4-§. O`quv bilish ishlari samaradorligini nazorat qilish metodlari.
Nazorat va o`z o`zini nazorat qilish metodlari guruhiga test og`zaki, yozma, labaratoriyaviy, amaliy, individual va frontal tematik nazorat metodlari va boshqalar kiradi.
O`qitish metodlarini tanlashda asosiy o`rin o`quv jarayondagi tushunchalar sistemasiga beriladi, bu tushunchalar sistemasi mohiyatini, ularning alohida tomonlarini yoki belgilarini ochish uchun bir birini to`ldirgan holda goh u usul, goh bu usul qo`llaniladi. Oqitish ulullarini tanlashga o`quvchilarning umumiy rivojlanish darajasi, psixologik va yosh xususiyatlari, ma'lum o`qitish usullaridan foydalanish imkoniyatlari, sinfning tayyorgarlik darajasi muhim ta'sir ko`rsatadi.
Odatda, usullarni tanlash va qollash amaliy tajribada qollaniladigan faktlar vas shart - sharoitlar bilan muvofiqlashtiriladi. Yani oqituvchining dastur materiali mazmuni, butun oqitish jarayonining tarbiyaviy maqsadga yonalganligi bilan tanish bolishi kerak.
Oqituvchining dars berishdagi salbiy va ijobiy tomonlarini hisobga olib uning dars berish usuli baholanishi kerak.
Agar oqituvchi oz bayonida zamonaviy texnologiyalardan, didaktik korsatmali qurollar vositalaridan foydalanib, oquvchilarning mantiqiy fikrlashlarini va matematik tasavvurlarini rivojlantirishni amalga oshirolsa, u usullarni tanlay olgan hisoblanadi. Usullarni tanlashda maktabdagi moddiy-texnik bazaning mavjudligiga bogliq. Yani xona, jihozlar, oqitishning texnik vositalari bolishi kerak.
Shuni takidlash kerakki, oqitish usulini tanlashdan oldin darsning oquv-tarbiyaviy maqsadlarini aniqlab olish, oquv materiali mazmunini oydinlashtirib olish, shuningdek, materialning alohida momentlariga kora formalarini aniqlab olish kerak.
5 -§. Programmalashtirilgan o`qitish.
O`quv materialning uncha katta bo`lmagan, mantiqan o`zaro bog`langan bilimlarini oz ichiga olgan va maxsus ishlangan topshiriqlar bo`yicha materialni o`rganish programmalashtirilgan o`qitish deyiladi. Har bir shunday bolimni o`rganish o`qituvchi yoki maxsus qurilma yordamida nazorat qilib turiladi. Nazorat natijalari darhol o`quvchilarga aytiladi: yo javobning to`g`riligi tasdiqlanadi, yoki xatolar tushuntirilib, ularni bartaraf qilish yo`llari ko`rsatiladi. Yangi topshiriqni o`rganishga o`tish uchun ruxsat har bir o`qiuvchiga alohida beriladi, bu har bir oquvchining oqishiga programmalashtirilgan holda yondashish imkonini beradi.
Programmalashtirilgan o`qitishning ayrim xususiyatlari odatdagi o`qitish usullarida ham mavjud. Masalan, materialni bayon qilishda mantiqiy izchillik, yangi material qanday o`zlashtirilganligini tekshirishda nazorat savollari, amallarni bajarish va masalalar yechish algoritmlaridan foydalanish va hokazo.
Boshlang`ich matematikaga oid metodik adabiyotda algoritmik buyruqlarni ko`pincha oquvchilar uchun «Xotira» deyiladi. Yuqori sinflar uchun matematikadan programmalashtirilgan o`quv - qo`llanmalari nashr qilingan. Boshlang`ich sinflarda hozirgi vaqtda ba'zi xil programmalashtirilgan topshiriqlardagina foydalanilmoqda. Misollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |