29
Xorijiy mamlakatlar byudjet amaliyoti tajribalaridan ma‘lumki, mamlakatlarda
ularning geografik joylashuvi, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanish darajadasining
turlicha ekanligi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish,
daromad va
ijtimoiy salohiyatining boshlang‗ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning
eng muhim vazifalaridan biri o‗z fuqarolari farovonligining barqaror o‗sishini
ta‘minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdan
iborat. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali
qayta taqsimlash orqali erishiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining ―Byudjetlararo munosabatlar‖
deb nomlangan alohida bobida byudjetlararo munosabatlarning huquqiy asoslari o‗z
aksini topgan.
Davlat byudjetining mablag‗lari turli darajadagi byudjetlar o‗rtasida
byudjet
transfertlari shakllari
asosida qayta taqsimlanadi. Byudjet transfertlarining Byudjet
kodeksi bilan belgilab berilgan quyidagi shakllari amalda qo‗llaniladi:
subvensiyalar –
muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi
byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul
mablag‗lari;
o„tkazib beriladigan daromadlar –
tegishli ma‘muriy-hududiy birlikda (masalan,
biror tuman, shahar yoki viloyat hududida) shakllanadigan va yuqori turuvchi
byudjetga o‗tkaziladigan, keyinchalik ular qayerda shakllangan bo‗lsa, o‗sha
ma‘muriy-hududiy birlik byudjetiga o‗tkazib beriladigan daromadlar;
dotatsiyalar –
byudjet tizimi byudjetlariga ularning o‗z
daromadlari
yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‗rtasidagi farqni qoplash uchun
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‗lari;
byudjet ssudalari –
qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi
turuvchi byudjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlariga
ajratiladigan pul mablag‗lari;
o„zaro hisob-kitoblar bo„yicha mablag„lar –
moliya yili mobaynida byudjetlar
parametrlari o‗zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‗rtasida
yuzaga
keladigan o‗zaro pul munosabatlari;
maqsadli ijtimoiy transfertlar –
yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi
byudjetga ta‘lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va ijtimoiy soliq bo‗yicha
xarajatlarini qoplash uchun ajratiladigan pul mablag‗lari.
Respublika
byudjetidan
mahalliy
byudjetlarga
ajratiladigan
byudjet
subvensiyalari va dotatsiyalari Byudjet Kodeksida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog‗liq:
Byudjetlararo munosabatlar
turli darajadagi byudjetlar (masalan, respublika
byudjeti bilan viloyat byudjeti), shuningdek, davlat byudjeti bilan davlat
maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi tegishli byudjetlarni
moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashga doir munosabatlardir.
30
hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o‗z daromad bazalari
mustahkamligiga;
hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy,
ekologik, demografik va
boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko‗lamiga;
hududlar bo‗yicha tovar(ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga;
hududlardagi aholi soniga;
ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag‗ oluvchi
tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo‗lgan ehtiyojiga;
hududlar o‗rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun hisobga
olinadigan boshqa omillarga.
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy
byudjetlar rioya qilishi lozim bo‗lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega. Xususan,
mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko‗ra, balanslashgan daromadlar va
xarajatlar tizimiga ega bo‗lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi
taqchilligiga yo‗l qo‗yilmasligi lozim.
Bundan
tashqari, Byudjet Kodeksi bilan mahalliy byudjetlar uchun quyidagi
cheklovlar o‗rnatilgan, ya‘ni Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda quyidagilarga yo‗l
qo‗yilmaydi:
mablag‗lar jalb qilishni amalga oshirish, bundan yuqori turuvchi byudjetlardan
byudjet ssudalari olish mustasno;
tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‗lardan ortiq xarajatlarni amalga
oshirish;
tegishli byudjetlar mablag‗lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar
foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berish;
yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berish.
Shunday qilib, ―Byudjetlararo munosabatlar – byudjet mexanizmining muhim
ajralmas elementi bo‗lib, mamlakatning ma‘muriy-hududiy
tuzilmalari subyektlari
o‗rtasida markaziy boshqaruv tomonidan barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash
jarayonini oqilona tartibga solishni ta‘minlaydi va bundan tashqari, markaziy
hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va
majburiyatlarni o‗zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida
jamlangan pul mablag‗larining bir qismini ushbu subyektlar o‗rtasida qayta
taqsimlanishini o‗z ichiga oluvchi munosabatlarni anglatadi‖
24
.
Do'stlaringiz bilan baham: