Xarid baholari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi.
Dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida qo‘llaniladi.
Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o‘z vazifalari orqali ta’sir etadi.
Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bo‘lganidan narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun resurslami sotib oluvchi korxonalarni tushunamiz.
Baholashning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
ulgurji baholar. Tovarlar ko‘tarasiga katta miqdorda sotilganda bu baholardan foydalaniladi. Bunday bahoni asosan ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan savdo markazlarida uchratish mumkin;
chakana baholar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. Bu baho o‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati va foydasini oladi;
nufuzli baholar. Bu baholardan obro‘ talab iste’molchilarga tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda foydalaniladi;
dotatiyali baholar. Bunda tovarlar davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan baholarda olinadi;
davlat baholari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan bo’yurtma berilganda qo‘llaniladi;
mavsumiy baholar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga belgilanadi;
milliy va jahon baholari-alohida tovaming baynalminal xarajatlari. Bunda jahon bozoridagi talab va taklif nisbati hisobga olinadi;
standart baholar. Xaridor cho‘ntagidagi pulga qarab, ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy standart narxlar qo‘llaniladi;
preyskurant baholar. Bu baholar sotuvchi uchun mo‘ljal baho, xaridor uchun bildirishlik yoki ma’lumot baho hisoblanadi;
ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida tadbirkor eng avvalo, o‘zi uchun maqbul bo‘lgan baho ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. Shu maqsadda u bahoni uchga ajratadi. Ya’ni maksimal (engyuqori), minimal (eng past) va obyektiv baho;
maksimal baho - (sotuvchi nuqtai nazaridan) – bu muzokaralarni shu bahodan boshlash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichidir;
minimal baho - (qo‘shilishi mumkin bo‘lgan eng past baho) – bu Tovar narxining shunday ko‘rsatkichiqi, tadbirkor muzokaralar davomida undan tushmaslikka harakat qiladi;
ob’ektiv baho - bu, tarkibida o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan u yoki bu tovaming o‘rtacha bahosidir.