96
Bunda bemor a`zolarini noqulay sharoitlar : ho`l, tor poyafzal, holdan toyish paytida gradus da
va hatto undan past haroratda sovuq urishi mumkin. Kupincha qul va oyoq barmoqlari, quloq
burun sovuq uradi.
Sovuq urishning 4 darajasi farq qilinadi:
1 darajasi terining oqarishi va sezuvchanligining yuqolishi bilan xarakterlanadi. bemor
isitilganidan keyin terisining shu qismi kukimtir – qizil bo`lib qoladi, ozgina shishadi va
og`riydi . Sog`yishdan oldin odam sovuqqa sezgir bulib qoaldi, ba`zan terining kukimtir rangi
saqlanib qoladi.
2 – darajasiga qon aylanishining birmuncha chuqur buzilishi kuzatilib, keyinroq tiniq suyuqlik
bilan tulgan pufakchalar hosil buladi. Pufaklar atrofida teri kukimtir - qizil tusga kiradi.
Infeksiya tushmasa urta hisobda 2 hafta ichida tuzaladi.
3- darajasida teri va uning ostidagi tuqimalar irib, nekrozlanadi. Jonsizlanish gemmoragik
suyuqlik bilan tulgan yumshoq pufaklar hosil bulishi ifodalanadi. Bu pufaklar pustloq paydo
bulishiga olib keladi. Kupincha unga yiringlanish qushiladi. Nobud bulgan tuqimalar kuchib
tushgandan keyin ularnign urnida granulyatsiyalar yuzaga kelib, chandiqlanish va epitelizatsiya
boshlanadi. Kasallik – 1-2 oy ichida tuzaladi.
4 darajasi nekroz chuqur joylashgan tuqimalar, shu jumladan suyaklarni ham qamrab oladi.
GAvdaning shikastlangan qismi tuq kukimtir rangga, qoramtir suyuqlik bilan tula pufaklar bilan
qoplanadi. Odatda pufaklar sovuq urishidan 2 hafta keyin paydo buladi (ikkilamchi pufaklar)
Demarkatsiya chizig`I asta- sekin kurinadi va unchalik yaqqol sezilmaydi. Sovuq urgan sohada
sezuvchanlikning hamma turi yuqoladi. Keyinroq shikastlangan qism qurib, kuchib tushadi va
urnida chandiq hosil bo`ladi.Sovuq urishda bemorning umumiy ahvoli uning darajasiga bog`liq
bo`ladi. Sovuq urishining dastlabki 2 darajasida bemoerning umumiy ahvoli unchalik yomon
emas keyingi darajalarida toksemiya va infeksiya qushilishiga bog`liq holdagi klinikasi
namoyon bo`ladi.(yuqori harorat, xolsizlik , ishtaha yuqolishi).
BIRINCHI TIBBIY YORDAM VA DAVOSI.
bemor issiq xoanga yotqiziladi ,unga issiq choy, alkogolli ichimliklar , yurak faoliyatini
yahshilovchi dorilar va og`riq qoldiruvchi vositalar beriladi, bemorni vannaga tushiirib, suv
haroratini 18-20 gr.dan boshlab asta- srekin 37 gacga oshiriladi. Bemorni vannnada qon
ta`minoti yahshilanguncha qadar ehtiyotlik bilan massaj qilish kerak. oyoq yoki qul terisi spirt
bilan artiladi va qalin doka qavatli aseptic bog`lam quyiladi. terining sovuq olgan sohasini qor
bilan uqalash tavsiya etilmaydi, mayday muz parchalari shikast etkazishi va infeksiya
tushishiga sabab bulishi mumkin.
Sovuq urishinig 1 –darajasiga 1 yordam tadbiralrining uzi kifoya qiladi. 2- darajasida esa
pufaklar olinadi va aseptic yoki muzli bog`lam quyiladi, 5-7 kun utkach fizioterapevtik
muolajalar qullaniladi. 3-4 darajasida shish va zaharlanishni kamaytirish uchun ba`zan
nekrotomiya va nekroektomiya utkaziladi: nekrozlangan tuqimalar umuman olibtashlanadi, qul
– oyoqlar amputatsiya qilinadi.
MUZLASH organizmga past harorat umumiy ta`sir qilishi natijasida sodir bo`ladi. Bunda hayot
uchun muhim a`zolarda chuqur, qaytmas uzgarishlar sodir buladiki, bular ulimga olib kelishi
mumin. Shikastlangan kishi bushashadi, junjiydi, charchaydi uyqudan boshini kutara olmaydi.
Puls sekinlashadi, nafas yuzaki bo`lib qoaldi.
QALTIRASH urtahca past haroratda uzoq vaqtgacga bir nehca marta ta`sir qilishi natijasida
paydo buladi. Ko`pincha oyoq va qul panjasi qaltiraydi. urush davrida bunday hodisalar
askarlarda kuzatilganda bu- “transheya oyoq panjasi”deb nom olgan.Bunda terida tuq qizil
tusga kiradigan yoki kukimtir qizil dog`lar paydo buladi. teri sal shihsadi, qichishadi, achishadi
va oz- moz bezillab og`riydi.’
Sovuq urishini umumiy davoalshda yuqoti kallotiyali, oqsillar va vitaminlarga boy ovqatlar
buyurish za5urr. Infeksiyaga qarshi kurashish uchun antibiotiklar qullaniladi. toksilozni
lkamaytirish uchun qon, qon urnini bosadigan suyuqliklar quyish, ko`p syuqlik ichirish tavsiya
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: