O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


Hayvonlarning instinktiv xatti harakatlari



Download 8,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/216
Sana25.06.2022
Hajmi8,22 Mb.
#703124
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   216
Bog'liq
UMUMIY-PSIXOLOGIYA

 
Hayvonlarning instinktiv xatti harakatlari 
Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra instinktlar bu ongdagi maqsadlarning yo‘qligida 
hayvonlarning maqsadli xatti-harakatidir. Demak instinkt bu nasldan naslga hech qanday 
o‘zgarishiz o‘tadigan tug‘ma xatti-harakat formasidir. Bu xatti-harakat shakli umurtqasizlarning 
hayotida etakchi ahamiyat kasb etadi, masalan qusursqalarda bu xatti-harakat formasi asosiydir, 
quyi darajada rivojlangan umurtqalilarda ham instinktlar etakchi o‘rin egallaydi faqat asta sekinlik 
bilan individual o‘zgaruvchan xatti-harakatlarga o‘rnini bo‘shata boshlaydi.
Psixik rivojlanish qanday darajada bo’lishiga qarab, hayvonlarning xatti-harakatlari ham 
har xil shakllarda; instinktlar, ko’nikmalar, aqliy xatti-harakatlar shaklida bo’ladi. 
Biz yuqqorida hayvonlar psixikasi instinktlari, ko’nikmalari, aqliy xatti-harakatlarining 
xususiyatlari bilan tanishib chiqdik. Ammo hayvonlar psixikasi rivojlanishining hatto eng yuksak 
darajasi ham odam psixikasiga tenglasha olmaydi.
Xayvonot olamining yuksak bosqichidagi vakillari maymunlar va ularning ajdodlari 
jismoniy hamda psixik jixatdan qay tarzda rivojlanganki, buning natijasida ular orasida eng 
mukammallari asta-sekin ibtidoiy odamga aylangan? Qanday qilib xayvonning miyasi millionlab 
yillar davomida taraqqiy etish bilan inson miyasi bo’lib qolgan? 
Bizning maymunsimon ajdodlarimiz ijtimoiy xayvonlar bo’lgan. Mehnatning rivojlanishi 
jamiyat a’zolarining yanada jipslashishlariga imkon yaratgan, zotan shu tufayli odamlarning 
o’zaro ko’maklashishi, hamkorlik bilan ish bajarish xollari yanada ko’proq yuzaga kela boshlagan 
va bunday faoliyatning har bir kishi uchun foydaliligi ravshanroq anglangan. Shunday qilib, 
insonlik qiyofasini egallay boshlagach, odamlarda bir birlariga nimanidir aytish extiyoji tugildi. 
Maymunning hali uncha taraqqiy qilmagan hiqildog’i asta-sekinlik bilan, ammo og’ishmagan 
holda nutq uchun moslasha boshlaydi, og’iz bo’shlig’i og’zdagi organlar esa, asta-sekin nutq 
tovushlarini birin-ketin talaffo’z etishga odatlanib boradi. Avvalo mehnat, so’ngra esa burro-burro 
qilib so’zlash ikkita eng muhim sabab bo’ldiki, bu sabablar ta’siri ostida maymunning miyasi sekin-
asta odamning miyasiga aylandi, lekin odam miyasi maymun miyasiga xar qancha o’xshasa ham, 
kattaligi va kamolotga yetganligi jixatdan maymun miyasidan ko’p daraja ustun turadi. Miyaning 
yanada taraqqiy qilishi bilan bir qatorda, uning eng yaqin qurollari bo’lmish sezgi a’zolari ham 
taraqqiy qilib bordi. 
Nutq tufayli odamlarning birgalashib ish bajarishlari muayyan maqsadlarga bo’ysundirildi, 
odamlar kelishib ish ko’radigan, ularning xatti-harakatlari ma’lum darajada oldindan 
rejalashtiriladigan bo’ldi. Inson mehnatining chinakam oqilona mehnat bo’lishining boisi ham 
shundadir. 
Mehnat faoliyati jarayonida bizning qadimgi ajdodlarimiz mehnat qurollarini yasaganlar va 
ulardan foydalanganlar. Jamoada biron bir ishni bajarish uchun ma’lum usulda foydalanishga 
moslashgan buyumlargina mehnat qurollari vazifasini o’tay olgan. 
Maymun ham ba’zan tayoq, yashshik va hokazolardan foydalanadi. Ammo maymunning bu 
ishi tasodifiy hodisadir, binobarin maymun foydalangan buyum ana shu maymunda, qolaversa 
undan o’rnak olgan boshqa maymunlarda ma’lum maqsadlarga erishish uchun doimiy vosita bo’lib 
qolmaydi. Shu sababdan maymunlar hech qachon qurollar tayyorlamaydi va ularni saqlab 
qo’ymaydi. Mehnat jamoasi masalasiga kelsak ayrim hayvonlar (chumolilar, qunduzlar va 
boshqalar) birgalashib ish bajaradi-yu, ammo ularning ishini mehnat deb atash mumkin emas, 

Download 8,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish