O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 6,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/96
Sana08.07.2022
Hajmi6,2 Mb.
#757830
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96
Bog'liq
avtomatika asoslari

 
 
Analiz qilishning potensiometrik usuli 
Potensiometrik usul muayyan indikator elektrodlar hosil qilgan EYuK ni 
o'lchash yo'li bilan ionlar konsentratsiyasini aniqlashga asoslangan. Bunda 
konsentratsiyani bevosita potensiallari farqini o'lchash bilan aniqlash mumkin. 
Texnologik tekshirishlarda eritma konsentratsiyasi, ko'pincha pH ning qiymati 
bo'yicha o'lchanadi. Agar pH<7 bo'lsa, kislotali; pH= 7 bo'lsa, neytral; pH>7 bo'lsa, 
ishqorli eritma bo'ladi. Avtomatik asboblarda pH ni o'lchash uchun elektr usuldan 
foydalaniladi. U tekshirilayotgan eritmaga botirilgan, shishadan tayyorlangan 
o'lchash elektrodining eritma pH qiymatiga ko’ra elektrod eritma chegarasida 
potensiallar farqini o'zgartirishiga asoslangan. Biroq, faqat bitta elektrod va eritma 
o'rtasidagi potensiallar farqini o'lchab bo'lmaydi, chunki o'lchash asosi ulanganida 
asbobni eritmaga ulaydigan o'tkazgich bilan eritma orasida ham potensiallar farqi 
hosil bo'lib, u ham eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasiga bog'lih, bo'ladi. 
Shu sababli elektrod potensiallarini o’lchashda ulchash elektrodi bilan bir qatorda 
yordamchi elektroddan ham foydalaniladi, uning potensiali o'zgarmas bo'lib, 
eritmaning xossalariga bog'liq. bo'lmaydi.
Yordamchi elektrod sifatida kalomel' yoki kumush xlorid qoplangan 
elektrodlar ishlatiladi. Har ikki elektrod gal'vanik element ho'osil hiladi. Suvli 
eritmalarga tatbih. etiladigan Nernst tenglamasiga ko'ra bunday gal'vanik 
elementining EYuK I, agar yordamchi elektrodning potensiali nolga teng bo'lsa, 
quyidagi ifodadan aniqlanadi: 
pH
F
RT
E
)
/
(
3
,
2


; (6.17.) 
bu erda: 
R- universal gaz doimiysi;


138 
T-eritmaning absolyut temperaturasi, K; 
F - Faradey soni. 
(6 17) tenglama shuni ko'rsatadiki, shisha elektrodning EYuK i eritmaning pH 
miqoriga va uning temperaturasiga bog'liq ekan. Eritmaning temperaturasi o'zgarmas 
bo'lganida shisha elektrodning EYuKi faqat eritmaning pH miqdori funksiyasidan 
iborat bo'ladi. Bu tenglamaga R,T va F ning son qiymatlarini qo'yib, 20°S uchun 
shisha elektrodning potensiali qiymatini (B hisobida) topamiz. 
pH
E
0581
,
0


(
6.18.) 
6.13- rasm. Shisha va elektrodlari bo’lgan pH metrning sxemasi 
6.13-rasmda tekshirilayotgan eritma 10 ga tushirilgan shisha 1 va kalomel' 
elektrodlar 7 dan foydalanilgan holda eritmaning pH miqdorini o’lchash sxemasi 
ko'rsatilgan. Ulardan hosil bo'lgan potensiallar farqi eritmaning pH miqdoriga 
proporsional bo'lib, potensiometr 4 bilan o'lchanadi. 
Shisha elektrod shisha naychadan iborat bo'lib, uchi elektrod shishasidan 
yasalgan yupqa devorli (0,1-0,2 mm) ichi kavak sharcha kavsharlab qo'yilgan. 
Sharchaga pH miqdori ma'lum bo'lgan eritma 3 to'ldirilgan bo'lib, eritmaga esa 
kumush xlorid qoplangan kontaktli yordamchi elektrod 2 botirilgan, u sharikning 
ichki sirtida potensiallar farqini olish uchun xizmat qiladi. Shisha elektrodlarning 
xususiyati shuchdan iboratki, ularning ichki elektr qarshiligi juda katta bo'lib, 20°S 
da 100-200 MOm ga yetadi.Kalomel' elektrod 7 dielektrikdan tayyorlangan 
korpusdan iborat, ichiga kimyoviy toza simob 5 to'ldirilgan bo'ladi. Uning ustida 
yomon eriydigan kalomel' pastasining qatlami 6, to'yintirilgan kaliy xlorid eritmasi 8 
joylashtirilgan. Elektr kontakt hosil qilish uchun kam o'tkazadigan to'siq, 9 
o'rHatilgan bo'lib, u orqali kaliy xlorid asta-sekin sizib o'tadi va bu bilan 
tekshirilayotgan eritmadan yordamchi elektrodga chet ionlar o'tib qolishining oldini 


139 
oladi. Shunday qilib, shisha va kalomel' elektrodlardan iborat pH-metrning elektr 
zanjiri ketma-ket ulangan elementlar qatoridan tashkil topgan bo'lib, ularning 
potensiali o'lchash asbobi qayd etadigan yig'indi EYuK ni beradi: 
x
E
E
E
E
E





3
2
1
(6.19.) 
Bu yerda: 
1
E
- kumush xlorid qoplangan kontaktli elektrod bilan xlorid kislota orasidagi 
potensialning sakrashi (keskin o'zgarishi); 
2
E
- xlorid kislota eritmasi bilan shisha elektrod sharigi ichki yuzasi o'rtasidagi 
potensialning sahrashi; 
3
E
-simob bilan kalomel' o'rtasidagi yordamchi elektroddagi potensialning 
sahrashi; 
x
E
- shisha elektrod sharigi tashqi sirti bilan tekshirilayotgan eritma 
o'rtasidagi potensialning shkalashi. 
1
E
,
2
E
,
3
E
kattaliklar nazorat qilinayotgan eritmaning tarkibiga bog'liq 
bo'lmaydi va faqat temperaturaga qarab o'zgaradi.
Shisha elektrod sharigining tashqi yuzasida xosil bo'ladigan elektr yurituvchi 
kuch
x
E
eritmaning pH miqdori va temperaturasi bilan aniqlanadi hamda (6.18) 
tenglama bilan hisoblanishi mumkin. Binobarin, pH-metr elektr zanjirining yig'indi 
EYuKi ma'lum temperatura uchun tekshirilayotgan eritmadagi vodorod ionlari 
aktivligining funksiyasidan iboratdir.
Sanoat pH- metrlarida o'lchash elektrodi va yordamchi elektrod bitta korpusda 
joylashtiriladi va sigimlarda o'rnatiladigan, botirib quyiladigan datchiklar tarzida yoki 
quvurlarda o'rnatiladigan, oqar suvda turadigan datchik tarzida tayyorlanadi. pH 
zanjirning EYuK ini o'lchashda odatda kirish qarshiligi katta bo'lgan avtomatik 
potensiometrlardan foydalaniladi, ularning shkalasi pH birliklarida darajalanadi. 
Tekshirilayotgan eritmalarning temperaturasi keng chegaralarda o'zgarib turganida 
o'lchash sistemasida eritma temperaturalarining o'zgarib turishini avtomatik 
kompensatsiyalovchi qurilma bo'lishi kerak. 
Asbobsozlik sanoatida ishlab chihariladigan pH metrlarning eng ko'p tarqalgan 
turlariga pH-201 va pH-261 xillari kiradi. Ularning o'lchash o’zgartkichlari 
o'zgarmas kuchlanish bo'yicha- 0-50 mV va tok bo'yicha 0-5 mA chiqish signallariga 
ega bo'ladi. Bu esa ularning avtomatik potensiometrlar, nazorat qilish va rostlash 
qurilmalari bilan birgalikda ishlashga imkon beradi. 

Download 6,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish