O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

5.
 
“Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida ajdodlarimiz 
xizmatlari 
Jahonda moliyaning alohida fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi 
7
Bu haqida maruzalar to’plamining “Moliya nazaryalar” mavzusida batafsil fikr yuritiladi. 


34 
jarayonida o’zbek olim va mutafakkirlarining ulkan hissalari bor. To’g’ri, Buyuk 
Temur yoki Buyuk Bobur
8
kabi vatandoshlarimiz qadimda “moliya” deb 
nomlangan maxsus ilmiy asarlar yozishmagan. Lekin ular o’zlarining boshqa 
nomlar bilan atalgan ilmiy-siyosiy, diniy va ma’rifiy asarlarida moliyaning turli 
masalalariga tegishli fikr-mulohazalarini bayon qilishgan. O‘zbek davlatlarining 
ayrim hukmdorlari esa o’z amaliy faoliyatlarida moliya, ayniqsa, uning tarkibiy 
qismi bo’lgan soliq sohasini rivojlantirish bo’yicha ulkan ahamiyatga molik 
islohotlar o’tkazishgan. 
Insoniyat tarixida ilk davlatlar paydo bo’lishi va ularning turli-tuman 
xarajatlarini qoplash maqsadida soliqlardek o’ta muhim vosita o’ylab topilishi 
bilan, ya’ni qadim-qadimdan hukmdorlar va soliqlarning to’lovchilari soliqlar 
miqdori, to’lash tartibi va muddatlari masalalari bo’yicha o’zaro tortishib 
kelishgan. Chunki xalq uchun bular hayot-mamot masalasi hisoblangan. Bizning 
buyuk ajdodlarimiz bu muammo ham hokimlar, ham ularga tobe xalqlarni 
qanoatlantira oladigan tarzda ijobiy hal bo’lishi uchun juda katta hissa 
qo’shishgan. 
Mutafakkirlarimizning moliya faniga qo’shgan hissalari haqida so’z 
yuritishdan oldin muqaddas kitobimiz “Qur’oni Karim”da ham moliya va soliq 
masalalariga keng e’tibor berilganligini e’tirof etishimiz mantiqan to’g’ri bo’ladi.
To’g’ri, “Qur’on”ni inson yaratmagan, u Parvardigor tomonidan biz, 
musulmonlarga, tortiq etilgan buyuk asar! Biz uchun bu o’rinda eng muhimi 
shundaki, ana shu muqaddas kitobimizda ham moliya, ayniqsa, soliq va soliq 
to’lash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. “Qur’oni Karim”da islomiy 
soliqlarning asosiy turlari bo’lmish xiroj, ushr, zakot va boshqa soliqlarning 
miqdori, to’lash tartibi, vaqti, soliq yig’uvchilar va to’lovchilar haqida atroflicha 
fikr yuritilgan. 
Hadislarda ham moliyaga daxldor masalalar bo’yicha keng miqyosda fikr 
yuritilgan. Masalan, soliqlar, ularning turlari, to’lovchilar, to’lov miqdorlari va 
shartlari kabi masalalarning aniq javoblari hadislarda bayon etilgan. 
Miloddan avvalgi VIII asrda, ya’ni bundan 2800-yil oldin qadimiy Xorazm 
diyorida bitilgan “Avesto” asarida moliya masalalari ham tadqiq etilganligi 
jahondagi iqti-sodiy tafakkur tarixi bilan shug’ullanadigan olimlarni hayratga 
soladi
9
. Zero, dunyoda moliyaga daxldor va 28 asr oldin yozilgan hamda 
bugungacha saqlanib qolingan asarlar deyarli yo’q. Xullas, ”muqaddas kitobda 
agrar munosabatlarning moliya masalalariga ham katta e’tibor beriladi”
10

8
Malikov T., Olimjonov O. Moliya. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. - 920 b.
9
“Avesto”.- Toshkent.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 1-tom, 2000-yil, 65-bet. 
10
Razzoqov A. “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari”. T.: “O‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodi uyi, 2001-yil, 27-bet. 


35 
Xalqimizning “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi qator dostonlarida ham moliya 
va soliq masalalariga alohida e’tibor berilgan. “Alpomish” dostonida Qo’ng’irot 
elida hukmronlik qilgan Boybo’ri bilan uning ukasi Boysaribiy o’rtasidagi ixtilof 
zakot masalasida paydo bo’ladi. Asarda Qo’ng’irot va Qalmiq ellarining moliya 
tizimlari o’rtasidagi farqlar ham ko’rsatib o’tilgan. 
“Go’ro’g’li” dostonida soliqqa doir masalalar ham bayon qilingan. Bunda 
soliqchi, pul yig’uvchi – pulchin, purush (furush) degan iboralar bilan atalgan. 
Umuman olganda, soliqlar masalalari juda ko’p islomiy mutafakkirlarimiz 
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Masalan, Burhoniddin Marg’inoniyning (1123-
1197) “Hidoya”
11
asarida chorva mollaridan zakot olish, qimmatbaho buyumlar 
(oltin, kumush) dan olinadigan zakot turlari, hosildan undiriladigan soliq (ushr), 
zakotni taqsimlash tartibi bo’yicha tavsiyalar berilgan. 
1063-1092-yillarda 
saljuqiylar 
davlati 
vaziri 
bo’lib 
ishlagan 
Nizomulmulkning “Siyosatnoma”
12
asarida davlat xazinasi, uni oqilona 
boshqarish, soliqlarni adolatli yig’ish masalalari ham bayon etilgan. 
Buyuk ajdodimiz Ahmad Al-Farg’oniy Misrda Nil daryosi suvi hajmining 
o’zgarishiga qarab, suvni barcha dehqonlar o’rtasida bir xil taqsimlashni 
ta’minlay oladigan, o’z zamonasida jahonda tengi yo’q gidroinshoot barpo etgan. 
Qohira shahri yaqinidagi Sayyolat ul-Rod mavzesida bunyod etilgan mazkur bino 
1200-yildan beri ajdodlarimizning buyuk aql-zakovati timsoli sifatida qad rostlab 
turibdi.
Vatandoshimiz Al-Farg’oniy ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash 
darajasining hosilga ta’siri va shu asosida soliq miqdorini adolatli o’rnatish 
g’oyasini oldinga surgan va hayotga joriy etgan. Tan olish kerakki, bu insoniyat 
tarixida soliqqa tortish tamoyillarini ishlab chiqishga bo’lgan ilk va 
muvaffaqiyatli amalga oshgan urinishlardan biri edi
13
.
Ahmad Al-Farg’oniy mazkur g’oyani o’rtaga tashlagan va hayotga joriy 
etgan IX asrda g’arb mamlakatlarining ko’pchiligi hali davlat sifatida shakllanib 
ulgurishmagan edi. Binobarin, ularda soliq haqida fikr yuritishga asos, ya’ni 
soliqlarning o’zi ham yo’q edi.
Buyuk Temur ham moliya va soliq fanlari nazariyasi va amaliyotiga ulkan 
hissa qo’shgan. U o’z saltanatida soliqlar adolatli bo’lishi uchun harakat qilgan. 
Bu fikrimizning to’g’riligini tushunish uchun uning “Temur tuzuklari” asari va 
hukmdorlik faoliyatida o’tkazgan islohotlariga murojaat qilish kerak. Jahongir
“Temur tuzuklari” asarida moliya, soliqlar va soliqqa tortish masalalariga juda 
11
Razzoqov A. “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari”. T.: “O‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodi uyi, 2001-yil. 82-91-betlar. 
12
Shu yerda. 110-120-betlar. 
13
O.Olimjonov. “Soliq nazariyasini yaratishda ajdodlarimiz xizmati”. “Iqtisodiy taraqqiyotga erishishda soliq siyosatini 
yanada takomillashtirish yo’llari”. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent Moliya instituti.- 2006-yil.


36 
katta e’tibor bergan. U o’z ixtiyoridagi mamlakatlarda soliqqa tortish, uning 
miqdori va to’g’ri yig’ib olish jarayonida qat’iy tartib o’rnatgan. 
“Amr qildimki, - deb ta’kidlaydi Amir Temur, - raiyatdan xiroj yig’ishda 
uni og’ir ahvolga tushirib qo’yishdan yoki mamlakatni qashshoq qilib qo’yishdan 
saqlanmoq zarur, chunki raiyatni xonavayron qilish xazinaning g’ariblashuviga 
olib keladi. Xazinaning g’ariblashib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga 
sabab bo’ladi. Sipohning tarqalib ketishi o’z navbatida saltanatning zaiflashishiga 
olib keladi”
14

Ko’rinib turibdiki, Buyuk Temur davlat byudjeti daro-madlarini
shakllantirishda soliq to’lovchilarga nisbatan soliq yuklamasini oshirib 
yuborishning salbiy oqibatlarini chuqur his qilgan va o’z saltanatida bunga yo’l 
qo’ymagan. 
Sohibqiron qishloq xo’jaligida soliqni ekindan olingan hosilga va erning 
unumdorligiga qarab belgilashni joriy qilgan. Temur saltanatida hosil pishib 
etilmasdan raiyatdan molu jihot olishni qat’iy ravishda ta’qiqlab qo’yish ham
amal qilganki, soliqqa tortishning bunday adolatli prinsiplari Yevropa 
davlatlarining ko’pchiligida hali ma’lum emas edi.
Tashlandiq yoki yangi erlarni o’zlashtirgan shaxslarga soliqdan katta 
imtiyoz berilgan. “... amr etdimki, - deyiladi “Temur tuzuklarida”, - kimda-kim 
biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yer ostidan o’tkazilgan ariq) qursa, yo biron 
bog’ ko’kartirsa, yoxud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili 
undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini 
olsinlar, uchinchi yili (esa) qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig’sinlar”
15

Axir bunday fikrlar adolatli soliq siyosatining asosini tashkil qilmaydimi?!
Buyuk Temur o’z zamonasining eng adolatli soliq siyosatlaridan birini ishlab 
chiqqan hamda uni Osiyo va Yevropaning katta qismini tashkil etgan bepoyon 
saltanatida hayotga joriy etgan. Demak, Buyuk Temurni uning nazariy qarashlari 
va amaliy faoliyati bo’yicha zamonaviy soliq siyosatining asoschilaridan biri, 
deyishga haqqimiz borligi ko’rinib turibdi. Uning davlat byudjeti daromadlarini 
shakllantirish va soliq siyosatini tashkil etish bo’yicha bildirgan g’oyalari bugun 
ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 
Soliq nazariyasini yaratgan, deb hisoblanadigan g’arblik olimlar ham shu 
taxlit g’oyalarni “Temur tuzuklari” yozilgandan 3-4 asr keyin boshqacha shakl 
va so’zlar bilan ifodalashganliklarini tushunish uchun ularning asarlarini bir bor 
qiyoslab chiqish yetarli. 
Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, Buyuk Temur yurtimizni 
mo’g’o’llar zulmidan ozod qilish va Amir Husayn bilan taxt uchun uzoq davom 
14
“Temur tuzuklari”. - T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-yil, 122-123-betlar. 
15
“Temur tuzuklari”.- T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-yil, -344 b. 124-bet. 


37 
etgan kurashlarida xalqqa ularga nisbatan adolatli soliq siyosatini taklif etgani 
ham katta yordam berganligi sir emas. 
Yana bir misol. Bobur va boburiylar saltanatining Hindiston zaminida o’ta 
uzoq muddat (1526-1858-yillar), ya’ni 332-yil hukm surishida ham xalqparvarlik, 
jumladan, ortiqcha soliqlar bilan xalqni qiynamaslik kabi omillarning xizmati 
beqiyos bo’lgan. 
Bobur iqtisodiy, jumladan, moliyaviy tafakkur rivo-jiga juda katta hissa 
qo’shgan. Uning “Boburnoma”, “Mubayyan” va boshqa asarlarida”
16
asarlarida 
iqtisodiy, moliyaviy va soliq siyosatlariga doir fikrlari bayon etilgan. U iqtisodiy 
qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning davlat va jamiyat hayotini belgilovchi 
ahamiyatini yaxshi bilgan. Shuning uchun ham uning iqtisodiy siyosati adolatli 
va keng xalq ommasi uchun mo’’tadil bo’lgan. 
Buyuk Boburning “Mubayyan” asari iymon-e’tiqod, namoz, zakot, ro’za va 
haj kitoblarini o’z ichiga olgan 5 qismdan iborat. Zakot kitobida zakot shartlari, 
zakot beriladigan mollar, naqdina, chorva va tijorat mollarining zakoti, zakot 
farzlari, zakot beriladigan shaxslar, zakot berish durust bo’lmagan kishilar, ushr 
va xirojga doir barcha masalalar bo’yicha aniq tavsiyalar berilgan.
Boburning moliya va soliq sohasidagi xizmatlari bu boradagi nazariy 
masalalarni tadqiq etish bilan cheklanib qolmagan. U moliya va soliq bo’yicha 
o’zi ishlab chiqqan tavsiyalarni saltanatida o’zi amaliyotga joriy ham etgan. 
Bobur davlati barpo etilgunga qadar Hindiston hududida hukm surgan o’nlab
katta-kichik davlatlarning xazinani tashkil etish, uning daromadlaridan 
foydalanish, soliq siyosati, soliq tizimi, soliqlar turlari va ularni aholidan yig’ib 
olish tartiboti bir - biridan keskin farq qilgan. Har bir rojalikning o’z soliq siyosati 
bo’lgan. Soliq-larning turlari ko’pligi, ularni yig’ib olishning tartibi qat’iy 
emasligi va soliq miqdori juda katta ekanligidan aholi juda qiynalgan

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish