Taklifning narx elastikligini hisoblash
Biz taklifning narx elastikligi haqida boshlangʻich ma’lumotga ega boʻldik, endi chuqurroq yondashamiz. Taklifning narx elastikligi taklif miqdorining foizdagi oʻzgarishini narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Taklifning narx elastikligi = .
Misol uchun, faraz qiling 1 qadoq sut narxi 2.85$ dan 3.15$ ga koʻtarilishi sutchi fermerlarning mahsuloti koʻpayishiga sabab boʻladi, oyiga 9000 qadoqdan 11000 ga qadoqqa.
Narxning foizdagi oʻzgarishi=(3.15- 2.85)/((2.85+3.15)/2)*100=10%;
Taklifning foizdagi oʻzgarishi=(11000- 9000)/((11000+9000)/2)*100=20%.
Bu vaziyatda taklifning narx elastikligi = ga teng. Bu koʻrsatkich taklif miqdori narxga nisbatan 2 marta oʻzgarganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |