Nega OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi?
Oʻtgan bir necha oʻn yillik mobaynida jahon iqtisodiyoti uchun eng koʻp putur yetkazadigan hodisalar neft bozorida vujudga kelmoqda. 1970-yilda neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) a’zolari daromadni koʻpaytirish maqsadida neftning jahon narxini oshirishga qaror qilishdi. Bu maqsadga ular birgalikda neft miqdorini qisqartirish orqali erishishdi. 1973-yildan 1974-yilgacha neftning narxi 50 % dan
yuqoriroqqa koʻtarildi. Bir necha yildan soʻng, OPEK bu ishni yana bir amalga oshirdi. 1979-yildan 1981-yilgacha neft narxi qariyb ikki barobar koʻtarildi.
Biroq OPEK yuqori narxni ushlab turishni qiyin deb topdi.1982- yildan 1985-yilgacha neftning narxi yiliga 10% dan pasaydi. Tez orada esa OPEK davlatlari oʻrtasida qoniqmaslik va tartibsizlik keng yoyildi. 1986-yilda OPEK a’zolari oʻrtasidagi hamkorlik butunlay sindi va neftning narxi 45% ga keskin pasaydi. 1990-yilda neftning narxi 1970- yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda uning narxi deyarli oʻzgarmadi (XXI asrning 1-oʻn yilligida neftning narxi yana oshdi, lekin OPEK uni kamaytirganidan emas, balki neftga boʻlgan talab oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti shiddat bilan koʻtarilayotganidan).
1970–980-yillardagi OPEK hodisasi qisqa muddatda va uzoq muddatda talab va taklif qanday harakatlanishini koʻrsatadi. Qisqa muddatda neftga boʻlgan talab va taklif nisbatan elastik emas. Taklif elastik emas, chunki ma’lum neft zaxiralari va neft qazib chiqarish hajmi tez oʻzgarmaydi. Talab ham elastik emas, chunki sotib olish narxdagi oʻzgarishlarga tez javob qaytarmaydi. Demak, 8-chizmada koʻrsatilganidek, qisqa muddatdagi taklif va talab tik qiya holda turadi. Taklif S1 dan S2 ga oʻzgarganda, P1dan P2 ga narxning koʻtarilishi katta boʻladi.
Uzoq muddatda vaziyat ancha farqlidir. Uzoq vaqt mobaynida, OPEK dan tashqari neft ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlarga javoban neft tadqiqotlarini koʻpaytiradilar va ishlab chiqarishning yangi kuchlarini barpo etishadi. Isteʼmolchilar esa tejashga harakat qilishadi, masalan eski samarasiz mashinani yangisiga almashtirishadi. Demak, 8- chizmada koʻrsatilganidek, uzoq muddatli talab va taklif egri chizigʻi elastik hisoblanadi. Uzoq muddatda taklif egri chizigʻining S1 dan S2 ga oʻzgarishi narxning ozgina koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Bu tahlil nega faqatgina qisqa vaqt mobaynida OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishga erishganini koʻrsatadi. OPEK mamlakatlari neft ishlab chiqarishni qisqartirishga kelishishganda, ular taklif egri chizigʻini chap tomonga surishdi. OPEK mamlakatlarining har biri kam neft sotganligiga qaramasdan, ular narxni koʻtarib daromadlarini ham qisqa vaqtda oshirishdi. Uzoq muddatda esa, talab va taklif elastik boʻlganda, taklifning bir xil kamayishi taklif egri chizigʻini gorizontal tomonga surdi va narxda biroz oʻsish kuzatildi. Shunday qilib, uzoq muddatda taklifni qisqartirish kamroq foyda keltiradi. Kartel uzoq muddatdan koʻra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini oʻrgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |