Nazorat savollari 1. Innovatsiya so‘zining ma’nosi.
2. Korxonaninginnovatsiyasalohiyati nimalardan tashkil etadi?
4. Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari izohlab bering.
6. “Innovatsion loyiha” tushunchasini ifodalab bering.
7. Innovatsion loyiha qanday bo‘limlardan tashkil topadi?
8. Innovatsiya loyihasini yaratilish bosqichlarini aytib o‘ting.
9. Innovatsion loyiha qanday bo‘linmalarni o‘z ichiga olish kerak?
13-Bob.KORXONA FAOLIYATINI BOSHQARISH ASOSLARI
13.1. Korxona boshqaruvining mohiyati va prinsiplari Boshqaruv – bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta`sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqaruv tizimini turli miqyoslarga bo’lish mumkin:
milliy iqtisodiyotni boshqarish;
xar bir tarmoq va tumanlar tasarrufidagi korxonalarni boshqarish;
korxona ichidagi bo’limlarni boshqarish.
Boshqaruv tuzilmasini belgilovchi omillar a)tuzilmani aniqlovchi omillar:
o’zgarishlarga nisbatan sezgirlik va xozirjavoblik;
yuqori darajadagi unimdorlik;
past darajadagi xarajatlar;
ish jadvalining bevosita iste’molchilarga mosligi va boshqalar.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi boshqaruv oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli xal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. U quyidagi talablarga javob berishi kerak.
1.Boshqaruv tizimida bo’gin va bosqichlar soni maqbul bo’lishi kerak. Bo’gin va bosqichlar sonining asossiz ko’payib ketishi:
boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarining ortib ketishi;
axborotlarning o’tish yuli chuzilib ketishi;
boshqaruvda paralellizm va takrorlanishning yuzaga kelishiga;
boshqaruvda ma’suliyatsizlikka yo’l quyilishiga va boshqaruv samarasini pasayishiga olib keladi.
2.Boshqaruv tuzilmasi boshqaruv apparatining tezkor ishlashini ta’minlashi lozim. Bu faoliyat vazifalarni o’z vaqtida va moxirlik bilan tez xal etishda namoyon bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqaruv ob’ektlarining joylashuvi xam ta’sir ko’rsatadi.