Mashg’ulotni to’g’ri tashkil etish.
Nutq o’stirish bo’yicha
mashg’ulotlar to’g’ri sharoitlarda tashkil etilishi mumkin. Ko’proq nutq
o’stirish mashg’ulotlari guruh xonasida o’tkaziladi. Shuningdek,
qo’g’irchoq teatri, kinofilmlar, harakatli o’yinlar va boshqa
mashto’lotlar zalda o’tkaziladi. Yilning issiq kunlarida mashg’ulotlar
guruh maydonchasida, peshayvonda ham o’tkazilishi mumkin. Nutq
o’stirish mashg’ulotlari va boshqa mashg’ulotlarda quyidagi gigienik
sharoitlarga amal qilish lozim: yorug’lik yetarli darajada bo’lishi kerak.
Bolalarning va tarbiyachining doimiy o’tiradigan joyi bo’lishi, bolalar
stol atrofida o’tirishganda tarbiyachini aniq, ko’rib turishlari, bolalar
tarbiyachiga, tarbiyachi esa bolalarga qarab o’tirishi kerak. Guruh
xonasining havosi doimo yangilanib turishi lozim.
28
Mashg’ulotda harakatlanuvchi, mayda predmetlar, shuningdek,
loto o’yini vaqtida predmetlar bilan mashq qilishda, akvariumdagi
baliqni, qafasdagi qushni va hokazolarni kuzatishda bolalar doira
shaklida o’tirishadi, tarbiyachi esa bolalar o’rtasida o’tiradi. Mashg’ulot
vaqtidagi muhit estetik talablarga javob berishi lozim.
Mashg’ulot natijalarini hisobga olish
.
Bolalar bilimi
mashg’ulot jarayonining o’zida e'tiborga olib boriladi. Tarbiyachi
mashg’ulot vaqtida bola nutqini kuzatib, uning javobini hisobga olib
boruvchi daftarga belgilab qo’yadi. Ayniqsa, dasturning murakkab
bo’limi hisoblangan hikoya qilishga o’rgatish bo’yicha bolalarning
javoblarini kundalikka yozib boradi. Buni hisobga olib borish tarbiyachi
uchun kelgusi ish vazifalarini belgilab olishda yordam beradi.
O’tilgan materialni mustahkamlash
.
Bu talab-jarayon
takrorlash asosida amalga oshiriladi. Bola mashg’ulot jarayonida yangi
o’rgangan xatti-harakat va ko’nikmani egallashga da’vat etiladi va
malaka hosil qilinadi. Bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha olib
boriladigan ish jarayonida murakkab aqliy ko’nikma va malakalar hosil
bo’ladi. Shuni hisobga olish kerakki, mashg’ulotlarda, eng avvalo,
dasturdagi asosiy talablar (sanashga o’rgatish, musiqa tinglash, rasm
chizish, ko’rish-yasash va hokazo) amalga oshiriladi, shuningdek,
nutqiy ko’nikma va malakalar ham shakllantirib boriladi.
O’yin bolalar nutqining rivojlanishi va boyishiga yordam beruvchi
muhim vosita hisoblanadi. Har bir o’yin turi alohida ahamiyatga ega.
Rolli o’yinlar ma'lum bir sohaga oid so’zlarni o’zlashtirishga, o’z fikrini
mustaqil ravishda bayon etishga o’rgatadi. Kasbga taalluqli bo’lgan
(shifokor, tarbiyachi, haydovchi, sotuvchi) rolli o’yinlar kasbga oid
so’zlarning bola lug’atiga jadal kirib borishiga hamda madaniy
so’zlashish malakasini egallashiga yordam beradi.
Yasash, guruhga doir o’yinlar bolalarning lug’atini o’zlashtirilishi
qiyin bo’lgan so’zlar bilan to’ldirish va ularni nutqida faol qo’llashda
muhim ahamiyatga ega. Bunday o’yinlar orqali bolalar narsalar
(predmetlar) ning sifatini, o’lchamini, fazoviy joylashishini (yirik, katta,
(kir, yupqa, uzun, yuqorida, pastda, oldinda, orada, o’ngda, chapda va
boshqada) bilib oladilar va lug’atlarini boyitadilar.
Didaktik o’yinlardan bolalarning tevarak-atrof to’g’risidagi
bilimlarini, lug’atlarini mustahkamlash uchun hamda nutqiy malaka va
ko’nikmalarini (jumla tuzish, so’z shaklini o’zgartirish, hikoya tuzish va
hokazolar) shakllantirishda foydalaniladi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |