O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Ayrim psixologik manbalarda ehtiyojlarning turlari ko‘proq ko‘rsatilgan



Download 2,52 Mb.
bet37/118
Sana28.01.2022
Hajmi2,52 Mb.
#414767
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118
Bog'liq
Psixologiya UMK

Ayrim psixologik manbalarda ehtiyojlarning turlari ko‘proq ko‘rsatilgan:

  • fiziologik (ovqatlanish, uxlash, nafas olish va shunga o‘xshash);

  • naslni davom ettirish (tug‘ilish, tarbiya, himoya);

  • yashash uchun turli vositalarga ega bo‘lish (turar-joy, ozuqa, kiyim-kechak);

  • ma’naviy ehtiyojlar;

  • muloqot;

  • o‘zini o‘zi namoyon etish (e’tiqod, san’atga oshnolik, ilm olish kabi);

  • o‘zini o‘zi ko‘rsatish (hurmatga, e’tirofga, xokimiyatga ega bo‘lish kabi).

Bevosita ishlab chiqarish sharoitlarini nazarda tutadigan bo‘lsak, har qanday mutaxassis yoki menejer xodimlarni ishga, mehnatga chorlash, ulardagi barcha imkoniyatlarni ishga solinishiga erishish uchun ularni faoliyatga chorlash yoki motivatsiya qilish borasida ishlar olib borishi shakllangan ichki psixologik turtkidir. Amaliyotda mehnatdan manfaatdorlik, undan qoniqish hissining mavjudligi, ishga nisbatan ehtiyoj kabilar ijro faoliyatining asosiy motivatorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish sharoitlarida ishchi va xodimlarning mehnatga undash va ulardagi manfaatdorlikni oshirishning tashqi omillaridan (moddiy va ma’naviy) keng foydalaniladi. Ma’lumki, ishga nisbatan moddiy rag‘batlantirish xodimlarga moliyaviy, pullik imtiyozlar berish orqali amalga oshirilsa, nomoddiy rag‘batlar – bu ishchi va xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, yaratilgan sharoitlar, xodim hurmatini o‘rniga qo‘yish, o‘zini o‘zi hurmat qilishiga turtki bo‘luvchi turli choralar tizimidan iboratdir.
Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo‘lgani sababli, u o‘z xatti-harakatlarida yaxlit jamiyat, mehnat jamoasi, o‘zi hurmat qiladigan, unga referent bo‘lgan guruhning normalari, qadriyatlari va fikrlarini qabul qiladi va unga moslashadi. Referent guruhning shaxsga ta’siri shunda ifodalanadiki, u bevosita u yoki bu ishni bajarishi uchun motivirovka rolini o‘ynaydi. SHu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, shaxs uchun referent guruh - bu shunday insonlar uyushmasiki, ularning fikrlari, qadriyatlari, xulq– atvori va xatti– harakatlari xamisha unga ibrat bo‘ladi, shaxs ularga taqlid qiladi va ergashadi. Referent guruh a’zolari bir erda, bir makonda jam bo‘lmasliklari mumkin, ularni shaxs hayoti mobaynida tanlaydi, o‘zi kerak bo‘lsa, almashtiradi. Referentlar ota–onasi yoki qarindoshlardan kimlardir, ustozlardan kimlardir, film qahramonlari, badiiy qahramonlar yoki tanish– bilishlardan kimlardir bo‘lishi mumkin. Kimga tahlid qilishi yoki ergashishiga qarab shaxsning psixologik portretini aniqlash, “chizish” mumkin bo‘ladi. Referent guruh a’zolari shaxs ijtimoiy xulqining motivatorlari hisoblanadi.
SHunday qilib, shaxsning har qanday xulq-atvori yoki harakatlarini ichki psixologik sabablar yoki tashqi, shart-sharoitlar omili vositasida tushuntirish mumkin. Oxirgisi vaziyatli motivatsiya bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarida uning o‘ziga xos o‘rni va roli bor.
Vaziyatlarga oid motivatsiyada tashqi motivatorlar rolini turli stimullar o‘ynaydi. Boshqaruv faoliyatida bu rag‘batlantirish vositasida manfaatdorlikni oshirishdir. Ijrochi xodimlarda bunday sharoitlarda mehnat faoliyatiga nisbatan ichki psixologik turtki bo‘lib, bu avvalo mehnatdan manfaatdorlikni, qolaversa, mehnatdan qoniqishni ta’minlaydi.
YUqorida ta’kidlanganidek, bunda xodimlarga belgilanadigan maoshlarning miqdori, pulli mukofotlar, ma’muriyat tomonidan yaratilgan sharoitlar va shu kabi tashqi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin hozirgi davrda hamma tashkilot ham xodimlarini moddiy jihatdan xadeb rag‘batlantirishga imkon topa olmaydi. SHu bois motivatsiya ma’nosida xodimlarni ichki psixologik jihatdan mehnatga chorlash, undash, shaxs sifatida o‘z mehnatiga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish katta rol o‘ynaydi.

Odamlarning mehnatga ichki psixologik motivatsiyasi ularning professional xulq-atvorining mazmunan boy bo‘lishini, kasbga nisbatan ongli va to‘g‘ri motivatsiyaning shakllanishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda mashhur psixolog Abraam Maslouning motivlar ierarxiyasi hamda D.Maklellandning motivatsiya konsepsiyalari katta ahamiyatga egadir.
D.Makklellandning motivatsiya nazariyasida esa uch turli ehtiyojlar va ularga mos motivlar ajratilgan: xukmronlik qilish ehtiyoji, muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji va aloqadorlikka sazovor bo‘lish ehtiyoji. Har bir ehtiyoj turi o‘ziga xos turtkiga sabab bo‘ladi va ularning har birida shaxsning tavakkal qilishi darajasi turlicha bo‘ladi.
Masalan, xukmronlik qilishga nisbatan ehtiyoj orttirilgan, hayot mobaynida shakllanadigan bo‘lib, bunda ta’lim va tarbiyaning roli katta va inson o‘zgalar faoliyatini nazorat qilish, ularga ta’sir ko‘rsatishni istayveradi. SHu boradagi yuqori motivatsiyaga ega insonlarni muallif ikki guruhga bo‘ladi. Birinchi toifa xukmronlikka hokimiyatga qiziqqani uchun intiladi, chunki ular uchun o‘zgalar ustidan nazorat qilish jarayoni juda qiziqarli va ular shuni istaydilar. Bunday toifa uchun korxonaning manfaati, uning maqsadlari ahamiyatsiz, muhimi kimlarnidir ustidan boshliq bo‘lish g‘oyasidir.
Ikkinchi toifa odamlar uchun jamoa manfaatlari va unga erishish yo‘lidagi ishlarni ko‘pchilik bo‘lib xal qilish muhim. Lavozimga erishgach, bundaylar darxol guruh yoki jamoa bilan kelishib, hamkorlikda umumiy vazifalarni xal qilishni boshlaydi va o‘zi ham muammolarni echish, qarorlar qabul qilishda bevosita faol ishtirok etadi. Bunda o‘zining shaxsiy manfaatlarini, obro‘ qozonish kabilarni u keysingi o‘rinlarga qo‘yadi.
Muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshlagan ishni samarali ado etish yo‘li bilan qondiriladi. Bunday inson o‘z oldiga murakkab masalalarni qo‘yib, uni yaxshi bajarib, o‘zgalar e’tirofiga intiladi. Agar u rahbar bo‘lsa, o‘zi tashabbus ko‘rsatib, so‘ngra niyatiga etish, kam tavakkal qilib, oqilona yo‘llarni belgilashni nazarda tutadi. Agar rahbar nimadandir xavotirlansa, tavakkal qilishi darajasi yuqori bo‘lsa, tashabbus ko‘rsatadi, lekin bajarishni boshqalarga yuklab, o‘zi chetda turishni afzal ko‘radi. Asosiy niyati nima qilib bo‘lsa ham o‘z obro‘siga putur etkamaslik.
Psixologik nuqtai nazaridan D.Makklellandning nazariyasiga yaqin nazariya Dj.Atkinsonnikidir. Uning fikricha, muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshqa bir ehtiyoj – mag‘lubiyatdan qochish bilan birgalikda qaralmog‘i lozim. Biror narsaga erishishga kuchli ehtiros xis qilgan odamlarda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi, va aksincha. Bunday motivatsiyasi kuchsiz bo‘lganlar esa mag‘lubiyatdan qochishni ko‘proq o‘ylaydiganlardir. Ikkala nazariya asosida mualliflar birgalikda sub’ektiv jihatdan ma’qul ko‘riladigan tavakkal qilish nazariyasiga asos solishdi. Amaliyotdan ma’lum bo‘ldiki, samarali rahbarlar hech qachon juda yuqori darajada ham, o‘ta past darajada ham tavakkal qilmas ekanlar. Ular o‘z faoliyatlarida tavakkalning maqbul, o‘rtacha darajasida faoliyat yuritib, oldindan muvaffaqiyatsizliklardan o‘zlarini asrar ekan. Noaniqliklar ko‘p, tavakkal qilishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlardan doimo iloji boricha o‘zlarini olib qochishar ekan. SHu bois ham ularda mag‘lubiyatga uchrash kam bo‘ladi.
Odamlarning bir-birlariga bog‘liqligi, aloqadorlikka sazovor bo‘lish ehtiyojini ba’zan partisipativ (lotincha “participate” - ishtirok, sherikchilik ma’nosini bildiradi) ehtiyoj yoki ishtirok etish ehtiyoji deb ataladi. Bunday ehtiyoj shaxsning do‘stona munosabatlarga intilishida namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar xamkasblari, oshnalari va mavqe jihatdan o‘zidan yuqori turadiganlarning doimiy e’tirofi va e’tiboriga sazovor bo‘lishni istab yashaydilar. SHu nuqtai nazardan tahlil qilinganda, “affiliatsiya” tushunchasi biroz farq qiladi.
Oxirgi vaqtlarda affiliatsiya motiviga e’tibor ortmoqda. So‘zning ma’nosi inglizcha to affiliate – birlashmoq, birlashtirmoq, insonni boshqa odamlar davrasida bo‘lishga intilishi ma’nosini bildiradi.
R. Myurreyning ilmiy izlanishlarida: “...Affiliatsiya deganda har ikkala tomonga ijobiy ta’sir etuvchi o‘zaro muloqot mazmuniga ega ijtimoiy ta’sirlarning ma’lum turi, do‘stona munosabatlarni o‘rnatish va bog‘lanishni his etish, guruhlarga birlashish” kabi motivatsiya sifatida talqin etiladi.

  • Maslou fikriga ko‘ra, affiliatsiya motivi insoniyat ehtiyojlari ierarxiyasining eng yuqori darajasiga mansubdir. Ammo shu bilan birga insoniyat tabiati uchun birinchi darajali va fundamental motiv hisoblanib, odamlar bilan o‘zaro ta’sir doirasidagina rivojlanishi mumkin.

  • Megrabyan affiliatsiya motivining ikki xil tomonini ajratib o‘tadi: affiliatsiyaga ehtiyoj (simpatiya, muloqotdagi qo‘llab-quvvatlash) va rad etilishdan qo‘rqish (muloqot o‘rnatilmasligi yoki rasmiyligicha qolishi).

  • X. Xekxauzen fikricha, affiliatsiyaga ehtiyoj universal hisoblanib, yosh, gender va etnik mansublikdan qat’iy nazar barcha insonlarga xos ehtiyojdir.

Motivatsiya talaba xulq-atvori hamda akademik maqsadlariga chambarchas bogʻliq hisoblanadi. Ammo amalga oshirilgan ma’lum izlanishlar ushbu holatga toʻgʻri kelmaydigan ayrim natijalarni ham qayd etdi. Shuningdek, tadqiqotlarga binoan talabalarning ichki motivatsiyasi ta’lim olish jaroyonida shakllanishi ham mumkin ekan.13
Ammo ushbu ehtiyojning xarakteri va mazmuni ta’lim-tarbiya, ijtimoiylashuv sharoitlari va ma’naviy tomonlarga bog‘liq.
Klassik va zamonaviy psixologik adabiyotlar tahliliga ko‘ra, affiliatsiya motivi o‘z ichiga insonlar bilan muloqot o‘rnatishga ehtiyoj, guruh a’zosiga aylanish, atrofdagilar bilan o‘zaro ta’sir doirasiga kirishish, yordam ko‘rsatish va qabul qilish kabi ehtiyojlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Affiliatsiyaga yo‘nalganlik tushunchasi ilk marotaba A.Megrabyan S.Kshesinskiylar tomonidan ijtimoiy psixologiyaga kiritilgan.
Atoqli xorijiy psixologlar maktabi doirasida affiliatsiya motivi bevosita va bavosita yondashishlar orqali o‘rganilgan bo‘lsa-da, lekin mahalliy sharoitda sof ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bu borada hali olib borilmagan.
Yuqoridagi fikrlar umuman shaxs xulq–atvorining motivlariga oid fikrlar bo‘lsa, ijtimoiy psixologiya o‘z predmeti nuqtai nazaridan ijtimoiy xulq motivlariga alohida e’tiborni qaratadi.
Bu masalaga oid dastlabki yaxlit nazariyalar fanda yigirmanchi asrning 50-chi yillarida paydo bo‘ldi va Vill Shuts nomi bilan bog‘liq. Uning nazariyasi rossiyaliklarning adabiyotlari “interpersonal xulqning uchlamchi nazariyasi” (trexmernaya teoriya interpersonalnogo povedeniya)14 nomi bilan qayd etildi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, ijtimoiy xulqning asosini shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘luvchi uch toifa ehtiyojlar tashkil etadi: qo‘shilish, nazorat va ochiqlik.

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish