Malaka talablari:
–kamida o‘rta maxsus ma’lumot;
–o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lish
zarur.
§. Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi direktor lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
2420
|
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
|
1439
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari:
–Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Injiniring kompaniyasi)ning joriy faoliyatiga rahbarlik qilsh;
–Injiniring kompaniyasi nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, mamlakatimiz va xorijning barcha korxonalari, firmalari va tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalash;
–xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni o‘zgartiradi va to‘xtish.
–Injiniring kompaniyasining tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga muvofiq xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni o‘zgartiradi va to‘xish.
– xodimlarning kasbiy darajasi va malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralarini ko‘rib chiqish;
–Injiniring kompaniyasining ish rejasi loyihasini ishlab chiqilishini nazorat qilib boradi;
–Injiniring kompaniyasining ichki tartib-qoidasi va xo‘jalik faoliyatini tartibga soladigan hujjatlarni tasdiqlash;
–Bosh direktor byudjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lov o‘z vaqtida to‘lanishi, ish haqi to‘lanishi, mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlar uchun pul mablag‘lari o‘tkazilishi, o‘zining fondlarga (harakatsizligi) bilan Injiniring kompaniyasiga yetkazilgan zarar , shu jumladan, Injiniring kompaniyasiga berilgan davlat mulki yo‘qotilgan holat uchun ham qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob berish.
–Injiniring kompaniyasi xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
–Injiniring kompaniyasi ishining samaradorligi darajasini oshirish va kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish;
–Injiniring kompaniyasi kadrlar zaxirasini shakllantirishni va yangilashni, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarni tashkil qilishni ta’minlaydi, muntazam ravishda kasbiy va malakaviy darajasini oshirib borish;
–Injiniring kompaniyasi nizomida, o‘zining lavozim yo‘riqnomasida o‘ziga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, o‘ziga berilgan vakolatlar va huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi, shuningdek kompaniyaning ichki me’yoriy hujjatlari talablari, qarorlari, buyruqlari, to‘g‘ri va aniq bajarilishi uchun javob berish.
–Jismoniy va yuridik shaxslarni qabulini tashkillashtirish va shaxsan qabul qilish. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (ariza, shikoyat, taklif)ni qonunda belgilangan tartibda ham muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |