“Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi”
mavzuida
xalqaro ilmiy konferensiya
bo’lib o’tdi. Mazkur anjuman Markaziy Osiyodan
etishib chiqqan olim va mutafakkirlarning tarixiy merosini chuqur tadqiq etish
ishiga xizmat qiladi.
Yurtimizdan etishib chiqqan islom olami mutafakkirlari asarlarini, ularning
jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan bebaho hissasini chuqur o’rganish,
dunyoning barcha xalqlariga islom dinining haqiqiy mohiyatini etkazish uchun
Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida Imom Buxoriy xalqaro
ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
2017-yil 24-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy
yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”
18
gi qarori qabul qilindi.
2018-yil 16-aprelda imzolangan “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”
19
gi Farmoniga muvofiq Toshkent
islom univer-siteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.
Mazkur Farmonda “islom va jahon tsivilizatsiya-siga bebaho hissa qo’shgan
ajdodlarimizning boy madaniy mero-sini chuqur o’rganish asosida yoshlarning
ongu tafakku-rini shakllantirish” diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan
takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi: “Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi,
aqida, tasavvuf,
islom iqtisodiyoti va moliyasi (ta’kid bizniki),
xalqaro
munosabatlar
xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa
xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo’lgan sohalar bo’yicha malakali kadrlarni
tayyorlashga, o’rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka
18
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017-yil 24-mayda imzolangan Qarori.
19
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 2018-yil 16-aprelda imzolangan PF-5416-sonli Farmoni.
44
oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy
merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim
berishga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi
hisoblanishi” ham qayd etildi.
2017-yil fevralda mamlakatimiz Prezidenti mazkur masala sohasidagi o’ta
muhim hujjatga qo’l qo’ydi
20
, unga muvofiq Imom Termiziy xalqaro ilmiy
tadqiqot markazi tashkil etildi.
Imom Termiziy xalqaro markazining asosiy vazi-falari ichida ajdodlarimiz
merosini o’rganishga ham alohida e’tibor qaratilgan:
islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini,
hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda
termiziy allomalar, yurtimizdan etishib chiqqan mutafakkir zotlar merosini har
tomonlama chuqur o’rganish va keng targ’ib etish;
yuksak insoniy g’oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o’zida ifoda etgan
manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy
tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va o’quv qo’llanmalari,
ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib
borish.
2017-yilda bu borada yana o’ta ulkan qadam tashlandi. Ya’ni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq
21
Vazirlar Mahkamasi huzurida
O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi tashkil etildi. Mazkur Markaz
zimmasiga juda katta vazifalar yuklangan, jumladan:
- islom dini rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk vatandoshlarimiz — Imom
Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin
Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro,
Burhoniddin Marg’inoniy, Bahouddin Naqshband, Xo’ja Ahror Valiy kabi
allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiy-
ma’naviy jasorati, ulug’ insoniy fazilatlarini keng targ’ib qilish;
- jahon ilm-fani tarixida o’chmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy,
Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino,
Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar
merosining tarixiy va zamonaviy tsivilizatsiya taraqqiyotidagi o’rni va
ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod,
Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san’at namoyandalari ijodining
insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish.
Bunday sa’y-harakatlar buyuk mutafakkirlarimiz ilmiy-ijodiy merosini
chuqur tadqiq etish, jumladan, ular-ning moliya fanining shallanishi va
20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil
etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2774-son qarori
.
21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom
tsivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3080-son qarori.
45
rivojlanishi jarayon-lariga qo’shgan ulkan xizmatlarini o’rganishga xizmat qilishi
shubhasiz. Mazkur tadbirlarning eng muhim ahamiyati shunda-ki, ular islom
iqtisodiyoti va moliyasini o’rganish bugun mamlakatimizda davlat darajasidagi
muhim vazifalar qatoriga kiritilganligidan dalolat berishyapti.
Lekin bu uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uni hal etish bugun fan
olamiga kirib kelayotgan yosh vatandoshlari-miz zimmasiga tushadi. Yoshlarimiz
ajdodlarimizning buyuk merosini o’rganish va shu yo’l bilan tarixiy adolatni
tiklash ishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishadi, deb umid qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |