115-§. Loyiha–izlanish instituti direktori lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
2420
|
Mashg‘ulotlarning milliy standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
|
1439
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari
–yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organ rahbari hisoblanadi;
–loyiha-izlanish instituti nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, mamlakatimiz va xorijning barcha korxonalari, firmalari va tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalash;
–xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni o‘zgartiradi va to‘xtish.
–qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar berish;
–kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini
ko‘rish;
–loyiha izlanish institutining barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar,
farmoyishlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
– loyiha-izlanish institutining ichki tartib qoidasi va xo‘jalik faoliyatini tartibga soladigan hujjatlarni tasdiqlash.
–jismoniy va yuridik shaxslarni qabulini tashkillashtiradi va shaxsan qabul qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (ariza, shikoyat, taklif)ni qonunda belgilangan tartibda ham muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va nazorat qilish.
Bilishi lozim
–O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlarini, Loyiha-izlanish instituti Nizomi hamda faoliyatga tegishli qonunlarni.
–sohadagi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, internet, hisoblash texnikasidan foydalanishni va maxsus kompyuter dasturlari bilan ishlash qoidalarini, axborot xavfsizligi siyosatini, ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat maktabgacha ta’lim tizimi ma’muriy binolarini, shuningdek shartnomaga asosan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni;
–shaharsozlik va arxitektura talablariga amal qilish, loyihaviy yechimlarning samaradorligini ta’minlashni;
–joylarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek bo‘sh binolarni hamda infratuzilma ob’ektlarini loyihalashtirish va hududlarni me’moriy rivojlantirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish hamda qurilish ob’ektlari uchun topogeodezik va muhandislik geologiya ishlarini olib borishni;
–Loyiha–izlanish institutiga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilishni;
–jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritishni;
–kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |