BOB. ISTEʼMOLCHI TANLOVI NAZARIYASI6
Byudjet chizigʻi: iste’molchining qanday imkoniyatlari
mavjud?
Koʻp odamlar oʻz ehtiyojlari soni va sifatini yaxshilashnga urinishadi – koʻproq ta’tillar, qimmatroq mashina haydash yoki yaxshiroq restoranlarda ovqatlanish va hokazo. Kishilar oʻz xohishlaridan koʻra kamroq sarflashni istashadi, chunki ularda kirim ta’siri borligi sababli xarjlari ham chegaralangan boʻladi. Biz iste’molchining tanlov nazariyasini kirim va chiqim orasidagi mutanosiblikni tekshirish orqali boshlaymiz.
Obyektlarni oddiy va sodda boʻlishini koʻzlab, biz iste’molchi xarid qilishi mumkin boʻlgan faqat ikkita narsani olamiz: pitsa va Pepsi. Albatta, hayotda kishilar minglab turdagi tovarlarni xarid qilishlari mumkin. Taxminimizcha, iste’molchi tanlovi tushunchasining asosiy mazmunini oʻzgartirmay turib sodda tushuntirish uchun ikkita mahsulotni olish yetarli. Avvalo, pitsa va pepsiga boʻlgan xarajat iste’molchi kirimining qancha qismini cheklab olishini koʻrib chiqamiz. Taxminan iste’molchi kirimi oyiga 1000$ va uning hammasi Pepsi va pitsaga ketadigan boʻlsin. Pepsi narxi 2$, pitsaniki 10$.
Rasm 1 dagi jadval isteʼmolchi sotib olishi mumkin boʻlgan pitsa va Pepsining koʻplab kombinatsiyalarining ayrimlarini koʻrsatadi. Jadvalning birinchi qatori, agar isteʼmol pitsaga oʻzining barcha daromadini sarflasa, u oy davomida 100 ta pitsa yeyishi, lekin u hech qancha Pepsi sotib olish mumkin emasligini koʻrsatadi. Ikkinchi qatorga boshqa ehtimolni koʻrsatadi, isteʼmol toʻplami: 90 ta pitsa va 50 pint pepsi va hokazo. Jadvaldagi har bir isteʼmol toʻplami aniq $ 1000 turadi.
6 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) kitobining XXI bobi asosida tayyorlangan.457-483 bet
Rasm 1dagi grafik isteʼmolchi tanlashi mumkin boʻlgan isteʼmol toʻplamlarni koʻrsatadi. Vertikal oʻq Pepsi pintlari sonini va gorizontal oʻq pizza sonini oʻlchaydi. Bu rasmda uchta nuqta belgilangan. A nuqtada isteʼmolchi Pepsi sotib olmaydi lekin 100 pitsa iste’mol qiladi. B nuqtada isteʼmolchi pitsa sotib olmaydi va 500 pint Pepsi isteʼmol qiladi. C nuqtada isteʼmolchi 50 pitsa va 250 pint Pepsi sotib oladi.
Aynan C nuqtada AB chizigʻi oʻrtasida isteʼmolchi teng sarflaydigan nuqtadir, unda pitsa va Pepsi miqdori ($ 500). Bu isteʼmolchi tanlashi mumkin boʻlgan pitsa va Pepsi koʻplab kombinatsiyalarning faqat uchtasidir. AB chizigʻi boʻyicha barcha nuqtalarni tanlash mumkin. Byudjet sigʻimi deb nomlangan bu chiziq, isteʼmolchi qurbi yetadigan isteʼmol toʻplamlarini koʻrsatadi. Bu holda, u iste’molchi toʻqnashadigan pitsa va Pepsi oʻrtasidagi tanlovni koʻrsatadi. Byudjet sigʻimi qiyaligi isteʼmolchi duch keladigan tanlov darajasini oʻlchaydi. Eslatib oʻtamiz, bu ikki nuqta orasidagi chiziq vertikal masofa oʻzgarishi gorizontal masofa oʻzgarishiga boʻlib hisoblanadi (“muddatda oʻsish”). A nuqtadan B nuqtagacha vertikal masofa 500 pint boʻlgan va gorizontal masofa 100ta pitsa hisoblanadi. Shunday qilib, chiziqda 1 ta pitsaga 5 pint Pepsi toʻgʻri keladi.
Birinchi jadvalda iste’molchining yuqorida aytib oʻtilgan mahsulotlardan qay usullarda xarid qilishi mumkinligini hisoblovchi kombinatsiyalardan biri koʻrsatilgan. Birinchi jadval shuni koʻrsatadiki, agar iste’molchi hamma pulini pitsaga sarflasa u 100 ta pitsa xarid qilishi va birorta ham Pepsi ololmasligi mumkin. Ikkinchi qatorda boshqacha variant: 90 ta pitsa va 50 dona Pepsi, va hokazo. Har bir chiqim summasi 1000$ni tashkil etadi. Birinchi jadvaldagi grafik iste’molchi tanlashi mumkin boʻlgan “toʻplam”larga misol boʻladi. Vertical chiziq Pepsining miqdorini oʻlchasa, gorizontali esa pitsaning donasini ifodalamoqda. Grafikda uchta nuqta keltirilgan. A nuqtada, iste’molchi faqat 100 ta pitsa oladi, ammo Pepsi olmaydi, B nuqtada u pitsa xarid qilmaydi, lekin, 500 ta Pepsi sotib oladi, A va B nuqtalarining oʻrtasi boʻlmish C nuqtada iste’molchi har ikkalasigayam teng ravishda 500 $ dan pul sarflashi tasvirlangan. Bunda u 50ta pitsa va
250 ta Pepsi iste’mol qila oladi. Yuqorida aytib oʻtilganlar koʻplab kombinatsiyalardan uchtasi edi, xolos. A nuqtadan B nuqtagacha boʻlgan har bir variant bizga toʻgʻri kela oladi. Xarajatlar sigʻimi deb ataluvchi ushbu chiziq bizga iste’molchining qurbi yetadigan iste’mol “guruh”larini koʻrsatib beradi. Shu bilan iste’molchi xarid qilishi mumkin boʻlgan Pepsi va pitsa miqdorlarini jadvallar yordamida oʻrganib chiqdik.
Byudjet sigʻimi egri chizigʻi iste’molchining bir tovarning boshqasiga nisbatan xarid qila olish imkoniyatini narxlar mutanosibligi orqali oʻlchashda ishlatiladi. A nuqtadan B nuqtagacha vertikal oraliq 500 ichimlik va gorizontal masofa 100 ta pitsaga teng. Demak, beshta Pepsi bitta pitsaga toʻgʻri kelmoqda. (Aslida, byudjet sigʻimi egri chizigʻi pasayganda, natija musbat son chiqadi. Lekin biz manfiy ishorani chetlab oʻtishimiz mumkin.)
Byudjet taqchilligi bir mahsulot narxining boshqa bir mahsulot narxiga taqqoslanishi orqali paydo boʻlgan taxminiy narxga teng ekanligini eslab
qoling. Pitsa Pepsidan besh marta qimmat, shuning uchun pitsa olish ehtimolligi Pepsiga qaraganda besh marta past. Bozor ite’molchiga quyidagicha tanlovni taklif qila oladi: bitta pitsaga beshta Pepsi.
Do'stlaringiz bilan baham: |