O'zbekiston respublikasi oliy


Sinkveyn so'zi fransuzcha so'z bo'lib, besh



Download 308,52 Kb.
bet22/26
Sana29.12.2021
Hajmi308,52 Kb.
#79259
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
talim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlari oliy talim misolida (1)

Sinkveyn so'zi fransuzcha so'z bo'lib, besh degan tarjimani beradi. Demak, sinkveyn besh qatordan iborat she'rdir.

Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha:



    1. Birinchi qatorda bir so'z bilan mavzu yoziladi (odatda ot turkumidagi oid so 'z bilan).

    2. Ikkinchi qatorda mavzu ikki so'z bilan tavsif qilinadi (sifat turkumiga oid ikki so 'z bilan).

    3. Uchinchi qatorda ushbu mavzu bo'yicha hatti-harakatlar uch so'z bilan tavsif etiladi.

    4. To 'rtinchi qatorda temaga aloqadorlikni ko 'rsatuvchi 4 so 'zdan iborat gap (ibora) yoziladi.

    5. Beshinchi qator mavzu mohiyatini takrorlovchi bir so 'zdan iborat sinonimdir.28

Darsdan tashqari mashg'ulotlarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, tanqidiy fikrlashini shakllantirishda tarbiyaviy ishlar va ularni tashkil etish, milliy mafkura vazifalari maxsus tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar, shuningdek, ta'lim- tarbiya jarayonida va darsdan tashqari mashg'ulotlarda amalga oshiriladi.

Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda talabalar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash. Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda darsdan tashqari faoliyat tizimi o'qitishning nazariy va amaliy tizimini to'ldiradi. Uning asosiy vazifasi talabalarning o'qishdan tashqari vaqti mobaynida o'zini-o'zi tarbiyalash va

ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanish uchun oqilona taqsimlashga yordam berishdir.

Talabalarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga tanqidiy fikrlashini shakllantirishda quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va talabalarning ijtimoiy harakatchanligini ko'rsatish;

  • bo'lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratish;

  • talabalarni mustaqil ravishda ta'limni davom ettirishga yo'naltirish;

  • xar bir talabaning qobiliyati, qiziqishi va ishtiyoklarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • talabalarlarga bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni o'rgatish.

Darsdan tashqari faoliyat tizimi ko'p komponentli bo'lib, talabalarning bo'sh vaqtlarini quyidagi, tartibda, shaklda va joylarda amalga oshirilishi mumkin: o o'quv guruhi tarkibida; o o'quv yurti jamoasi tarkibida; o individual (yakkama-yakka) tartibda; o ijtimoiy birlashmalarda va tashkilotlarda; o klublarda, to'garaklarda, muzeylarda; o mehnat jamoalarida;

o alohida fanlarni chuqur mustaqil o'rganish chog'ida; o ta'lim muassasasidan tashqaridagi madaniy dam olishning turli shakllarida. Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda talabalarning darsdan tashqari faoliyat tizimining o'ziga xosligi shundaki, uning har bir komponenta alohida loyihalashtiriladi va har doim xam pedagogik ta'sir doirasi bilan qamrab olinmaydi.

Tarbiyaviy ishlarning texnologiyasi va har bir anik ishlarni o'tkazish, tashkil qilish uslubiyoti pedagogik maqsad tushunchasidan boshlanadi, ya'ni pedagogik maqsadga muvofiklik (ushbu ish nima uchun tashkil qilingan va o'tkazilmokda,

64

shuningdek, tarbiyachi va o'quvchi nimaga erishishi kerak?) va pedagogik mshorat (aniq ishlarni o'tkazish, tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, talabalarni qiziktirish, jarayonda mustaqil qatnashish va ijodiy ishlashga istak uyg'otis h uchun turli usul va uslublardan foydalanish) va ularning natijalarini nazorat va tahlil qilish, umumlashtirish (o'quvchilar nimalarga o'rgandilar?).



Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda tarbiya jarayonini loyihalashtirish davrida o'qituvchi talabalar bilan o'tkazilishi lozim bo'lgan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish chog'ida ko'llaniladigan uslub, shakl va usullarni tanlaydi. So'ngra, aniq tarbiyaviy ishlarga qo'yilgan maqsadlarni amalga oshiradilar. Keyinchalik, ular ishni nazorat qilish, yakunlash va tahlil qilish mexanizmini aniklaydilar (Nima ma'kul keldi? Nima ma'kul kelmadi? Nega? Nima yaxshi edi- yu, nimadan voz kechish kerak? Kim ajra lib turdi?) va xokazo.

Bu ishlarning hammasini umumlashtirib ta'lim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi - ta'lim muassasasi sharoitida qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirishda har bir aniq tarbiyaviy ishni o'tkazish va tahlil qilish uchun qo'llaniladigan uslub va shakllar yig'indisidan iborat ekanligini aniqladik. Masalan, ta'lim muassasasida talabalarning o'qishi va tarbiyasi davrida guruhlarda, turli xil qizikarli tadbirlar, bayramlar, tanlovlar shuningdek, sportga, mehnatga, ijodiy ishga, badiiy mavzuga bag'ishlangan tadbirlar, mashg'ulotlar, o'yinlar, sayllar va boshqa tadbirlar o'tkaziladi. Har bir tarbiyaviy ish va tadbirga mos uni tayyorlash va o'tkazish uslubi mavjud. Lekin, mazmunsiz uslubiyot ham o'z- o'zidan mavjud ham bo'lmaydi, chunki tarbiya jarayonini, eng avvalo, tarbiyaviy ishning aniq mazmuni va shakli orqali amalga oshirish mo'ljallanadi. Shunday ekan, aniq tarbiyaviy ishning ta'sirchanligi va samaradorligi - ularni tayyorlash va o'tkazish, tarbiyachilarning talabalar bilan jamoaviy faoliyatni tashkil qilishi tarbiyaviy ishlar texnologiyasi tizimiga bogliq.

Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda tarbiyaviy ishlar jamoaviy va ijodiy tabiatiga ega bo'ladi va mos ravishda jamoaviy tarbiyaviy ishlar (JTI) yoki jamoaviy ijodiy ishlar (JII) deb nomlanadi. JII - ish va o'yin, ijod va o'rtoklik, hayotiy umid va xursandlik bilan to'ldirilgan va ayni paytda, asosiy tarbiyaviy

65

vosita bo'lgan jarayonni tashkil etish usulidir. Tarbiyaviy ishlarda o'qituvchilar va talabalar o'zaro hamkorligining shakllari, vositalari va usullari uygunlashib ketadi.



Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar yotadi. Yondashuvlarning birinchisi, faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy, sport va erkin mulokot kabi turli ko'rinishlarini tashkil etishni talab etadi. Ikkinchi majmuaviy yondashuv esa, faoliyatning barcha ko'rinishlarining yagona jarayonga ta'siri bilan tabiiy «ko'shilib» ketishida namoyon bo'ladi. Tarbiyaviy ishlar, ayni paytda, o'ziga ahloqiy, estetik, siyosiy va akdiy (intellektual) ta'sirlarni kamrab oladi. Faoliyatga oid yondashuv tarbiya yo'nalishiga ishora qilsa, majmuaviy yondashuv - uning mazmun tabiatini (pedagogik maqsad (vaziyat, tarbiyaviy maqsadning asosiy va bog'liq tomonlarini shakllantirish)ni; rejalashtirish; tashkil etish va tayyorlashni; ishni bevosita amalga oshirishni; erishilgan natijalar tahlilini) belgilaydi.

O'qituvchilarning kasbiy mahoratlari



    1. Tarbiyachilarning tashkshotchi sifatidagi faoliyati bilan bog'liq. mahoratlari. Ular quyidagilar:

y ko'pchilik o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga va qiziqishlar mos holda faoliyatga jalb qila olish;

y turli ishlarni belgilangan muddatda bajarish bo'yicha vazifalar oqilona tasdiqlash;

y turli rag'batlantiruvchi omil va pedagogik usullardan foydalangan-holda, talabalar jamoasi ishlarida ularning qatnasha olishlar qiziqtirish va faolliklarini oshirish bo'yicha xoxish uygotishni ta'minlaydi.

    1. Guruh rahbarlarining tarbiyachi sifatidagi faoliyati bilan bog'liq mahoratlari. Ular quyidagilar:

S talabalarga O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy vazifalarini tushuntira olish;

S talabalarning savollariga asosli javob bera olishi, suhbat, baxs yurita olishi, u yoki bu holatlarni isbotlash va rad qila olish;

S O'zbekiston Respublikasi davlat Qonunlarida qabul qilingan moddalarni bilishi va ularga rioya qilishi;

S jamoaning shaxsga ta'sirida tarbiyaviy imkoniyatlardan foydalanish;
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish