O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/159
Sana27.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#513096
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   159
Bog'liq
Технология фанини укитиш укитиш методикаси

 
 
 Nazorat savollari 
1. O`quvchilarga texnik modellashtirishni o`qitish. 
2. O`quvchilarga texnik masalalarni hal qilishni o`rgatish. 
3. O`quvchilarga konstruksiyalash elementlarini o`rgatish. 
4. Texnik mexnat ta’limining vazifalari nimadan iborat. 


12- Mavzu. Ijtimoiy foydali unumli mehnatni tashkil qilish uslubi 
Reja: 
1.
Ijtimoiy, foydali, unumli mehnatning mohiyati. 
2.
Ta’limni unumli mehnat bilan qo`shib olib borishning asosiy usullari 
3.
Ijtimoiy, foydali, unumli mehnatning tashkil etish shakllari 
 
Tayanch iboralar 
Kasb tavsifnomasi, Shartnoma, Rag’batlantirish uslubi, O’qitish uslubi, Ijtimoiy 
foydali unumli mehnat 
Yoshlarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlashni tubdan yaxshilash maqsadida 
umumta’lim maktabi oldiga o`z ishida ta’limni unumli mehnat bilan qo`shib olib borish 
prinsipin ni to`laroq amalga oshirish vazifasi qo`yilgan. 
Maktablarni isloh qilishning asosiy yo`nalishlarida o`quvchilarni unumli mehnatga 
jalb qilishning asosiy ikki yo`li belgilab berilgan: texnologiya ta’limi jarayonida va 1-4 sinf 
o`quvchilari uchun mo`ljallangan yangi o`kuv planida ko`zda tutilgan majburiy ijtimoiy-
foydali, unumli mehnat jarayonida. 
Bu yo`llar bir-biriga monandlansa, ta’limni, unumli mehnat bilan qo`shib olib borish 
eng samarali bo`ladi. Bu holda texnologiya ta’limidagi unumli mehnatga va o`quv 
programmasida ko`zda tutilgan unumli mehnatga ajratilgan vaqtlar birlashtiriladi, butun 
unumli mehnat esa o`quvchilar texnologiya ta’limida olgan bilim hamda o`quvlar zaminida 
tashkil qilinadi. Bunday mehnat malakaliroq, binobarin, o`quvchilar uchun qiziqarliroq va 
xalq xo`jalik korxonalari uchun mahsuldor bo`ladi. Oxirgi holni e’tiborga olmaslik mumkin 
emas. Eng yaxshi o`quv-ishlab chiqarish kombinatlari (UPQlar) ning ish tajribasidan 
ma’lumki» o`quvchilar har yili qiymati minglab so`mlar bilan o`lchanadigan mahsulot 
berishadi. Texnologiya ta’limiga ajratilgan vaqtni majburiy unumli mehnat hisobiga 
ko`paytirish umumta’lim maktabida kasb o`rgatish saviyasini ko`tarishga imkon beradi, bu 
esa umumiy pro fessional ta’lim sharoitida ham juda muhimdir. 
Biroq, texnologiya ta’limi va majburiy unumli mehnatni birlashtirishga sharoit hamma 
erda xam birdek emas. Masalan, o`quvchilar xizmat ko`rsatish sohasiga doir kasblarni 
(sotuvchilik, sartaroshlik va hokazo) o`rganadigan maktablarda buning imkoni yo`q. Bundan 
tashqari, mazkur maktabning o`quv-material bazasi etarli darajada bo`lmasligi mumkin. 
Bunday hollarda shunga harakat qilish kerakki, yuqorida aytib o`tilgan yo`llar mohiyati 
jihatidanturlicha bo`lsa ham, ammo albatta unumli mehnatga olib boradigan bo`lsin. 
Chunonchi, elektrotexnik kasbini o`rganayotgan VIII—XI sinf o`quvchilari majburiy unumli 
mehnat jarayonida konveyerda buyumlar yig’ish bilan shug’ullanishlari mumkin. Ma’lumki, 
elektrotexnik kasblar anchagina nazariy bilimlarni talab qiladi, shuning uchun ularga 
tayyorlash qat’iy belgilangan o`quv programmalari bo`yicha amalga oshiriladi. HolbO’qi, 
konveyerda hatto eng kam tayyorgarlikka ega bo`lgan o`quvchilarning ham qo`lidan 
keladigan oddiy mehnat operasiyalari etarlicha bo`ladi. Shunday o`quvchilarning unumli 
mehnatini tashkil qilish imkoniyati ta’minlanadi. 
Lekin bu variantni ham hamma erda amalga oshirish mumkin bo`lavermaydi. Bu 
holda o`quvchilar mehnat (kasb o`rgatish) ta’limi jarayonidagi unumli mehnat bilan bir 
qatorda ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilinadilar, bunday mehnatga o`z-o`ziga xizmat 
ko`rsatish, qariyalarga qarashish, xiyobon va parklarni tozalash va shu kabilar kiradi. 
Avval aytib o`tilganidek (II bobga qarang), unumli mehnat pedagogik jihatdan 
asoslangan rahbarlik bilan ta’minlanishi va maktabning ta’lim-tarbiyaviy maqsadlariga 
bo`ysindirilishi kerak. U qo`llanmaning birinchi qismida ko`rib chiqilgan mehnat
ta’limining prinsiplari, formalari va metodlariga muvofiq ravishda tashkil qilinadi. Unumli 


mehnat jarayonida maktabning, otaliqqa olgan korxonaning ehtiyojlari uchun yordam 
tariqasida buyumlar tayyorlanadigan bo`lsagina, bunday fikr so`zsiz haqqoniy bo`ladi. 
Maktablar, korxonalarning buyurtmalarini bajaradigan va shu asosda ular bilan iqtisodiy 
aloqalarga kirishadigan hollarda esa ba’zi xususiyatlar paydo bo`ladiki, ular ta’lim-tarbiya
jarayoniga va uni tashkil qilish shart-sharoitlariga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Bu xususiyatlar 
shu bilan bog’liqki, maktab korxona buyurtmalarini bajarar ekan, o`z zimmasiga muayyan
majburiyatlar oladi: mahsulot belgilangan muddatda tayyorlanishi va berilgan texnik 
shartlarga javob berishi, birinchi navbatda, muayyan, aniqlikda chiqishi shart. Gap V—VII 
sinf o`quvchilari haqida borganda, ularning texnikaga oid bilimlari hajmi katta emasligini va 
amaliy uquvlari saviyasi juda pastligini nazarda tutish zarur. Buyumlarning hatto 
nisbatan uncha katta bo`lmagan aniqligi ta’minlanishi uchun texnologik prosess mehnat 
operasiyalarini bajarishni osonlashtiradigan va mehnat unumdorligini oshiradigan moslamalar
bilan ta’minlanishi zarur. Shu sababli moslamalarni loyihalash va tayyorlash V—VII sinf 
o`quvchilari unumli mehnatining xarakterli xususiyatiga aylanmoqda. Bunda, odatda, bu 
ishga yuqori sinf o`quvchilari ham qo`shilishyapti. Shu asosda ular bilan o`rta bo`g’in 
o`quvchilari orasida ishlab chiqarish aloqalari yuzaga kelmoqdaki, ulardan tarbiyaviy 
maqsadlarda foydalanish mumkin. Ishlab chiqarish aloqalari unumli mexnat jarayonida V—
VII sinf o`quvchilarining o`zlari orasida ham o`rnatilishi mumkin. Bunga keng 
qo`llanilayotan mehnat taqsimoti yordam beradi. 
Baza korxonalar ko`pincha buyumlarning katta partiyalar tarzida ishlab 
chiqarilishidan manfaatdor bo`ladi. Shu munosabat bilan ularning o`zlari maktablar uchun
texnologik prosessning zamonaviy jihozlarini loyihalaydi va tayyorlab beradi. Bunday 
yordam maktablar uchun juda foydalidir, lekin u texnologiya ta’limi davomida loyihalashga
bo`lgan e’tiborning susayishiga olib kelmasligi lozim. 
Baza korxonaning buyurtmasiga muvofiq tashkil qilingan unumli mehnat uchun unga 
to`lanadigan haq xarakterlidir chunki u o`quvchilarning mehnat va iqtisodiy tarbiyasida 
muhim rol o`ynaydi. O`quvchilar mehnatiga haq amalda bajargan ishiga qarab to`lanadi. 
Ishlab topilgan pulning bir qismi o`quvchilarning qaroriga muvofiq maktab ixtiyoriga 
o`tkazilishi mumkin. 
Korxonaning buyurtmasi bilan tashkil qilinadigan unumli mehnat bevosita korxonada 
o`tkazilsa, uning xususiyatlari yaqqol namoyon bo`ladi. Buning sababi shundaki, o`quvchilar 
ishini tashkil qilish formalari turli-tuman bo`lishi mumkin: o`quvchilar mehnat qilib mustaqil 
topshiriqlarni bajarishadi yoki ishchi brigadalari sostavida ishlashadi. Korxonada unumli 
mehnat qilish jarayonida o`kuvchilar tayyorlaydigan buyumlar nomenklaturasi, odatda
maktabda ishlagandagidan torroq bo`ladi. Ishlab chiqarish manfaatlari nuqtai nazaridan buni 
batamom oqlash mumkin, chunki shu tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotning seriyaliligi 
ortadi va mehnat unumdorligi o`sishi uchun sharoit yaratiladi. Ammo o`qituvchi 
o`quvchilarning ishi haddan tashqari zerikarli bo`lib qolmasligi va o`quv 
programmasining bajarilishi haqida g’amxo`rlik qilishi kerak bo`ladi. 
Unumli mehnatni amalga oshirishning yuqorida ko`rib chiqilgan ikki asosiy yo`lidan 
tashqari, maktablarning ish tajribasida uchinchi yo`l ham mavjud bo`lib, bunda o`quvchilar 
uqishdan bo`sh vaqtlarda korxonalarda individual tarzda yoki mehnat birlashmalari sostavida 
ishlaydilar. Masalan, o`quvchilar yozgi ta’til vaqtida otpuskaga ketgan ishchilar o`rnida 
ishlashadi. Bu ayniqsa engil va oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun xosdir. 
Turli xil yosh gruppalaridagi o`quvchilarning unumli mehnatini tashkil qilishning 
asosiy bosqichlari va formalarini ko`rib chiqamiz. 
 
1998yil O’zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining qarorida umumiy o’rta 
ta’limning ta’lim dasturlari: o’quvchilarni muntazam bilim olishini, ularga bilim olish 
ehtiyojini rivojlanishini, asosiy o’quv ilmiy va umummadaniy bilimlarini takomillashtirishni 
o’quvchilarda mehnat ko’nikmalarini, mustaqil ijodiy fikrlash, kasb tanlashga, atrof olamga 
ongli munosabatni hosil qilishni, yO’qsak ma’naviy va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish 
masalalari qonunda o’z aksini topgan. 


Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quv rejasida texnologiya ta’liming o’rni. Umumiy 
o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida texnologiya ta’limi o’quv faniga 1-4 sinflardan 
haftasiga bir soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 sinflarda haftasiga bir soatdan 
hammasi bo’lib, 408 soat vaqt ajratilgan. 
O’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo’llantirishni yanada 
kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari yog’ochga, metalga va gazlamaga 
ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, badiiy mehnat texnologiyasi va mashina 
elektrlari yo’nalishlari bo’yicha bilim ko’nikma va malakalarni egallashlari ko’zda tutilgan. 
1-4sinflarda o’quvchilarning ijtimoiy estetik didi va dunyoqarashini kengaytiradigan, 
oilaviy hayot va turmushda kerak bo’ladigan yuqorida ko’rsatilgan o’quv kurslari 
o’quvchilarda milliy madaniyat va an’analariga mehr-muhabbat uyg’otadi. Kasb ta’limi 
yo’nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko’maklashadi. 
Texnologiya ta’limi va kasbga yo’naltirish ta’limi mazmuni quyidagi 5 ta 
yo’nalishlarga bo’linadi. 
1.
Plastilin bilan ishlash texnologiyasi. 
2.
Qog’oz bilan ishlash texnologiyasi. 
3.
Gazlama bilan ishlash texnologiyasi. 
4.
Metal bilan ishlash texnologiyasi. 
5.
Qishloq xo’jalik asoslari. 
Texnologiya ta’liming mazmuni va vazifalarini belgilashda 1999 yili ishlab chiqilgan 
o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlariga asosan ishlab chiqilgan. 
Texnologiya ta’limi bo’yicha Davlat ta’lim standartida umumiy o’rta ta’lim 
maktablarida texnologiya ta’limi va kasb tanlashga yo’naltirishning tayanch mazmuni hamda 
maktabni bitirgan o’quvchilarning texnologiya ta’limi fanidan tayyorgarlik darajasining 
me’yorlari ifodalanadi. 
Ushbu standart umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun texnologiya ta’limi fanidan 
o’quv dastur, o’quv metodik qullanma, darslik va boshqa rasmiy me’yoriy materiallarni ishlab 
chiqish, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun 
zarur bo’lgan me’yoriy hujjatdir. 
Texnologiya ta’limi fanining mazmuni shartli ravishda uchga, ya’ni texnologiya 
ta’limi tayyorgarligi, kasblar bo’yicha tayyorgarlik va kasbgacha maxsus tayyorgarlik 
qismlariga bo’linadi. Bu qismlar har bir dars va mashg’ulotlarning tarkibiga singib ketgan 
bo’lib, ularning o’qituvchilari va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazardan 
hisobga olingan holda tahlil qilib borilishi texnologiya ta’limi mashg’ulotlarning aniq 
maqsadga yo’naltirilgan bo’lishini ta’minlaydi. 
Texnologiya ta’liming yo’nalishlari maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-
hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalar, kasblarga muvofiq tanlab olinadi. Shunga ko’ra har 
bir maktabda texnologiya ta’liming quyidagi yo’nalishlari asos qilib olinishi mumkin: 
1-4sinflarda ushbu yo’nalishlardan ayrimlari tanlanadi va 8-9 sinflarda shu 
tanlangan yo’nalishlarga muvofiq holda ishlab chiqarish asoslari va 
kasbga yo’naltirish kursi o’qitiladi. 
Ushbu yo’nalishlarning har biri yuzasidan quyidagi bulimlar bo’yicha o’zaro 
uyg’unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko’nikmalari shakllantiriladi. 
1.
Materialshunoslik asoslari. 
2.
Asbob-uskunalar haqida ma’lumot va ishlatish usullari. 
3.
Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalarning umumiytuzilishi va ishlatish 
asoslari.
4.
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi. 
5.
Xalh hunarmadchiligi kasblari bo’yicha ma’lumotlar berish va o’zaro turdosh uchta 
kasb yo’nalishi bo’yicha kasbgacha tayyorgarlikni amalga oshirish. 
Bundan tashqari har bir asosiy yo’nalish bo’yicha uy-ro’zg’or madaniyat va unga 
tegishli ta’mirlash ishlarini bajarish ko’nikmalari shakllanib boradi. 


Har bir yo’nalish buyicha ishlatiladigan elektrotexnika vositalari, ulardan to’g’ri 
foydalanish hamda ta’mirlash asoslari o’rgatiladi. Har bir asosiy yo’nalish bo’yicha 
kompyuter texnikasidan foydalanish masalalari yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni berish 
ko’zda tutiladi. 
Har bir dars mazmuniga bog’liq holda iqtisodiy, huquqiy va ekologik bilimlar hamda 
xavfsizlik texnikasi qoidalari o’zaro uyg’unlashtirilgan holda o’rgatib boriladi. 
1-4sinflarda texnologiya ta’limi yo’nalishlarining hammasi uchun uyg’unlashtirilgan 
badiiy mehnat texnologiyasi va mashina elementlari mashg’ulotlari o’tkaziladi. Dasturda 
badiiy mehnat texnologiyasi mashg’ulotlari barcha yo’nalishlar uchun umumlashtirilgan 
holda berilgan, ulardan tegishli yo’nalishga doir mavzular o’qituvchi tomonidan ajratib 
olinishi lozim. 
Texnologiya ta’limi darslarida o’quvchilarda kasblar turlariga oid bilim, ko’nikma va 
malakalar maktab joylashgan hududdagi imkoniyat va ehtiyojlarni hisobga olgan hodda 
tanlanadigan kasblar asosida shakllantiriladi. 
Qishloq xo’jaligi mehnati ta’limi zaminida mashg’ulotlarning mazmuni asosan xalq 
hunarmandchiligi kasblari va yosh fermerlik yo’nalishida olib borilishi maqsadga muvofiq. 
Yirik sanoat ishlab chiqarishi rivojlangan hududlardagi maktablarda texnologiya ta’limi 
darslarida o’quvchilarni shu sanoat sohasiga oid zamonaviy kasblarga yo’naltirish 
imkoniyatlar yaratilishi lozim. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish