Bozor muvozanatini baholash
rasm talab va taklifning bozor muvozanat sharoitida isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini koʻrsatadi. Iste’molchi ortiqchaligi muvozanat narxidan yuqorida va talab egri chizigʻidan pastda joylashgan shakl maydoniga teng, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa muvozanat narxidan pastda va taklif egri chizigʻidan yuqorida joylashgan shakl maydoniga teng ekanligini eslang. Shunday qilib, muvozanat nuqtasigacha talab va taklif egri chiziqlari oʻrtasida joylashgan shaklning umumiy maydoni ushbu bozordagi umumiy ortiqchalikni aks ettiradi.
Bu muvozanatda resurslar taqsimoti qanchalik samarali? Bu umumiy ortiqchalik maksimallashadimi? Bu savollarga javob berish uchun, eslang bozor muvozanat vaziyatida boʻlganda bozor narxi bozor faoliyatida ishtirok etayotgan sotuvchilar va xaridorlarni aniqlaydi. Tovarni uni bozor narxidan yuqori baholagan xaridorlar sotib oladilar (talab egri chizigʻida AE kesma bilan ifoda etilgan), tovarni uni narxidan past baholagan xaridorlar (EB kesma bilan ifoda etilgan), uni sotib olishdan voz kechadilar. Xuddi shunga oʻxshash, xarajatlari narxdan kichik boʻlgan sotuvchilar (CE kesma bilan ifoda etilgan) tovarni ishlab
chiqaradilar va sotadilar; xarajatlari bozor narxidan katta boʻlgan sotuvchilar (ED kesma bilan ifoda etilgan), uni ishlab chiqarish bilan shugʻullanishni istamaydilar.
Bu kuzatuvlar bozor natijalarini ikki xil tushunishga olib keladi, yaʼni:
Erkin bozorlar taklif etilayotgan tovarlarni ularni qolganlarga nisbatan yuqoriroq baholovchi xaridorlar oʻrtasida taqsimlaydilar, u ularning toʻlashga tayyorligi bilan aniqlanadi.
Erkin bozorlar bu tovarlarni kam xarajatlar bilan ishlab chiqaruvchi yetkazib beruvchilarning tovarlariga talab bildiradilar.
Shunday qilib, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlarning bozor muvozanati sharoitida ijtimoiy rejalashtiruvchi iste’molchilarning istemolini yoki yetkazib beruvchilarning ishlab chiqarishlarini taqsimotini oʻzgartirib, iqtisodiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga ega emas.
Biroq, ijtimoiy rejalashtiruvchi taklif etilayotgan tovarning miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish yordamida umumiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga egami? Javob – yoʻq, bu bozor natijalari haqidagi uchinchi tushunishning shakllanishidir.
Erkin bozorlar iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar umumiy ortiqchaligini maksimallashtiruvchi tovarlar miqdorini ishlab chiqaradilar.
chizma yuqoridagi fikr nega toʻgʻri ekanligiga isbot keltiradi. Bu chizmani izohlash uchun talab egri chizigʻi xaridorlar uchun tovar qimmatini aks ettirishini va taklif egri chizigʻi sotuvchilarning xarajatlarini aks ettirishini esga oling. Muvozanatli darajadan pastdagi qandaydir miqdorda, misol uchun Q1 da, chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchining xarajatlaridan ortiq boʻladi. Natijada ishlab chiqarish va iste’mol miqdorining oʻsishi umumiy ortiqchalikni oshiradi.
Bu toki miqdor muvozanat darajasiga yetguniga qadar toʻgʻri davom etadi.
Shuningdek, muvozanatli darajadan yuqoridagi qandaydir miqdorda, misol uchun Q2 da, chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchinung xarajatlaridan kam boʻladi. Shunga koʻra, miqdor pasayishi umumiy ortiqchalikni oshiradi va bu toki miqdor muvozanat nuqtasidan pasaygunga qadar toʻgʻri davom etadi. Umumiy ortiqchalikni maksimallashtirishda ijtimoiy rejalashtiruvchi qayerda taklif va talab egri chiziqlari kesishsa shu miqdorni tanlaydi.
Bu 3 ta tushunishlar birgalikda bizga bozor natijasi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklari yigʻindisi qanday katta boʻlishi mumkinligidan iborat boʻlishini koʻrsatadi. Boshqa soʻzlar bilan aytganda, muvozanatli natija bu resurslarni samarali taqsimlanishidir. Koʻngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi, demak, bozor natijasi adolatli boʻlishiga imkon berishi mumkin. Bu siyosat adabiy jihatdan tarjima qilinganda “ularga qilishga ijozat” degan ma’noni anglatib, Fransuzcha “aralashmaslik” iborasiga toʻgʻri keladi.
Jamiyat bu rejalashtiruvchi aralashuviga muhtoj emasligidan baxtlidir. Garchi bu foydali boʻlsada hamma narsani yaxshi biladigan
kuchli nazariyaga ega diktator shunday qilsa, oʻsha shaxs uni yoʻqotishi shart emasligini tasavvur qiling. Bunday xususuyat bilan kirishish qiyin. Diktatorlar kamdan-kam koʻngilchanlik qiladilar va hattoki biz kimnidir oʻta samimiy deb hisoblasak, ular yaxshi munosabatda boʻlmaydilar.
Tasavvur qiling, bizning ijtimoiy rejalashtiruvchi bozor tazyiqlariga boʻysunmay oʻzicha resurslarni samarali taqsimlashga harakat qildi. Bunday qilish uchun u bozordagi har bir imkoniyatli iste’molchining qimmatini va har bir ishlab chiqaruvchining xarajatini bilishi kerak. Bundan tashqari u nafaqat shu bozordagi, balki iqtisodiyotdagi boshqa minglab bozorlardagilarini ham bilishi lozim. Bu ish esa birmuncha qiyindir, chunki qandaydir sababga koʻra markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotlar hech qachon juda yaxshi ishlamaydilar.
Reja qiluvchining ishi oson, biroq u oʻziga hamkor topishi kerak. Adam Smit bozorning koʻrinmas qoʻli desak adashmaymiz. Bu qoʻl barcha ma’lumotlarini shu jumladan xaridor va sotuvchilar qiymatini oladi va har bir kishiga bozordagi iqtisodiy samaradorlik haqida yoʻl- yoʻriq koʻrsatadi. Bu takrorlanmas darajadagi mahorat. Bu qandaydir sababga koʻra iqtisodchilar koʻpincha erkin bozorlar iqtisodiy faollikni tashkil etishning eng yaxsi yoʻli ekanligining tarafdori hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |