O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Download 4,4 Mb.
bet167/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Osvald SHpengler (1880–1936) – nemis faylasufi, tarixshunosi, madaniyat falsafasining asoschilaridan biri, “Hayot falsafasi”ning vakili. SHpengler taklif qilgan yagona madaniyat morfologiyasi sistemasining shakllanishiga A.SHopengauer, F.Nitsshe, A.Bergson g‘oyalarini hamda V.Vorringerning estetik ta’limotining ta’sirini ko‘ramiz. SHpenglerning o‘zi “sivilizatsiya” davrida falsafaning ahamiyatiga e’tibor bermaydi. SHpengler “Yevropa quyoshining so‘nishi” nomli dastlabki yirik asarini Birinchi Jahon urushi ta’sirida yozadi. Unda madaniyat haqidagi ta’limotini ilgari suradi. Bu o‘z o‘rnida butun asr davomida mutafakkirlarning diqqatini o‘ziga jalb qildi. SHu davrgacha arxeologiya, etnografiya, qiyosiy tilshunoslik va fanlar tomonidan yig‘ilgan bilimlar yordamida SHpengler xalqlarning tarixiy shakllanishi haqidagi tarixiy–falsafiy asosni yaratishga intiladi.

SHpengler an’anaviy tarixshunoslik fanlarini chegarasini o‘zgartirib, boshqa madaniyatlar ichida Yevropacha madaniyatning o‘rnini aniqlashga harakat qiladi. Buning uchun XIX asrda mavjud bo‘lgan g‘arbona tarixiy fanlar asoslangan tamoyillarni qat’iyan tanqid qiladi. Bular Yevropatsentrizm, panlogizm, tarixiylik, “chiziqli” yo‘naluvchanliklardir. SHpengler o‘z rivojida yuqori darajaga etgan boshqa madaniyatlarni ularga qarshi qilib qo‘yadi. Bunday madaniyatlar, SHpengler fikriga ko‘ra, sakkiz nafar – misrcha, bobilcha, hindcha, xitoycha, “appoloncha” (yunon–rimcha), “faustcha” (g‘arbiy Yevropacha) va mayya madaniyati. Ularning mavjudligini yagona dunyoviy tarixiy jarayon orqali bog‘lash mumkin emas, aksincha Koinotdagi yagona hayotni namoyon bo‘lishi, deb qarash mumkin. Taraqqiyotning davriyligi (siklikligi) nazariyasi, SHpengler ta’kidiga ko‘ra, rivojlanishning bir mezonli mexanitsizmini engib o‘tishi kerak. Tartibsiz va cheksiz makon va zamonda bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lgan madaniyatlar dunyosi siklik rivojlanishga asoslangan doiraviylik g‘oyasiga tayanadi. Ular bir–biri bilan munosabatga kirishi olmaydi. Bu esa o‘z o‘rnida ularning individualligidan, o‘ziga xosligidan, ichki yagonaligidan dalolat beradi.

SHpengler o‘sha davrda madaniyat tarixini o‘rganishda katta rezonansga ega bo‘lgan morfologik tahlil metodidan foydalanadi. SHpenglerda madaniyat juda keng ma’noda tushuniladi, ya’ni u tarixni harakati, uning mantig‘i, rivojining qonuniyatli ravishda o‘smirlik, gullagan va zavoliga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng umumiy tarixiy–madaniy shakllardan iborat. Madaniyat, uningcha bu davrni farqlovchi va uni yagonalik sifatida vujudga keltiruvchi, muayyan ichki tafakkur shakllarini, stilistik birligini bildiradi. Unda iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy–ruhiy, diniy, amaliy, badiiy hayotiy shakllar o‘z aksini topadi. SHunday shakllarning stilistik yagonaligini tahlil qilish SHpenglerning tarixni o‘rganish uslubi hisoblanadi.

Ilmiy bilishning dogmatik tamoyillariga qarshi SHpenglerGyotening “lirik muqaddimasi”ni yoqlaydi, tarixiy yaxlitlikka nisbatan rivojlanuvchi tirik organizm sifatida qarab, uni “hayot hissiyoti” bilan to‘ldiradi. “Timsol ibtidosi (prasimvol)” g‘oyasi SHpengler ta’limotida madaniyat morfologiyasini ochuvchi kalit rolini o‘ynaydi. Gyotedagi o‘simliklar morfologiyasi prafenomeni ham shunday vazifalarni bajaradi.

XX asrda madaniyat tanqidchiligidagi asosiy masalsaini hal qilishda SHpengler falsafasida madaniyat va sivilizatsiyaning o‘zaro munosabati muammosi antinomik ahamiyat kasb etadi. SHpengler madaniy-tarixiy individuum rivojida quyidagi darajalarni ajratib ko‘rsatadi: afsonaviy-timsoliy – dastlabki madaniyat, metafizik-diniy – yuksak madaniyat va so‘ngi – sivilizatsiyaga o‘tuvchi murakkablashgan, qotib qolgan madaniyat. Uning nuqtai nazaridan sikl o‘rtacha hisobda ming yilcha davom etadi. Analogiya metodi qatorida SHpengler hamma tarixiy madaniyatlarning davrlarini “parallel bir vaqtning o‘zida” kechishini isbot qilish maqsadida gomologiya metodini ham qo‘llaydi. Sivilizatsiya hamma joyda bir xil xususiyatga ega bo‘ladi. U butun madaniyat dunyosining organizm sifatidagi halokatini namoyonidir, uni ruhlantiruvchi madaniyatning so‘nishidir, “noborliqqa” qaytishidir, boshqa tug‘ilmaydigan madaniy individual elatning tartibsizligidir. SHpenglerning tubdan siyosiylashgan madaniyatshunosligi G‘arbning yaqin qolgan halokati g‘oyasiga asoslanadi. G‘arbiy Yevropacha “faustcha” madaniyatning halokatidan iztirob cheksa ham SHpengler ziddiyatli, munozarali nazariyani namoyish qiladi. “Sivilizatsiya”ning buzg‘unchi omillarini yoqlaydi: masalan, texnikaning ko‘payib ketganligi, giperurbanizm, tabiatni insonga butunlay tobe bo‘lishi, urushlar.

Fan falsafasi sohasida SHpengler ilmiy konsepsiyalarning tarixiy–madaniy shartlanganligiga urg‘u beradi. Dunyo manzarasini harakatlantiruvchi tarixiy elementlarni bo‘rttirib ko‘rsatadi. XX asrning boshida shakllangan dunyoqarash manzarasining dinamikasini tushunish uchun tabiiy fanlarning kashfiyotlari ahamiyatini yuqori baholaydi.

SHpengler konsepsiyasida ma’naviy an’analarning roli mutloqlashtiriladi, fan ortidagi mavjudlikni ob’ektiv bilish vazifasi inkor qilinadi. SHpengler ilmiy tafakkurning antropomorf, ilohiy, g‘ayritabiiy asosini ta’kidlab o‘tadi. SHu bilan bir qatorda SHpengler fanni o‘z–o‘zini anglashda tarixiylik tomon yo‘l olganligini ko‘rsatadi. SHpengler ijtimoiy–tarixiy bilim sohasiga entropiya nazariyasining ayrim xossalarini qo‘llaydi. Bu esa G‘arb madaniyatining apokalipsisini asosloviga olib keladi.

SHpengler hozirgi fanning ko‘pgina hodisalarini bashorat - prognoz qiladi, masalan, ba’zi bir fanlarning metodologik birlashuvini, alohida fanlarning kelajakda qo‘shilib ketishi, ilmiy tilning timsoliy belgilar orqali murakkablashib ketishi va hakozalar. SHpengler qarashiga noklassik fanlarning shakllanishi katta ta’sir ko‘rsatadi; SHpenglerga ko‘ra, aynan shu narsa “ruhiy qarama–qarshilik”ni mutlaqlashtirib, yaqqol namoyon qildi. Buni antik dunyo va G‘arbiy Yevropa madaniyati amalga oshirdi – bu birinchidan, tanaviylik va haykaltaroshlik shakliga intilish bo‘lsa, ikkinchidan, avval boshidanoq dunyoni “mahsuldor” qilishga intilish. Bu esa, SHpenglerning fikriga ko‘ra, G‘arb madaniyatining timsol ibtidosi deb hisoblaydi, ular kelt va qadimnemis dostonlarida ifodalangan.

SHpengler konsepsiyasining ta’siri keng xususiyatga, tomonlarga ega. Morfologik tahlil uslubi, “ekvivalent madaniyatlar” konsepsiyasi mahalliy sivilizatsiyalarni o‘rganish uchun katta turtki berdi. SHpenglerning madaniyat falsafasi fandagi tarixiy maktablarni rivojiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatdi (masalan, Kun, Feyerabend va boshqalar). Hozir madaniyat falsafasi uchun SHpenglerning yagona madaniyat tilini, madaniyat timsolini, xuddi shunday tilga oid bo‘lgan gipotezani aniqlash haqidagi fikrlari katta ahamiyatga egadir.

Uning 20–30 y.larda yozilgan asarlarida tobora siyosiy nuqtai nazardan reaksion motivlar ustuvorlik qiladi. Veymar respublikasining qulashi arafasida u fashizmga yaqinlashadi, lekin 1933 yilda natsional–sotsialistlarning birga ishlash taklifini rad etadi. Keyinchalik SHpengler hokimiyat siyosatini tanqid qiladi, bu esa natijada uning ismini matbuotdan olib tashlashlarigacha olib keladi, asarlari taqiqlanadi.

SHpenglerning “Inson va texnika” nomli mashhur asarida ilgarigi yuksak ekvivalent madaniyatlar konsepsiyasi o‘rnini butun dunyo manzarasini soddalashgan–monistik tarzda rivojlanuvchi sistema egalladi. “Hukmronlikka intilish” mavjudlik uchun kurash hayot tarziga aylandi. “Madaniyat–sivilizatsiya” antinomiyasi dunyoviy madaniyatni “sun’iylik”–notabiiylik sifatida talqin qilinishi orqali hal qilindi. Bu bilan insoniy taraqqiyotning madaniy–ruhiy ahamiyati inkor qilindi. Bundan SHpenglerga ko‘ra, ilmiy kashfiyotlarning g‘alabasi mustasnodir. Ularni G‘arbning texnikaviy dahosi dunyoga keltirdi – “faustcha insonning” ruhiy markazi ham shunga kirib ketadi. Texnikani “hayot taktikasi” sifatida aniqlab SHpengler, texnik faoliyatning maqsadi transsendental xususiyatga egadir, deydi. U o‘zida hech qanday pragmatik, timsoliy, “ruhiy–ma’naviy” zaruratni, o‘zini unutishlikni, halok qilishlikni, G‘arb insonining harakatchanligini talab qilmaydi.

SHunday qilib, SHpengler birinchilardan bo‘lib tarixda texnikaning ahamiyati va o‘rni haqidagi muammoni o‘rtaga tashladi. SHuningdek, olim texnikani tabiat va jamiyat hayotiga umumiy–universal ta’sir etishini ham ko‘rsatib ketdi. Uning texnik taraqqiyotning maxsus qonuniyatlari, uning avtonomligi haqidagi, madaniyatning umumiy tarixiy rivojlanish jarayonida texnikaning fundamental ta’sirini tahlil qilish tezisi ham katta ahamiyatga ega. SHpengler ta’limotining turli qirralari ko‘pgina XX asr faylasuflari jumladan, Xaydegger, X.SHelski, Toynbi, Ortega–i–Gasset, X.Skolimovskiy va boshqalar tomonidan qabul qilindi.




Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish