9.4. Tarmoqda narxning shakillanishi
1) Ishlab chiqarish harajatlari. U qanchalik kam bo‘lsa narx shunchalik past bo‘ladi va aksincha. Tovarning ishlab chiqarish xarajatlari ustiga ishlab chiqaruvchining foydasini qo‘yib sotilishi, ya'ni ishlab chiqaruvchi taklif qilgan narxda sotilishi unga qilgan harajatlarni (moddiy va mehnat xarajatlarini) jamiyat tomonidan tan olinganligini bildiradi.
2) Tovarning nafliligi, ya'ni uning iste'molchilarga foydalilik darajasi. Ularning ehtiyojlarini qondirilish darajasi, yuqori bo‘lsa iste'molchi yuqori narx to‘lashga rozi bo‘ladi.
3) Talab va taklifning nisbati, ya'ni biror bir tovarga talab katta bo‘lsayu, u tovarning taklifi kam bo‘lsa narx yuqori bo‘ladi va aksincha.
4) Raqobat, u taklif orqali narxga ta'sir qiladi. Agar raqobatchilar ko‘p bo‘lsa narx pasayadi, agar oz bo‘lsa, o‘zaro til biriktirib olsalar, narx baland bo‘ladiDemak, takomillashgan bozor sharoitida ishlab chiqaruvchi bozor narxiga ta'sir ko‘rsata olmas ekan, ya'ni narx darajasi sub'ektning ong saviyasi, irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda bozor tomonidan shakllanadi. Bu yerda ishlab chiqaruvchi foydasini narxni o‘zgartirish hisobiga emas, balki yalpi daromad bilan yalpi ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farqni ko‘paytirish hisobiga oladi.
9.5. Narxni aniqlash usullari
"O'rtacha xarajat va foyda" usuli yordamida narxni hisoblash. Ishlab chiqarish birligining umumiy qiymati aniqlanadi, foyda umumiy qiymatga foiz sifatida qo'shiladi va mahsulot bahosi olinadi.
Noqonuniy tahlil va maqsadli foyda ta'minoti asosida narxlarni hisoblash. Bunday holda, Korxona unga kerakli daromadni ta'minlaydigan narxni belgilashga intiladi. Usul Breakven jadvaliga asoslanadi. Grafik daromad miqdori xarajatlar so’mmasiga teng bo'lgan buzilgan nuqtani aniqlashga imkon beradi.
Mahsulotning qabul qilingan qiymatiga qarab narx. Korxona iste'molchilar ongida narx bo'lmagan usullardan foydalangan holda mahsulot qiymati to'g'risida g'oyani shakllantiradi: sotishdan keyingi xizmat, mijozlarga mahsus kafolatlar va hk taqdim etadi.
Talabga yo'naltirilgan narx.
Raqobat narxlari, ya'ni. narxlarni joriy narxlarda belgilash.
Barcha hisob-kitoblarni amalga oshirgandan so'ng, ishlab chiqarilgan mahsulotning yakuniy narxi belgilanadi.
Xulosa
Sanoat iqtisodiyotining eng muhim muammolaridan biri bu tarmoq korxonalarida tayyorlanadigan mahsulot bahosini belgi- lashdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho sanoat tarmoqlari va korxonalarning moliyaviy ahvoliga etarli (sezilarli) ta’sir etuvchi eng muhim sintetik ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Mahsulot bahosi juda ko‘p omillarga bog'liq: mahsulotga bo‘lgan talab, ishlab chiqaruvchining taklifi, davlatning narx siyosati, xarajatlar, raqobat va h.k.lar.
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishda, mahsulot hajmini ko‘paytirishda va uning sifatini oshirishda, iste’molchilar ehtiyojini qondirishda baho bilan rag‘batlan- tirishning roll beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |