Sinxronlash tamoyili. Ishlab chiqarish jarayonini sinxronlash faqat uzluksiz ishlab chiqarish hamda ko‘proq avtomatik ishlab chiqarishning xarakterli xususiyatidar. Ishlab chiqarish jarayonini sinxronlash deganda quyidagilar tushuniladi:
operatsiyalarni bajarishga ketgan vaqt sarfi (operativ vaqt)ning teng bo‘lishi;
mehnat buyumlarini operatsiyalararo va liniyalararo transportirovka qilish uchunketgan vaqt sarfining teng bo‘lishi;
ish joyiga xizmat ko‘rsatish va ishchilarning dam olishi bo‘yicha operativ ishlardagi tanaffuslarning tengligi;
mehnat buyumlarining potokdagi harakatini tashkil etish paytida operatsiyalar tugashi bilan ularni transportirovka qilishning boshlanadigan vaqtning bir-biriga mos kelishi.
Ushbu to‘rt shartdan hatto bittasiga rioya qilinmasa ham ishlab chiqarish jarayoni ozmi-ko‘pmi sinxronlashmaydi.
Korxonalarni rivojlantirish va joylashtirish masalasining qo‘yilishi va yechimi umumiy holda bitta hisob doirasida quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlashga olib keladi:
yangi korxonalarning joylashishi;
korxonani ixtisoslashtirish va yiriklashtirish ko‘rsatkichlari;
tarmoqning rivojlanish sur’ati, shu tarmoq mahsuloti bilan milliyiqtisodiyot talabini qondirish darajasi, xom ashyo, materiallar, butlovchi va tayyor buyumlar yetkazib beruvchi hamkorlashgan bog’lanishlar sxemasi;
tarmoqning umumxo‘jalik resurslariga bo‘lgan ehtiyoj hajmi, shu tarmoq uchun xususiy resurs ehtiyojlari hajmi va boshqa ko‘rsatkichlar.
Energetika korxonasi ixtisoslashgan korxona hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, uning turlari va samaradorligi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish deb, ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida xalq xo‘jaligining turli tarmoqli korxonalari o‘rtasidagi, shuningdek tarmoqlar va korxonalar ichidagi ijtimoiy mehnat taqsimoti shakllariga aytiladi. U korxonalarda muayyan turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni bir yerga to‘plashni ko‘zda tutadi.
Ixtisoslashtirishning quyidagi asosiy shakllari mavjud: tarmoq va korxona bo‘yicha ixtisoslashtirish; korxona ichida ixtisoslashish; tarmoq bo‘yicha ixtisoslashish, bunda korxona yoki bo‘limlar shu tarmoqning o‘ziga taalluqli bo‘lgan tuzilishi, texnologiyasi va materiallari jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Korxona bo‘yicha ixtisoslashishda korxona o‘z mahsulotining ma’lum chegaralangan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘ladi.Korxona ichida ixtisoslashishda korxonaning sexlari, bo‘limlari, ish joylari aniq turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga yoki ma’lum texnologik jarayonlarni bajarishga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish 4 shaklda rivojlanadi:
buyum jihatidan ixtisoslashda korxonalar tuzilishi va bajaradigan ishi bir xil bo‘lgan cheklangan tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. Masalan: traktorlar, avtomobillar, dastgohlar va h.k.;
detal jihatidan ixtisoslashishda korxonalar tayyor mahsulotning ayrim qismlarini va detallarni ishlab chiqaradi. Masalan: reduktorlar, podshipniklar, tishli g’ildirak va h.k.;
texnologik jihatdan ixtisoslashishda korxonalar texnologik jarayonning alohida bosqichlarini bajaradi. Masalan: detal quyish, shtamplash va h.k.;
yordamchi ixtisoslashgan korxonalar. Bular jumlasiga po‘lat quyish, temirchilik, asbob-uskuna ishlovchi korxonalar kiradi.
Buyum jihatidan ixtisoslashish bular ichida eng ko‘p tarqalgan shaklidir.
Ishlab chiqarish hamkorligi, uning turlari va iqtisodiy samaradorligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |