12.4. Innovatsion loyihalarni baholash
Smeta moliya hujjatlarining shakllanishi; ishlab chiqarish xarajatlarini baholash; kapital xarajatlarni hisoblash; korxona faoliyatidan keladigan yillik tushumni hisoblash; oborot kapitaliga ehtiyojni hisoblash; loyiha va tavsiya etilgan loyihadagi moliya manbalarni hisoblash; chet el valyutasiga taxminiy ehtiyoj; investitsiya shartlari, konkret investorni tanlash va kelishuvni rasmiylashtirish;
loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatarni baholash;
loyihani amalga oshirishni rejalashtirish;
loyihaning (byudjet investitsiyadan foydalangan holda) tijorat samaradorligini baholash;
loyihani realizatsiya qilishni ta’minlash shartlariniishlab chiqish.
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi bo‘yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida korxonaniqiga bo‘linishlari mumkin.
Takrorlaymizki, innovatsion loyihani turkumlashtirishning chuqurligi, loyihalashtirishda hisobga olinadigan ilmiy yondashishlar va tamoyillar, qo‘llaniladigan menejment usullari miqdori loyihaning bosh menejeri (loyiha menejeri) va ITK a’zolari tomonidan muammoning murakkabligi, loyihaning qiymati va innovatsion tashkilot tashqi va ichki omillari holatiga muvofiq belgilanadi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan yakunlanadi. “Loyiha hujjatlari” ning yagona tarkibi hali belgilanmagan va har bir aniq holda uning tarkibi dastlabki (texnik iqtisodiy) vazifada belgilanadi.
Har qanday darajadagi innovatsion loyiha quyidagi bo‘linmalarni o‘z ichiga olishi kerak:
muammo (g‘oya)ning mazmuni va dolzarbligi;
loyiha rahbarining rezyumesi;
marketing tadqiqotlari va muammoni turkumlashtirish asosida qurilgan loyiha maqsadlari daraxti;
loyiha maqsadlari daraxtini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar tizimi;
loyihani majmuaviy asoslanishi;
loyihani amalga oshirilishini majmuaviy ta’minlanishi;
ITK ning ta’rifi;
loyihaning ekspert xulosasi;
loyihani amalga oshirish mexanizmi va undovchi sabablar tizimi.
Xulosa
Innovatsiya so‘zining ma’nosi ingliz tilidagi “INNOVATION” so‘zidan olingan bo‘lib yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim.
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi bo‘yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida korxonaniqiga bo‘linishlari мумкин.
Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning 3 asosiy bosqichlari bo’lib ularinvestitsiya g‘oyasining shakllaishi,investitsiyaimkoniyatlarini tadqiqot qilish, loyiha TI asoslashni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |