17.1-rasm. 25 va 75OC haroratdagi NH3 – H3PO4 – H2O sistemadagi eruvchanlik izotermasi.
17.2-rasm. 25OC haroratdagi NH4H2PO4 – (NH4)2HPO4 – H2O sistemadagi eruvchanlik izotermasi.
Mono- va diammoniyfosfatlarning gigroskopikligi kamdir. 50OC dagi NH4H2PO4 ning gigroskopiklik nuqtasi 88% ga, 15OC da esa – 97% ga tengdir (texnik mahsulotlarda qo‘shimchalarning ishtirok etishi uning gigroskopikligini oshiradi).
Ammoniy fosfatlari qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida keng qo‘llaniladi. Ular yuqori konsentratsiyali ballastsiz o‘g‘itlar hisoblanadi va tarkibida ikkita asosiy ozuqa elementlari – suvda eruvchan shakldagi azot va fosfor tutadi.
Toza monoammoniyfosfatda 12,2% N va 61,7% P2O5 (jami 73,9%),
diammoniyfosfatda – 21,2% N va 53,8% P2O5 (75,0%) bo‘ladi. Diammoniyfosfatda ozuqa moddalarining N:P2O5 massa nisbati (1:2,5) monoammoniyfosfatdagiga nisbatan (1:5,1) ancha maqbul bo‘ladi.
Ammoniyli-fosfatli o‘g‘itlardan ammofos – oz miqdordagi (~10%) diammoniyfosfat qo‘shimchasi bo‘lgan monoammoniyfosfat ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi.
Davlat standartlari (DAST 18918-85) talablariga muvofiq, donadorlangan ammofos ikki xil markada: A – apatit konsentratidan va B
– fosforitdan olingan ekstraksion fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash natijasida ishlab chiqariladi. A markali oliy va 1-sifat kategoriyali va B markali oliy va 1-sifat kategoriyali mahsulotlar tarkibida, muvofiq ravishda: 52 va 50 1% dan kam bo‘lmagan, 44 va 42 1% dan kam bo‘lmagan P2O5o‘zl.; 48, 46, 34 va 32% P2O5s.e.; 121, 121, 111 va 101% N va 1% dan ko‘p bo‘lmagan H2O bo‘ladi. O‘lchamlari 1-4 mm bo‘lgan donachalarning ulushi oliy navda 95% dan va birinchi navda 90% dan kam bo‘lmasligi kerak. Ammofosdagi N:P2O5 nisbati ~1:4 ga tengdir.
Tarkibida diammoniyfosfat va fosfat kislotadan o‘tadigan qo‘shimchalari bo‘lgan azot bo‘yicha nisbatan konsentrlangan o‘g‘it – diammofos ham ishlab chiqariladi. Agar diammofos ishlab chiqarish uchun apatit konsentratidan olingan ekstraksion fosfat kislota ishlatilsa, bunda mahsulot tarkibida: 481% P2O5o‘zl., 18% dan kam bo‘lmagan N va 1,5% dan ko‘p bo‘lmagan H2O bo‘ladi. N:P2O5 nisbati katta bo‘lgan o‘g‘it ishlab chiqarish uchun ammofos va diammofosga azotli o‘g‘itlar – ammoniy nitrat yoki karbamid qo‘shiladi.
Termik yoki tozalangan ekstraksion fosfat kislotadan olinadigan diammoniyfosfat hayvonlar ozuqasi uchun ishlatiladi. Ammoniy fosfatlari, shuningdek, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida ham ishlatiladi; ular antipirenlar sifatida va qurilish materiallarining yong‘inga bardoshliligini oshirish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |