchilik qiladi. Ular: davlat subsidiyalari, ish beruvchilarning
maqsadli badallari va ishchilarning o‗zlari to‗laydigan badallar. Ushbu
manbalarning nisbati turli mamlakatlarda turlicha bo‗lib, bir biridan katta farq
qiladi. Germaniyada majburiy tibbiy sug‗urta tizimi bir necha o‗n yillardan beri
barqaror ravishda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, sug‗urtalanuvchilarning
huquqlarini ximoya qilish masalasi dolzarb hisoblanadi. Germaniya qonunchiligiga
binoan, har bir amaliyotchi vrach o‗zining kasb javobgarligini sug‗urtalashi shart.
Aynan mana shu tartib mamlakatda tibbiy yordam sifatini va bemorlar huquqlari
muxofazasini taminlashning muhim omili hisoblanadi. Jabrlangan tomon ko‗proq
tovon olish imkoniyatiga ega.
Barcha mamlakatlarga xos bo‗lgan xorijiy ilg‗or tajribaning bosh xususiyati
shuki, tibbiy sug‗urtaning ikkala – majburiy va ixtiyoriy tizimi ham bir-birini
to‗ldirib turadigan modelni tashkil etadi va bu barcha yoki deyarli barcha
kasalliklar va uning oqibatlarini qoplama bilan ta‘minlash imkoniyatini beradi.
Ixtiyoriy va majburiy tibbiy sug‗urtalar o‗rtasida ―javobgarlikni‖ taqsimlash har bir
mamlakatda bir-birovidan farq qiladi.
Ayrim mamlakatlarda ixtiyoriy tibbiy sug‗urta ikkinchi darjali ahamiyatga
ega (masalan, Buyuk Britaniyada) va tibbiy xizmatlar xarjatlarini qoplashning
qo‗shimcha manbai bo‗lib hisoblanadi. Boshqa mamlakatlarda esa, masalan,
Germaniya va Niderlandiyada ancha muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, zero u
majburiy (davlat) sug‗urtasining o‗rnini bosishi ham mumkin. Umumiy qoidaga
ko‗ra, xorij tajribasida tibbiy sug‗urtaning uyg‗unlashgan (ham majburiy, ham
ixtiyoriy) tizimidan foydalanilganda, aholining qanchalik ko‗p qismi majburiy
(davlat) tibbiy sug‗urtasiga jalb etilgan bo‗lsa, shuncha kamroq qismi ixtiyoriy
sug‗urtadan foydalanadi.
50
Шишкин С.В. Пути реформирования систем социального и обязательного медицинского страхования. –
М.: Институт экономики переходного периода, 2015.
240
Rivojlanayotgan mamlakatlarda sog‗liqni saqlash tizimini boshqarish va uni
moliyalashtirishning turli ko‗rinishlari mavjud bo‗lib, unda davlatning aholi
salomatligini muxofaza qilishdagi ishtiroki darajasi har xil. Rivojlanayotgan
davlatlarning tajribasini o‗rganar ekanmiz, majburiy meditsina sug‗urtasi sug‗urta
madaniyatini oshiradi va tibbiy sug‗urta maxsulotlariga bo‗lgan ishonch darajasini
ko‗taradi. Bu esa o‗z navbatida tibbiy xtiyoriy sug‗urta turlarini rivojlanishiga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |