О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet346/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________

44-mavzu: XX asr – XXI asr boshlarida adabiyot va san’at
Reja:

  1. 20—40-yillar adabiyoti;

  2. Demokratiya, tinchlik va ozodlik uchun kurash;

  3. XX asr ikkinchi yarmi adabiyoti

  4. She’riyat, tasviriy san’at, kin ova musiqa;


20—40-yillar adabiyoti
Birinchi jahon urushi va uning dahshatli oqibat-lari tushkunlik kayfiyatini ham tug'dirdi. Bu hoi 20-yillar adabiyotida o'z ifodasini topdi ham. Dekadentlarning asarlari yoki umidsizlik ruhi bilan sug'orilgan, yo bo'Imasa, kitobxonni real voqelikdan, zamonning o4kir masalalaridan butunlay uzoqlashib ketgan xayoliy olamga chorlaydigan asarlar paydo bo'ldi. Bunday asarlar kishilarni davr bilan hamnafas bo'lishdan chalg'itadi. Avstriya yozuvchisi Frans Kafka (1883—1924) dekadentlikning tipik namoyandasi edi. Biroq tushkunlikka tushgan inson hayotdan butunlay voz kechgan emas. Hatto, urushda majruh bo'lgan va jirkanch jamiyatdan yuz o'girgan jangchi ham o'z insoniy qadr-qimmatini qanday bo'lmasin saqlab qolishga intilgan. Chunonchi, nemis yozuvchisi E. Remarkning (1898—1970) «Uch o'rtoq» romani qahramonlari najot yo'lini frontdagi do'stlikka sadoqatdan izlagan-lar. Anri Barbyusning (1873—1935) ajoyib asari «ОЧ. Bir vzvodning kundaligi» birinchi jahon urushi okoplarida yozilgan edi. Bu roman urush dahshatlarini tasvirlabgina qolmasdan, odamlar urushni qanday yenganliklari haqida ham hikoya qiladi.
Yoki ingliz yozuvchisi R. Oldingtonning asari («Hamma odamlar — dushman») qahramoni bu bema'ni dunyodan voz kechib, o'zi sevgan ayol bilan xayoliy Ea orolida yashirinib bo'lsa-da hayot kechirish orzusi bilan yashagan.
20-yillardagi tushkunlik kayfiyati, hatto, E. Xemingueydek (1899—1961) shijoatli yozuvchini ham chetlab o'tmagan. U ham umidsizlikka tushgan. Shu yillardagi asarlarining qahramonlarini o'sha davr adovatli dunyosidan qutulish yo'lini behuda izlayotgan kishilar obrazi tashkil etgan.
Biroq ijoddagi tushkunlik kayfiyati uzoq davom etmagan. Yevropada fashizmning chuqur ildiz otishi, uning yangi jahon urushi manbayiga aylanishi mumkinligi taraqqiyparvar yozuvchilar ijodini bu xavfning oldini olish haqida bong urishga qaratgan. Bu borada ham yuqorida nomlari qayd etilgan uch mashhur yozuvchining asarlari muhim rol o'ynagan. Ular fashizm insoniyatni yangi qirg'inbarot urush girdobiga tortishi mum-kinligini oldindan sezganlar.
1929-yilda R. Oldingtonning «Qahra-monning o'limi», E. emarkning «G'arbiy frontda o'zgarish yo'q», E. Xemingueyning «Alvido, qurol» romanlari chop etilgan. Bu romanlar tez orada shuhrat qozongan.
Mualliflar urushning qonli va g'ayriinso-niy mohiyatini zo'r mahorat bilan tasvirla-ganlar. Ayni paytda hukmron doiralarning muttahamligi, ikki yuzlamachiligini fosh et- ganlar. Romen Rollanning (1866—1944) «Maftun bo'lgan qalb» romanida fashizmning haqiqiy basharasi ochib tashlangan.
1935-yilda Parij shahrida dunyo yozuvchilarining madaniyatni himoya qilishga bag'ishlangan butun jahon birinchi kongressi o'tkazildi. Ikkinchi kongress 1937-yilda fashizmga qarshi kurashayotgan Ispaniyada o'tkazildi.
30-yillar adabiyoti jamiyatning chirkin illatlarini fosh etish bilan ham sezilib turadi. Bu o'rinda Amerika yozuvchisi J. Steynbekning (1902—1968) 1939-yilda nashr etilgan «G'azab shingillari» romani katta shuhrat qozondi.
Jahon iqtisodiy inqirozi amerika jamiyatining barcha salbiy tomonlarini ochib tashladi. Chunonchi, J. Steynbek xalqning yirik kompaniyalar tomonidan talanishini, boylar va kambag'allarni ajratgan tubsiz jarlikni, inqiroz titratgan amerika jamiyatining barcha tabaqalari vakillariga xos xarakterlarni zo'r mahorat bilan tasvirlagan. J. Steynbek romanining 1962-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lganligi bejiz emas.
Ikkinchi jahon urushi tobora shiddat bilan yaqinlashmoqda edi. Fashizmning vahshiyligini birinchi bo'lib ispan xalqi o'z achchiq tajribasida sinab ko'rdi. XX asrning mashhur dramaturgi Bertold Brext (1898—1956) «Kuraj momo va lining farzandlari» pyesasida (1938) fashizm manbalarini ochib berdi va munofiqlik falsafasini fosh qildi. Fashistlar Brext kitoblarini yondirib tashladi. O'zi chet ellarga muhojirlikka ketdi.
Jahonning mashhur yozuvchilari fashizmga qarshi kurashganlar haqida asarlar bitdilar. Shulardan biri, har yerda hoziru-nozir E. Xeminguey edi. U Ispaniya fojiasini tinchlik va demokratiya uchun kurashning boshlanishi deb bilgan. Uning ispan xalqining fashizmga qarshi mardonavor kurashiga bag'ishlangan romani «Qo'ng'iroq kimning motamini kuylayotir» deb ataladi. Bu roman 1940-yilda nashr etildi. Roman ayni paytda fashizmga qarshi jang qilish uchun Ispaniyaga ko'ngilli bo'lib jo'nab ketgan yosh amerikalik fuqarolar haqida ham hikoya qiladi. AQSH rasmiy hukumati Ispaniya voqealariga aralashmasdan chetda turgan bir paytda bu yoshlarning Ispaniyaga borishi va antifashist kuchlar safida fashizmga qarshi kurashi katta jasorat edi.
Ispaniya urushining o'ziga xos bir jihati — bu, unda taraqqiyparvar ziyolilarning ham ishtirok etganligida edi. Ular Ispaniya misolida fashizmning mohiyatini anglab yetdilar.
Italiya va Germaniyada fashizmning g'alabasiga ayrim yozuvchilar bardosh bera olmadilar. Chunonchi, mashhur yozuvchi Stefan Sveyg (1881 — 1942) o'z joniga qasd qildi.
Lekin hamma ham bu yo'lni tanlamagan. Aksincha, ular ishonchni yo'qotmasdan fashizmga qarshi kurashchilar safiga qo'shilganlar. Ular uchun fashizmga qarshi kurash Yevropa madaniyatini saqlab qolish vositasi edi. Ozodlik, insonparvarlik va demokratiyaga intilish esa ular hayoti va ijodining ma'nosiga aylandi.


Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish