O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Kurol-aslaha va texnikalardan foydalanishga shaxsiy tarkibni kiritish tartibi



Download 2,02 Mb.
bet8/25
Sana22.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#692181
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
« JANGOVAR TEXNIKALAR PARKI VA ULARNI JIHOZLARI. JANGOVAR TEXNIKALAR PARKDA BTR-80GA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH TURLARI MAVZUSIDA BO‘YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYASINING

Kurol-aslaha va texnikalardan foydalanishga shaxsiy tarkibni kiritish tartibi
Texnika va qurol-aslahalar biriktirilgan shaxsiy tarkib tomonidan foydalaniladi. Ekipaj (haydovchi va mexanik-haydovchi) qoida bo‘yicha xizmat boshidan oxirigacha bitta mashinada xizmatini o‘tashi lozim. Mexanik-haydovchilar mahoratini oshirish uchun vaqti-vaqti bilan jangovar mashinalarning haydovchilarini, o‘quv jangovar, saf guruxi haydovchilarini o‘quv saf guruxi mashinalariga o‘tkazish tavsiya etiladi.
Ekipajlarni almashtirish qism komandiri buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Ekipajlarga yangi texniklarni vzvod komandiri saf oldida topshiradi. Agar bu almashishi vzvodni ichida bo‘lsa, bunga bo‘linma komandiri boshchilik qiladi. Qism ichida texnika va qurol-aslahalarni topshirish qism komandiri buyrug‘i bilan amalga oshiriladi, bunda qoida bo‘yicha namuna bilan biriktirilgan shaxsiy tarkib ham topshiriladi. Agar ekipaj akzolaridan birortasi vaqtinchalik almashtirilsa, bu buyruq bilan qayd etiladi. Mashinani yangi ekipaj akzolariga vzvod komandiri tomonidan bo‘linma safi oldida topshiriladi. Mashinalardan foydalanish, ularga biriktirilgan ekipajlar tomonidan amalga oshiriladi. Mexanik-haydovchi (haydovchilar)ning vaqtincha almashtirish, o‘sha turdagi mashinani haydash guvohnomasiga ega bo‘lgan boshqa haydovchi tomonidan bajariladi, bu haqda qism bo‘yicha buyruqda qayd etiladi. Mashinalarni mustaqil boshqarishga, uni tuzilishini, foydalanish qoidalarini yaxshi biladigan, shu turdagi mashinani haydash guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslargagina ruxsat etiladi.
O‘quv-qismlarda taklim olgan mexanik-haydovchilarga mashinalarni mustaqil boshqarishga, maxsus yig‘inlardan o‘tgachgina ruxsat etiladi. Yig‘inda ularning foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish va amaliy haydash bilimlari sinab ko‘riladi. Agar vaziyat toqozo etsa janga, marshga chiqqan mashina mexanik-haydovchisi o‘rniga (ekipaj akzolaridan) shu turdagi mashinani haydash guvohnomasiga ega bo‘lgan akzolaridan birini qo‘yish mumkin. Jangovar holatda esa bo‘linma yoki mashina komandiri buyrugiga binoan, mashinani haydashni biladigan biror harbiy xizmatchi bilan almashtirish mumkin. Haydash malakasiga ega bo‘lgan ofitserlar mashinalarni komandir tayyorgarlik tizimibo‘yicha mashinalarni haydash mashg‘ulotlarida, o‘quvchilarni tayyorlashda va mashinalarni sinab ko‘rish paytlarida haydashlari mumkin.
Kurol - aslaha va texnikalarga yagona kompleks texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning tushunchasi Qurol va harbiy texnikalarga yagona kompleks texnik xizmat ko‘rsatish va takmirlash reja-ogohlantirish yo‘sinida olib boriladi. Bu majburiy ravishda namunalardan foydalanish muddatlari, texnik zaxiralari hisobga olingan holda texnik xizmat ko‘rsatish va takmirlash ishlari o‘tkaziladi.
haftalik;
-oylik;
-kvartallik (chorakli);
-yillik;
-qayta konservatsiyalangan bo‘yicha;
-yurgizib tekshirish va konservatsiyalangan;
-reglament ishlar g) Tamirlash:
-joriy takmirlash;
-o‘rta takmirlash;
-kapital takmirlash;
-reglament takmirlash.
Texnika va qurol-aslahalar, quruqlikdagi qo‘shinning asosiy jangovar qudratini tashkil etadi va quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • raketa-artilleriya qurol-aslahalariga;

  • zirhli tank va texnikalar va qurol aslahalari;

  • avtomobil texnikalariga;

  • muxandislik qurol vositalariga;

  • kimyoviy qurol-aslahalar va himoya vositalariga;

  • aloqa texnikalari va qo‘shinni avtomatik boshqaruv tizimiga;

  • aviatsiya texnikalariga;

  • topografiya texnikalari, tashviqot o‘tkazish va meteriologiya texnikalariga.

Harbiy texnika buyumlariga – agregatlar, asboblar, ehtiyot qismlari, elektr jixozlari, avtomobil shinalari va rezina texnik buyumlari, uskunalar, asbob-anjomlar, foydalanish moslamalari, texnika va qurollarni tashish va takmirlash va foydalanish uchun asbob-anjomlar, to‘siqlardan o‘tish va razvedka vositalari, nikoblash, dala suv takminot, elektr yoritgichlar, (shansevoy) mehnat asboblari, shaxsiy tarkibga mashina haydashni o‘rgatish uchun o‘quv-mashg‘ulot vositalari kiradi.
Brigada texnik xizmatilari – qurol-aslahalar va texnikalardan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish uchun va harbiy texnik anjomlar bilan takminlashga javobgardir va ularga:

  • zirhli tank xizmati;.

- muxandislik va aloqa xizmati;

  • raketa artilleriya qurollari xizmati;

  • avtomobil xizmati;

Texnik xizmatlar boshqaruvini qism komandiri, qism komandirining qurol-aslahalar bo‘yicha o‘rinbosari va O‘zR QK ichki xizmat nizomida o‘rnatilgan xuquq va majburiyatga ega xizmat boshliqlari amalga oshiradi. Raketa artilleriya, avtomobil, zirhli tank texnikalari xizmati boshliqlari qism komandirining qurol-aslahalar bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysinadilar.
Brigada xizmatlari texnika va qurollar, harbiy texnika anjomlardan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha quyidagilarga majbur:brigada bo‘linmalarida qurollar va mashinalarning texnik holati hisobi to‘g‘risida doimiy aniq va ishonchli hisob-kitobni yuritishi;

  • qurol-aslahalar va texnikalarni takmirlash, saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish, texnik to‘g‘ri foydalanishni tashkil etishda bo‘linma komandirlariga yordam berishi;

  • aloqa vositalari va optikalar, qurol-aslahalar, texnikalarni joriy remonti, parklar qurilishi va jixozlanishi, texnik xizmat ko‘rsatish xonalarining jixozlanishi bo‘yicha ishlarni boshqarishi;

  • qurol-aslahalar va texnikalar bilan bulgan xodisalarning chiqish sabablarini o‘rganishi va ularni oldini olish bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi;

  • brigada artilleriya ustaxonasi va aloqa ustaxonasi, texnikxizmat ko‘rsatish va takmirlash punktining ishlab chiqarish imkoniyatlari va ahvolini bilishi, ularning ishlarini boshqarishi;

  • brigada bo‘linmalarida, harbiy texnik anjomlardan foydalanishni va saqlashni tekshirishi, aloqa xizmati va raketa artilleriya qurol-aslahalari ombori xizmati, avtomobil, zirhli texnikalar anjomlari omborlarining ishini boshqarishi, harbiy texnik anjomlarni o‘z vaqtida talab qilishi, olishi va tarqatishi;

  • bo‘linma komandirlariga foydalanish muddati tugashi bilan yaroksiz holga kelgan harbiy texnik anjomlarni hisobdan chiqarishda, bo‘linmalar shaxsiy tarkibi aybi bilan, erta safdan chiqqan anjomlar texnik ahvoli to‘g‘risidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda bo‘linma komandirlariga yordam berishi.

Zirhli tank qurollariga tanklar; piyodalar jangovar mashinasi (BMP-2); bronetransporter (BTR-80); zirhli razved dozor mashina (BRDM); boshqa qurollarni o‘rnatish uchun ularni bazalari kiradi.
Zirhli texnikalarga kiradi: tank shataklari; zirhli takmirlash va evakuatsiya mashinalari; zirhli tank va avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish va takmirlash ko‘chma vositalar.
Mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan zirhli tank texnika va qurollaridan foydalanish quyidagi guruxlarga bo‘linadi.
Zirhli qurol texnikalari:
- jangovar gurux;
- o‘quv jangovar gurux;
Zirhli tank texnikalar:
- saf guruxi;
- o‘quv saf guruxi;
- transport guruxi.



Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish