O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti Pedagogika fakultеti Boshlang`ich ta'lim metodikasi kafеdrasi


-§. O`quv – bilish faoliyatini rag`batlantirish metodlari



Download 12,33 Mb.
bet57/374
Sana04.07.2022
Hajmi12,33 Mb.
#739328
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   374
Bog'liq
2 5296572958125329659

3-§. O`quv – bilish faoliyatini rag`batlantirish metodlari


Rag`batlantirish va ta'limotni asoslash metodlari jumlasiga bilish xarakterdagi o`yinlar, o`qishda muvaffaqiyatli vaziyatlar yaratish, mukofotlash va boshqalarni kiritish mumkin. O`quv – bilish faoliyatini rag`batlantirish va o`quv predmetiga qiziqish uyg`otishda o`yin alohida ahamiyatga egadir.
Qiziqarlilik elementlarini, o`yinlarni o`quvchilarning jiddiy o`quv mehnati qatoriga qo`shish mumkin. Bu o’quvchilar ishini qayta tashkil qilish va o`quv ishini yanada unumliroq qilish imkonini beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin muhim ahamiyatga ega. O’yinlarga bo’lgan talab maktabdagi o’qishlarining dastlabki yillarida ham katta o’rinni oladi. Haqiqatda ham kichik maktab yoshdagi bolalarda o`yinlarga bo`lgan talab darajasi katta bo`lganligi sababli mavjud klassifikatsiyaga binoan O`yinlar ijodiy, harakatli, didaktik o`yinlarga bo`linadi.
Boshlang`ich ta'limda matematika o’qitishda o`rgatuvchi yoki didaktik o`yinlar deb ataluvchi o’yinlar muhim ahamiyatga ega. Bunday o`yinlar asosida o`quvchining masalani yechishga yo`naltirilgan bilish xarakterdagi mazmuni, aqliy va iroda kuchi, o’yinning borishini aniqlovchi harakat va o`yin qoidalari yotadi. Didaktik o`yinlarda fikrlashning asosiy jarayonlari – analiz, taqqoslash, xulosa chiqarish va hakoza rivojlantiriladi.
O’qitish jarayonida didaktik o’yinlarning ahamiyati shundaki, didaktik o`yinlar o`rgatish maqsadlarida o`ylab topiladi va o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga xizmat qiladi. O`yinlar vaqtida paydo bo`ladigan ijobiy his tuyg’ular o`quvchilar faoliyatini aktivlashtiradi, ularning erkli diqqatlarini, xotiralarini rivojlantiradi. O`yinda o’quvchilar o`zlari payqamaganlari holda juda ko`p matematik amallarni, mashqlarni bajaradilar, sanashni mashq qiladilar, to’plamlar va sonlarni taqqoslaydilar, masalalar yechadilar va hokazo o’quvchining diqqati o`yinga, o’yin maqsadlarini bajarishga qaratiladi, ammo u shu vaqtda matematik xarakterdagi qiyinchiliklarni bartaraf qiladi, bor bilimlarini yangi sharoitga o`tkazadi. Masalan:
o`qituvchi yosh iztoparlar shifrlangan xat topib olganliklarini, ularga bu shifrni ochishga yordamlashish kerakligini aytadi. Bu ishni berilgan bir ustun misollarni yechib, javoblarda chiqqan raqamlar o`rniga kerakli harflar qo`yilsa, bajarish mumkinligi aytiladi. O’quvchilar misollarni tez, qiziqib yechadilar. Ular aqalli bitta misolini noto`g`ri yechsalar ham, xat shifrini ocha olmasliklarini biladilar va mashqni yechishda kuchli emotsiya hosil bo`ladi. Bu ularni aktivlashtiradi, erkin diqqatlarini to`playdi, va o`zlashtirishda yangi natijalarga erishish imkonini beradi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematikadan miqdoriy, fazoviy tasavvurlarini rivojlantiruvchi ko`p miqdorda didaktik o`yinlar yaratilgan. Masalan, «Arifmetik loto», «Domino», «Doiraviy misollar», «Zinacha», «Jim», «Tirik raqamlar», kabilarni keltirish mumkin.
Matematik mazmunli o`yinlarni tanlashda ma'lum izchillika amal qilish muhimdir: qiyinroq matematik topshiriqli o`yinlardan oldin bu o`yinlarni o`tkazish uchun tayyorlaydigan soddarroq topshiriqli o`yinlar o`tkazilishi kerak.
Didaktik o`yinlarni o`tkazish metodikasi o`qituvchidan katta pedagogik mahorat talab etadi. Ya’ni didaktik o`yin bilan tanishtirish puxta o`ylangan bo`lishi kerak. Didaktik va metodik adabiyotlarda bilimga qiziqish orttiruvchi matematik o’yinlar va qiziqtirishlar ermakka aylanib qolmasligi va bu o’yinlar kichik yoshdagi o’quvchilarni muvoffaqiyatli o’qitish shartlaridan biri sifatida zarur ekanligi takidlanadi.
Boshlang’ich sinf matematika o’qitishda didaktik o’yinlardan foydalanish masalasi etarli darajada emas. Ammo didaktik o’yinlardan etarlicha foydalanish o’quvchilarning fikrlash qobliyatlarini va matematik tasavvurlarini rivojlantirishning katta imkoniyatlari mavjud.



Download 12,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish