A.150·4=15 onl · 4=60 onl=600 B.700·3=7 yuzl ·3=21 yuzl=2100 C.17000·5=17 mingl ·5=85 mingl=85000 D.Quyidagicha tushuntirishlar beriladi: 150 bu 15 ta o`n, 15 ni 4 ga ko`paytiramiz, 60 o`nlik chihadi yoki 600 Nollar ko`p bo`lganda hisoblashlarni osonlashtirish uchun ko`paytirish ustun shaklida yoziladi va ko`paytuvchilar bir-birining ostiga nollar chyetda qoladigan qilib yoziladi: E. bu bosqichda bir xonali sonlarni ko`p xonali sonlarga ko`paytirishda (3·234, 7·1035) ko`paytirishning o`rin almashtirish xossasidan foydalanish ko`rsatiladi.
Shundan keyin o`quvchilar turli o`lchov birliklarida ifodalangan ismli sonlarni bir xonali songa ko`paytirish usuli bilan tanishtiriladi. Son oldin bir xil ismli maydaroq birliklarda ifodalanadi, so`ngra hisoblashlar bajariladi va natija yirikroq birliklarda ifodalanadi:
Masalan: 7 t 234 kg· 4 =28 t 936 kg
35 sum 40 tiy · 4=141 sum 60 tiy.
7 t 234 kg =7234 kg
35 s om 40 tiy =3540 tiy.
Ko`p xonali sonni bir xonai songa yozma bo`lishni o`rganishga tayyorgarlik maqsadlarida dastlab bo`lish amali ma'nosini va uning ko`paytirish bilan bog`liqligini takrorlanadi. Masalan: -28 ni 7 ga bo`lish kerak. demak, 7 ga ko`paytirilganda 28 chihadigan sonni topish kerak. Bu soni - 4 ga teng. a:a=1, a:1=a, 0:a=0 hollari bilan birga o`quvchilar e'tiborini nolga bo`lish mumkin emasligiga haratish kerak.
81:27=3, 160:16=10, 360:3=120
Yozma bo`lishni mustahkam o`rganish uchun nomerlashga oid malakalar qaytariladi: har bir xona birligi sonini aytish (324 sonda 3 yuzlik, 2 o`nlik va 4 birlik bor), har bir xona birliklarining umumiy sonini aytish (623 sonida 623 ta birlik, 62 ta o`nlik, 6 yuzlik bor), sonning yuqori xona birligini aytish (yuzlik), bir xona birligini boshqa xona birligi bilan almashtira olish (6 yuz=60 o`nl).
Bir xonali songa yozma bo`lish algoritmini ongli o`zlashtirishda og`zaki bo`lish usullari o`rganiladi. Buning uchun yig`indini songa bo`lish qoidasi asos bo`lib xizmat qiladi. Bu qoida haqidagi bilimlar kengaytiriladi va umumlashtiriladi:
(6+15+21):3=42:3=14 (6+15+21):3=6:3+15:3+21:3=2+5+7=14
Bunday mashqlarni bajarganlaridan keyin o`quvchilar bo`linuvchilarni xona qo`shiluvchilarni xona qo`shiluvchilari yig`indisi shaklda ifodalanadi.
23546:2=(20000+3000+500+40+6):2=20000:2+3000:2+500:2+40:4+6:2=100
00+1500+250+20+3=11773 yoki 168:3(150+18):3=150:3+18:3=50+6=56
Shundan keyin bir xonali songa yozma bo`lish algoritmi o`zlashtiriladi: tushuntirishlar bilan bajariladi:
8 67 3
6 289
2 6
24
27
27
0
Bo`linuvchi 867, bo`luvchi 3 birinchi noto`la bo`linuvchi 8 yuzlik 8 yuzlikni 3 ga bo`lib yuzliklarga ega bo`lamiz, 2 ta yuzlik chiqadi. Uni bo`linmaga yozamiz va 3 ga ko`paytiramiz 6 yuzlik chiqadi. Uni 8 yuzliklar tagiga yozib ayiramiz 2 yuzlik chiqadigan qilib bo`lib bo`lmaydi. Demak 2 raqami to`g`ri tanlangan.
Ikkinchi noto`la bo`linuvchini hosil qilamiz. 2 yuzlik bu 20 o`nlik unga 6 o`nlikni qo`shamiz, 26 o`nlik hosil bo`ladi. Uni yozamiz. Bo`linmada nechta o`nlik bo`lishini aniqlaymiz. 26 o`nlikni 3 ga bo`lamiz 8 chiqadi. Nechta o`nlikni bo`lganimizni aniqlaymiz. 8 ni 3 ga ko`paytirib natijani (24) 26 ning tagiga yozib ayiramiz, 2 o`nlik qoladi, 2 o`nlikni 3 ga o`nliklar chiqadigan qilib bo`lib bo`lmaydi, demak 8 raqami to`g`ri tanlangan.
Uchinchi noto`la bo`linuvchini hosil qilamiz. 2 o`nlik bu birlik, unga 7 ni qo`shamiz, 27 birlik hosil bo`ladi. Bo`linmada nechta birlik bo`lishini aniqlaymiz. 27 birlikni 3 ga bo`lamiz, 9 hosil bo`ladi. Nechta birlikni bo`lganimizni aniqlaymiz 9 ni 3 ga ko`paytirsak 27 bo`ladi. Demak, hamma birliklarni bo`lamiz. Bo`linma 289. Tekshiramiz: 289·3=867
Shundan keyin mustahkamlash maqsadi birinchi noto`la bo`linuvchiga 2 ta raqam kiradigan va bo`linmada bo`linuvchidan bir xona kam son chiqadigan hollar (316:4) qaraladi.
Ayniqsa bo`linmaning o`rtasida yoki oxirida nollar paydo bo`ladigan hollarga alohida e'tibor berish kerak.
1 506 3 23240 4
1 5 502 20 5810
006 32
6 32
0 04
4
0
Keyinchali o`quvchilarga qisqa yozilishi bilan tanishtiriladi.
O`quvchilarni yozma bo`lish algoritmini o`zlashtirishlarini osonlashtirish uchun amallarni bajarish tartibi. Esdaliklardan foydalanish tavsiya qilinadi:
Misolni o`qi va yoz.
Birinchi noto`la bo`linuvchini ajrat, bo`linmaning yuqori xona va raqamlari sonini aniqla.
Bo`linmaning yuqori xonasi birligini topish uchun bo`lishni bajar.
Bu xonaning nechta birligi bo`linganini bilish uchun ko`paytirishni bajar.
Bu xonaning nechta birligini bo`lish kerakligini bilish uchun ayirishni bajar.
Bo`linmaning rahami to`g`ri tanlanganini tekshir.
7. Agar qoldiq qolsa, uni shu xonadan keyin keladigan xona birligi orqali ifodala va unga bo`linmaning shu xona birliklarini qo`sh.
8. Misolni yechib bo`lguncha bo`lishni shunday davom ettir.
9. Natijani tekshir.
Shundan keyin turli o`lchov birliklarida ifodalanadigan ismli sonlarni bir xonali songa bo`lish qaraladi. Bu holda ismli son bir xil nomli birliklarda ifodalanib, so`ngra hisoblash bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |