O’zbekiston Respublikasi davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga asoslangan holda to’la ishonch bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda


Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo’shimcha ish vaqtida qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi qo’shimcha mahsulot deyiladi



Download 1,82 Mb.
bet16/158
Sana25.06.2022
Hajmi1,82 Mb.
#702223
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158
Bog'liq
in

Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo’shimcha ish vaqtida qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi qo’shimcha mahsulot deyiladi.Har bir korxonada, tarmoqda qo’shimcha mahsulotni ko’paytirish asosan uch yo’l bilan – ishlovchilar sonini ko’paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chegarasi o’zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo’shimcha ish vaqtini ko’paytirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Ish kunini uzaytirish yo’li bilan olingan qo’shimcha mahsulot absolyut qo’shimcha mahsulot deb, ish kuni o’zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo’shimcha ish vaqtini ko’paytirish evaziga olingan qo’shimcha mahsulot esa nisbiy qo’shimcha mahsulot deb ataladi.
Yil davomida olingan qo’shimcha mahsulotlar yig’indisi qo’shimcha mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi) qo’shimcha mahsulot normasi deb yuritiladi.
Agar qo’shimcha mahsulot normasini m, massasini m, zaruriy mahsulotni v bilan belgilasak qo’shimcha mahsulot normasi ko’rinishdagi formula bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, qo’shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o’rtasida har doim ziddiyat va aloqadorlik bo’ladi. Ularning har ikkalasida ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlari yo’lida foydalaniladi.

Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonining o’rni ahamiyatli hisoblanadi. Shunga ko’ra, hozirda modernizatsiya jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Eng avvalo, modernizatsiya atamasining mazmuniga to’xtaladigan bo’lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid aksariyat lug’atlarda unga quyidagi mazmundagi ta’rif beriladi: «Modernizatsiya – ob’ektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi»5. Fikrimizcha, bu modernizatsiyaga tor ma’nodagi yondashuv bo’lib, bugungi kunda uning keng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
Modernizatsiya – an’anaviy jamiyatning ilg’or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon. Modernizatsiyaning keng ma’nodagi mazmunini tushunishda iqtisodchi olim R. Nureev uning neoklassik va keynscha talqinlarini farqlaydi. Jumladan, neoklassiklar tomonidan modernizatsiyaga xususiy mulkchilik va demokratiyani mustahkamlash sifatida yondashilsa, keynschilar tomonidan, eng avvalo, xo’jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o’zgarishlar sifatida tushuniladi. Dastlabki o’ringa texnik-iqtisodiy muammolar qo’yiladi. Xo’jalikning zamonaviy tarmoqlarining mavjud bo’lmasligi taraqqiyotning asosiy to’sqinlik kuchi sifatida qabul qilinadi6.
Umuman olganda, modernizatsiya an’anaviy jamiyatdan industriallashgan, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga hamda ijtimoiy jarayonlarni qonunlarga tayangan holda oqilona boshqarishga asoslangan jamiyatga o’tish jarayonlarini namoyon etadi. Nazariyada modernizatsiya deganda «an’anaviy tarzdagi yopiq jamiyat»ga qarama-qarshi o’laroq «zamonaviy ochiq tarzdagi jamiyat»ni shakllantirishga olib keluvchi industriyalashtirish, sekulyarlashtirish, urbanizatsiya, umumiy ta’lim, vakolatli siyosiy hokimiyat tizimlarining qaror topishi, hududiy va ijtimoiy safarbarlikning kuchayishi kabi jarayonlarning majmui tushuniladi.
Bugungi kunda modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Ayniqsa, mazkur yyo’nalishlar orasida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash muhim o’rin tutadi
Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar, jahon bozori kon’nkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan «chidamliligi», mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyot turli darajalari ishlab chiqarish jarayonlaridagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog’liqdir. Biroq, shu bilan birga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshqa sohalaridagi o’zgarishlarga chambarchas bog’liq. Ya’ni, barcha soha va jabhalar o’rtasida jadal isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilish lozim. Shu o’rinda modernizatsiyalash jarayonining jamiyat har bir a’zosining ongliligi va mustaqilligini oshirishdagi o’rniga alohida e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz. Chunki, iqtisodiyot hamda mamlakat hayotining boshqa sohalarini modernizatsiyalash eng avvalo ushbu jarayonlarda ishtirok etuvchi, ularni amalga oshiruvchi va doimiy ravishda takomillashtirib boruvchi jamiyat a’zolari dunyoqarashi, tafakkurining o’zgarishi, ularning demokratik va tub islohot jarayonlaridagi faolligi oshishiga bevosita bog’liqdir.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish – zamon talabidir. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar qatorida munosib o’rin egallash, milliy mahsulotlarimizning jahon bozorlaridagi raqobatdoshligini ta’minlash, shu asosda eksport hajmini sezilarli darajada oshirish mavjud soha va tarmoqlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash asosida modernizatsiyalashni taqozo etadi. Ayni paytda, jahon bozoridagi ehtiyoj va talabning o’zgarishini hisobga olgan holda iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilmasini takomillashtirib borish, bu maqsadda yangi, zamonaviy tarmoqlarni barpo etish va jadal rivojlantirish lozim bo’ladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib keladi. Ayniqsa hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo’yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag’lar yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbat tushuniladi.
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o’zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’ekt ko’proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IX) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:
.
Bu erda: R’ - foyda normasi, IX – iqtisodiy resurs xarajatlari.
Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, cof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to’rtinchilari esa qo’shimcha mahsulot deb ko’rsatadilar. Biz hozir bu erda fikrlarning qaysi biri to’g’ri ekanligi haqida batafsil to’xtolmaymiz, lekin shuni aytish kerakki, ko’pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh ko’rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p qirrali masala bo’lib, bu aytilgan birgina asosiy ko’rsatkichda, uni to’la ravishda har tomonlama ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to’la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: .
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko’rsatkichdan ham foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini – KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini – K, mahsulotni – M, yalpi daromadni – YaD bilan, foydani – F bilan belgilasak quyidagi formulalar hosil bo’ladi:
; ; .
Samaradorlikni aniqlashda bu ko’rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi degan ko’rsatkichlar ham qo’llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi.
Bu ko’rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog’liq va bir-birini to’ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:
1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo’llash.
2. Ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash.
3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini o’zgartirish.
4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish.
5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish.
6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, etuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash.
Bular ichida fan-texnika taraqqiyoti omili hozirgi kunda respublikamiz uchun dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika taraqqiyotining evolyutsion va revolyutsion shakllari farqlanadi. Evolyutsion shaklda rivojlanish deganda, FTTning mavjud texnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalash asosida rivojlanishi tushuniladi.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish