OITS epidemiologiyasi.
Ushbu tahlil YuNEYDSning har yillik OITS epidemiyasining rivojlanishi: Dekabr 2004 yil hisoboti asosida tayyorlangan.
1. Jahon miqyosidagi tahlil.
2. Mintaqaviy tahlil.
Jahon miqyosida:2004 yilda OITV bilan yashovchilar umumiy soni ko‘paydi va eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etdi: ekspertlar xulosasiga ko‘ra 39,4 million kishi (36-44,3) virusi bilan yashaydi. OITS epidemiyasi 3,1 odamning hayotdan ko‘z yumishiga olib keldi. 2002-2004 yillar oralig‘ida OITS Sharqiy Osiyoda deyarli 50% ga ko‘paydi, asosan Xitoyda tez avj olib bormoqda.
Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoda 2002 yilga nisbatan 40% ga oshgan. Bu holat Ukraina va Rossiya hisobiga ham oshib bormoqda.
Afrika Sahroiy Kabir janubiga qadar qattiq jabrlangan, u erda 25,4 million kishi kasallangan.
Karib havzasi mamlakatlari OITV epidemiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |