O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”



Download 1,08 Mb.
bet1/107
Sana11.02.2022
Hajmi1,08 Mb.
#444398
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
TARBIYAVIY SOAT MATNLARI-TAYYOR BO\'LDI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
FARG‘ONA SOLIQ KOLLEJI
TASDIQLAYMAN”
Farg‘ona soliq kolleji direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
____________________Z. Xasanov
2018 yil “_____” ______________



(III -bosqich)

Farg‘ona – 2018

Tuzuvchilar:















  1. Mamatqulov




Maxsus fanlar kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi






A. O’rinboyev




Bo’lim boshlig’i






U. Xakimov




Ijtimoiy-gumanitar va tillar kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi






J. Sulaymonov




Yotoqxona tarbiyachisi





Hafta kunlari nomlanishi



1.

Dushanba



“Kiyinish va muomala madaniyati”.













2.

Seshanba



“Sog‘lom turmush tarzi kuni”













3.

Chorshanba



“Ommaviy madaniyatga qarshi kurash va qadriyatlar kuni”













4.

Payshanba



“Orasta qizlar to‘garagi kuni”













5.

Juma



“Ma’naviyat kuni”













6.

Shanba



“Obodonlashtirish va tozalik kuni”

M U N D A R I J A





1.

Mustaqillik darsi…………………………………………..............................

5-11

2.

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati mazmun mohiyati…………….

12-15

3.

Ma’naviyatni anglash, o‘zlikni anglash demakdir…………………………..

16-19

4.

O‘quvchilarning jamoat joyidagi muomala madaniyati……………………..

20-23

5.

1- oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni …………………………............

24-26

6.

Mustaqillik - ma’naviy tiklanish va yuksalish……………………………….

27-29

7.

Hushmuomalalik, mehmondo‘stlik va mehnatsevarlik-o‘zbek xalqining asosiy ahloqiy mezonlaridan.…………………………………………………

30-34

8.

21 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilingan kun………………………………….................................................

35-36

9.

Odam savdosiga qarshi olib borilayotgan profilaktik ishlar mazmun mohiyati……………………………………………………………………...

37-38

10.

Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar……………..........................

39-43

11.

Kiyinish, odob –ahloq qoidalari, sharqona kiyinish madaniyati……..............

44-50

12.

18 noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun......

51-55

13.

1 dekabr-“Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”, OITS – XXI asr vabosi yohud yoshlar OITSga qarshi………………………………………….……..

56-59

14.

8 dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Konstitutsiyamiz - baxtimiz qomusi……………………………....................

60-64

15.

10 dekabr-O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

65-67

16.

Yangi yil-zafarlar yili bo‘lsin …………………………………..…………...

68-70

17.

Ma’naviyatga tahdid – o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid………….……...

71-73

18.

So‘zlashish odobi…………………………………………………………….

74-75

19.

Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri ….........................................

76-80

20.
Zulfiya ijodida ayol timsoli, Zulfiyaxonim qizlari…………………..............

81-82

21.

Missionerlik, prozelitizm hamda turli mafkuraviy oqimlardanogoh bo‘ling!..

83-85

22.
Internetning salbiy va ijobiy taraflari.………………………………………..

86-90

23.

Yurt tinchligi uchun barchamiz mas’ulmiz………………………………….

91-93

24.

Hashar – elga yarashar……………………………………………………….

94-65

25.

Ehtiyot bo‘ling uyali aloqa vositasi orqali tarqalayotgan madaniyatsizlik.......

96-98

26.

Reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzi ………….........................

99-104

27.

Tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni asrash….………………………...

105-113

28.

Giyohvandlik, chekish va ichkilikbozlikning zarari va uning naslga ta’siri….

114-118

29.

Kasbim – faxrim……………………………………………………………..

119-120

30.

Oliy ta’lim muassasasalarini ta’lim yo‘nalishlari va u yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish ………………………

121-135




Foydalanishga tavsiya etilayotganadabiyotlar ro‘yxati……………………….

136

MUSTAQILLIK DARSI. FIDOYING BO‘LGAYMIZ SENI O‘ZBEKISTON!


1-MAVZU: MILLIY TARAQQIYOTNING MUSTAHKAM POYDEVORI


Reja:

  1. 2017-yilda iqtisodiyot sohasida qilingan ishlar.

  2. 2017 yil yakunlari bo’yicha YAIM va sanoat ishlab chiqarishi tahlili.

2017-yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lida birinchi qadamlarni qo‘ydik. 


Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha qator qonunlar, farmon va qarorlar, puxta o‘ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. Bu biz uchun kelgusi yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo‘shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi, Qizilqum bag‘ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. 
Hozirgi vaqtda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Yoshlik – 1”, “Yoshlik – 2” konlarini o‘zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg‘ona va To‘palang suv omborlarini qurish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Bu yirik inshootlar ham, hech shubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim voqea bo‘ladi. 
Farg‘ona – Marg‘ilon yo‘nalishidagi temir yo‘l tarmog‘i ayni paytda elektrlashtirilmoqda. 
Yana bir yirik obyekt – Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo‘shimcha ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. 
O‘zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bo‘lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodida kelgusi yili qo‘shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar to‘liq faoliyat boshlaydi. Shular qatorida “O‘zagrotex-sanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatida yangi yilda 5 mingdan ko‘proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq pritseplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 
Bunday misollarni yana uzoq davom ettirish mumkin. 
Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma’qul ish uslubitanqidiy qayta ko‘rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi. 
Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga yetdi. 
Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishdik. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga ko‘paydi. 
Joriy yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va bu tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Yaqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 
Yil davomida biz uchun g‘oyat muhim bo‘lgan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalasi doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ldi. 2017 yilda yangi sanoat korxonalarini qurish, xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. 
O‘z-o‘zidan ayonki, biz aholi bandligini ta’minlashni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan ekanmiz, bu masalaga nafaqat son, balki sifat jihatidan ham alohida ahamiyat berishimiz zarur. 
O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g‘oyat muhim yo‘nalishi bo‘lgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda. 
Ma’lumki, aholimizni, ayniqsa, byudjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelardi. Bu og‘ir ijtimoiy muammoga biz deyarli e’tibor bermay kelganimiz ham bor gap. 
Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, biz joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishdik. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007-yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010-yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014-yilga nisbatan esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilganini ko‘ramiz. 
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, biz keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar qurishni boshladik. 2017-yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o‘zida joriy yilda 420 ming kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir. 
Odamlarimizning hayotiy ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlashda bu muhim masalaning naqadar o‘tkir va dolzarb muammo bo‘lib turganini hisobga olib, bu ishlarning hajmini oshirgan holda, biz yangi yilda ham albatta davom ettiramiz. Chunki, xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishni istaydi. Bizning mehnatkash, oqko‘ngil, bag‘rikeng xalqimiz bunga to‘la haqlidir. 
Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan aniq choralar ko‘rildi. Moliya vazirligi huzurida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi va unga 200 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Ana shu mablag‘lar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta’minoti, turmush sharoiti yaxshilanmoqda. Shu bilan birga, mazkur hududlarda 3 ming kilometrdan ortiq ichki yo‘llar kapital ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi. 
Joriy yilda yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi. 
Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim. 
Ko‘plab ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta’lim qayta tiklandi. 
Joylardagi o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratildi. 
Ta’lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi. 
Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 
Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQShning Vebster universitetining filiallarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ta’kidlash lozim. Oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo‘limlar ochildi. 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimi takomillashtirildi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, uning tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar faoliyati tiklandi. Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasiga saylov o‘tkazilib, o‘zining ilmiy ishlari bilan mamlakatimiz va xalqaro miqyosda nom qozongan iste’dodli olimlar akademik degan yuksak sharafga sazovor bo‘ldilar. Endi barchamiz Fanlar akademiyasidan yangi ilmiy ishlanmalar, istiqbolli tadqiqotlar yaratish bo‘yicha amaliy natijalar kutib qolamiz. 
Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni ko‘zda tutmoqdamiz. Ya’ni O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi shart. 
Joriy yilda madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida gapirganda, avvalo, madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari sohasigataalluqli 12 ta muhim hujjat qabul qilinganini qayd etish lozim. 
Yurtimizdagi ijodiy uyushmalarning ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi, shuningdek, madaniyat va san’at muassasalari hamda yirik kompaniya va banklar hamkorligida “Do‘stlar klublari” tashkil etildi. 
Yana bir muhim yangilik – Toshkent shahridagi Milliy bog‘ hududida muhtasham Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi, Qoraqalpog‘istonda va bir qator viloyatlarimizda ulug‘ adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari barpo etildi. Shuningdek, Qo‘qon shahri, Xorazm va Jizzax viloyat drama teatrlari qayta rekonstruksiya qilindi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tashkil etildi. 
Ma’naviy hayotimizda muhim voqea bo‘lgan ana shunday loyihalar haqida gapirganda, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari boshlanganini alohida qayd etish zarur. Shular qatorida buyuk allomalarimizning yodgorlik majmualari qoshida hadisshunoslik, islom huquqshunosligi, tasavvuf, kalom va aqida ilmi kabi diniy-ma’rifiy yo‘nalishlarni o‘rganish bo‘yicha maxsus maktablar tashkil etildi. Albatta, bizning bu ishlarimiz chuqur ilmiy va amaliy asoslarga ega. 
Ma’lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lgan yurtimiz zaminidan o‘rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma’naviy mulki hisoblanadi. 
Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to‘liq o‘rganilmagan, ular olimlar va o‘z o‘quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo‘laturib, ularni har tomonlama o‘qish-o‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak. 
Biz diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko‘p gapiramiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Lekin ma’rifat, ma’rifiy bilimlar qayerda – avvalo ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday mo‘tabar kitoblarda emasmi? 
Bizning ushbu yo‘nalishdagi barcha amaliy harakatlarimiz aynan mana shunday ezgu maqsadga qaratilgan bo‘lib, nafaqat mamlakatimiz va musulmon dunyosida, balki jahon miqyosida ham katta qiziqish va e’tibor uyg‘otmoqda. Ana shunday bebaho boylikka, minglab bilimdon ulamolar, faol ziyolilarga ega bo‘lgan, bu sohada katta tashabbuslar bilan chiqayotgan xalq va davlat sifatida yurtimizdan qandaydir aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning chiqishi albatta bizga yarashmaydi. 
O‘tgan davr mobaynida tashqi siyosat sohasida xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishdik. 
2017-yilda 21 ta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi, 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Natijada 400 dan ortiq bitim va kelishuvlarga erishildi, qariyb 60 milliard AQSh dollari hajmidagi savdo va sarmoyaviy shartnomalar imzolandi. Qabul qilingan hujjat va kelishuvlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarish maqsadida 40 ta “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 
O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishdik. Natijada mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlanmoqda. 
Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan strategik hamkorlik o‘rnatildi. Qozog‘iston bilan strategik hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish borasida bir qator muhim hujjatlar imzolandi, 2 milliard dollar miqdorida iqtisodiy bitimlar tuzildi. Tojikiston bilan hamkorligimiz har tomonlama mustahkamlanmoqda. Toshkent va Dushanbe shaharlari o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. 
Qirg‘iziston bilan davlat chegaralari to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan katta qadam bo‘ldi. Qo‘shni Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lida muhim kelishuvlarga erishildi, yangi iqtisodiy loyihalar bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Shuningdek, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlari, musulmon mamlakatlari bilan ham samarali bitim va kelishuvlarga erishildi. 
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kabi xalqaro tuzilmalar bilan aloqalarni yangi bosqichda davom ettirmoqda. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorligimiz tiklandi, Yevropa investitsiya banki bilan sheriklik aloqalari o‘rnatildi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki bilan o‘zaro hamkorlik samarali tus olmoqda. 
Mamlakatimizdagi ijobiy o‘zgarishlar dunyo hamjamiyatida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 
Albatta, yil davomida amalga oshirgan ishlarimiz to‘g‘risida yana ko‘p gapirish mumkin. Lekin bularning barchasi biz tanlagan uzoq va mashaqqatli, ayni paytda yagona to‘g‘ri yo‘ldagi dastlabki qadamlar, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. 
Fursatdan foydalanib, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirishda munosib ishtirok etgan davlat va nodavlat tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari va kompaniyalarga, bu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman. 
Mamlakatimizda shakllangan ijobiy an’anaga muvofiq, endi sizlar bilan birga kirib kelayotgan yangi – 2018 yilga qanday nom berish haqida kelishib olishimiz kerak. Biz bu masala bo‘yicha ko‘p o‘yladik. Yil davomida fuqarolarimizdan Prezidentning Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga, davlat idoralariga kelgan ko‘plab murojaat va xatlar, joylarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda bildirilgan fikr-mulohazalarni ham hisobga oldik, jamoatchilik fikrini o‘rgandik. 
2017 yil yakunlari bo’yicha YAIM va sanoat ishlab chiqarishi tahlili
ma’lumotlar bo’iycha 2017 yil yanvar- dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 144,2 trln.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lib, o’tgan yilning tegishli davriga nisbatan o’sish sur’ati 107,0 % ni tashkil etdi.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o’shishining asosiy omili bo’lib, qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish hajmining 6,4 % ga (jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o’sishiga qo’shgan hissasi 5,2 punkt), tog’- kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning – 12,9 % ga (o’sishga qo’shgan hissasi 1,3 punkt), elektr, gaz, bug’ bilan ta’minlash va havoni kondittsiyalashning 4,9 % ga (o’sishga qo’shgan hissasi 0,4 punkt) va suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utili- zatsiya qilishning – 13,5 % ga (o’sishga qo’shgan his­sasi 0,1 punkt) o’sishi hisoblanadi.
Yanvar-dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha sanoat ishlab chiqarish tarkibi – (Batafsil)
Korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi ishlab chiqaradigan (qayta ishlaydigan) sanoatda 112,7 trln.so’mni yoki jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 78,1 % ni, tog’- kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda 18,3 trln.so’mni (12,7 % ni), elektr, gaz, bug’ bilan ta’minlash va havoni kondittsiya- lashda 12,1 trln.so’mni (8,4 % ni) va suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishda 1,1 trln.so’mni (0,8 % ni) tashkil etdi.
Tog’-kon sanoatida chaqiq tosh qazib olish hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 39,1% ga, shag’al – 22,2 % ga, ko’mir – 4,4 % ga, tabiiy gaz – 0,5 % ga oshganligini va neft ishlab chiqarish hajmining 6,3% ga kamayganligini kuzatish mumkin. Qayta ishlash sanoatida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 58,1 % ga, ko’k choy – 21,9 % ga, avtobuslar – 16,4 % ga, yuk avtomobillari – 7,5 % ga, o’sim- lik moylari – 5,4 % ga oshganligini va shakar, paxta tolasi, dizel yoqilg’isi va avtomo- bil benzini ishlab chiqarish hajmining o’tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada pasayganligini kuzatish mumkin. Elektr, gaz, bug’ bilan ta’minlash va havoni kondittsiyalashda elektr energiya ishlab chiqarish hajmining 3,0 % ga oshib, 60 mlrd. kVt/s tashkil etganligini, issiqlik energiyasini esa 4,5% ga kamayganligini kuzatish mumkin.
Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida Toshkent shahar (umumiy hajmning 19,6 % ulushini), Toshkent (14,6 %), Andijon (9,2 %), Navoiy (9,1 %), Qashqadaryo (7,5 %), Farg’ona (6,7 %) va Samarqand (6,4 %) viloyatlari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Shu bilan birga eng kam ulush Surxondaryo (1,5 %), Jizzax (1,6 %), Sirdaryo (2,4 %), Namangan va Xorazm (2,7 %) viloyatlariga to’g’ri keladi.
Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida Toshkent shahar (umumiy hajmning 19,6 % ulushini), Toshkent (14,6 %), Andijon (9,2 %), Navoiy (9,1 %), Qashqadaryo (7,5 %), Farg’ona (6,7 %) va Samarqand (6,4 %) viloyatlari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Shu bilan birga eng kam ulush Surxondaryo (1,5 %), Jizzax (1,6 %), Sirdaryo (2,4 %), Namangan va Xorazm (2,7 %) viloyatlariga to’g’ri keladi.
Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha yuqori texnologiyali loyi- halarni amalga oshirish natijasida Andijon (2016 yil yanvar-dekabrga nisbatan 125,8 % ga), Xorazm (115,5 % ga) va Namangan (107,3 % ga) viloyatlarida, Qoraqalpog’iston Respublikasida (109,4 % ga) va Toshkent shahrida (109,2 % ga) sezilarli darajada ishlab chiqarish hajmining oshishi ta’minlandi.
Tayyor mahsulot turlarining kengayishi va ishlab chiqarilishini qo’llab quvvatlash, iste’mol tovarlar ishlab chiqarilishining 2016 yil yanvar- dekabr oylariga nisbatan (102,7 % ga) o’sishini ta’minladi, jami sanoatdagi ulushi esa 38,9 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish tabaqalanishining tahlili Navoiy viloyati (13772,5 ming so’m), Toshkent shahri (11579,3 ming so’m), Toshkent viloyatida (7401,8 ming so’m ) o’rtacha respublika darajasi ko’rsat- kichidan (4451,9 ming so’m) ancha yuqoriligini ko’rsatmoqda.
Ho’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun qulayroq iqtisodiy sharoitlarni yaratish bo’yicha amalga oshirib kelinayotgan ishlar, mahalliy ahamiyatga ega korxonalar (davlat ulushi yuqori bo’lgan korxonalarsiz) rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 76,0 trln.so’mni tashkil etib (jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 52,7 %), o’tgan yilning mos davriga nis­batan 106,1 % ga o’sishi ta’minlandi.
Respublika bo’yicha ushbu korxonalarning ishlab chiqarish hajmi eng ko’proq Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Farg’ona va Andijon viloyatlari korxonalari salmog’iga to’g’ri keladi. Eng yuqori o’sish sur’atlari esa Toshkent shahrida (109,9 %), Toshkent (108,7 %), Namangan (107,0 %), Farg’ona (106,1 %) va Andijon (105,7 %) viloyatlarida ta’minlandi.
Ayni paytda respublikada 49 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat yuri- tayotgan bo’lib, shu jumladan 10,2 mingta korxona 2017 yil yanvar- dekabr oy­larida tashkil etilgan bo’lib, ulardan: Toshkent shahriga 2,6 mingta korxona, Farg’ona viloyatiga 1144 ta korxona, Toshkent viloyatiga 1057 ta korxona, Samarqand viloyatiga – 895 ta, Namangan va Andijon viloyatlariga 800 tadan ortiq korxona, Buxoro viloyatiga 500 taga yaqin korxona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga 400 tadan ortiq korxona, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga 300 tadan ortiq korxona, Navoiy va Sirdaryo viloyatlariga 200 tadan ortiq korxona to’g’ri keladi.
Sanoat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha amalga oshirilgan choralar natijasida sanoatda band bo’lgan 1 kishiga mehnat unumdorligi 2017 yil yanvar-dekabr oylarida o’tgan yilga nisbatan 5,6% ga ko’payishi ta’minladi. Shu bilan birga, respublikada o’rtacha ko’rsatkichidan (68690,2 ming so’m) mehnat unumdorligi ko’proq Toshkent shahrida (122498,6 ming so’m), Sirdaryo (100165,8 ming so’m), Qashqadaryo (99299,1 ming so’m), Navoiy (94884,4 ming so’m) viloyatlarida va Qoraqalpog’iston Respublikasida (81524,6 ming so’m) kuzatildi.

Nazorat uchun savollar:
1.Vatan deganda nimani tuShunasiz?
2.Mustaqillik nima?
3. Vatanimiz erishayotgan yutug‘larni aytib bering?
4. Sizningcha eng vatanarvar inson kim?


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.


2-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI MAZMUN MOHIYATI.


Reja:
1. Mustaqillik yillarida yoshlarga oid siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirishning qonuniy asoslari.
2. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati mazmun mohiyati.

Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ga hamda kuchli ijtimoiy siyosat prinsiplariga asoslangan holda yoshlar huquq va manfaatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qator qonunlarda mustahkamlab qo‘yildi. 1991 yil 20 noyabrdayoq qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun yoshlarning ijtimoiy hamda ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirishning qonuniy asosini yaratib berdi. Shuningdek, Oila kodeksi, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi, “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risi-da”gi, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi qonunlar yoshlar tarbiyasida, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishda, ish bilan band qilishda, huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim huquqiy baza vazifasini o‘tamoqda.


Davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yosh­larga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha cho­ra-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qa­rori mustaqillik yillarida olib borilgan bosqichma-bosqich, tadrijiy islohotlarning mantiqiy va qonuniy davomi bo‘lib, bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Qarorning aynan bugungi kunda qabul qilinishi fikrimizcha, qu­yidagilar bilan izohlanadi: Birinchidan, mustaqil­lik yillarida yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirgan ishla­ri­mizni sarhisob qilar ekan­miz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum o‘zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda, er­tangi kun talablaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiya­tini rivojlantirish yo‘lidagi izchil harakatlari­mizda yoshlarning faol ishtirokini kuchaytirishi­miz­ga ehtiyoj tug‘ilgani,ikkinchidan, ho­zirgi paytda mamlakatimiz yosh­larining siyosiy-huquqiy mada­ni­yati va ijtimoiy ong da­ra­ja­sining o‘sib borishi, ja­miyatni demokratlashtirish va liberal­lash­tirish jarayon­la­rining jadal rivojlanishi, yosh avlodning ilm-fan, sport sohasida erishayotgan yutuqlari bu sohadagi islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tari­shi­miz uchun zarur shart-sha­roit­larni yuzaga keltirayot­gani, uchinchidan, jahon miqyo­sida glo­bal­lashuv va axborot texnologiyalari tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz be­ra­yotgan tub o‘zga­rishlarni xoli­sona va tanqidiy baholagan holda farzandlarimiz kelajagini ko‘z­lab, yoshlar siyosatini amalga oshirishda qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilab olish zaruriyati, to‘rtinchidan, har tomonlama chuqur o‘y­lan­­gan, aniq maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yoshlarga oid dastur va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‘lgan mamlakat va xalq pirovard nati­jada muvaffa­qiyat­ga erishishi shular jumlasidandir.
Xalqimizda “Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil”, degan serhikmat maqol bor. Shundan kelib chiqib, hozirgi tahlikali dunyo­ning bir qator mamlakatlarida kuzatilayotgan turli to‘s-to‘polonlar, tartibsizliklar negiziga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularda davlatning o‘sib-unib kelayotgan yoshlarga, ularning hayotdagi qiziqishlari, huquq va manfaatlariga e’tiborsizligi, ulardagi yoshlarga oid siyosatning hozirgi zamonning yangi tahdidlariga javob bermasligi oqibatini ko‘rish mumkin. Ularda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi, ularni ish bilan band qilish, sog‘­lom turmush tarziga o‘rgatish o‘z xoliga tashlab qo‘yilgani achinarli, albatta. Bunday mamlakatlarda davlat va yoshlar o‘rtasida uzilish paydo bo‘lganligini kuzatish mumkin. Ko‘pgina muammolarning zamirida zamon talab qilgan aniq bir kasb-hunarga ega bo‘lmaslik va natijada, ishsizlik, bekorchilik yotadi. Ayniqsa, bugungi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan asrda kimlardir bu texnologiyalarni bunyodkorlik, ilm-fan, taraqqiyot yo‘lida qo‘llasalar, kimlardir ijtimoiy tarmoqlar orqali millionlab ongi mo‘rt, hayotda mustaqil fikrlashga, pozitsiyaga ega bo‘lmagan yoshlarni to‘rga tushirish va o‘z qabih maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida foydalanmoqdalar. Maqsad — yoshlar qalbini egallash, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoxud xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazish, uni o‘z dunyoqarashiga bo‘ysundirish, ma’naviy jihatdan zaif va tobe qilish. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ko‘ra dahshatlidir.
Bunday sharoitda har qanday hushyor davlat tibbiy til bilan aytganda, “emlash” choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek “Barchamiz bugungi hayot oldimizga qo‘yayotgan bir achchiq haqiqatning ma’no-mazmuniga etib borishimiz zarur. Bu achchiq haqiqat shundan iboratki, agarda kimda-kim bizning mustaqil taraqqiyot yo‘limizni, orzu-maqsadlarimizga erishish yo‘lini, yangi jamiyat qurish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali suyagi qotmagan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning ma’naviyatini buzib, bizning azaliy tabiatimiz va muqaddas odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan g‘oyalar bilan chalg‘itib, o‘zining g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol qilib olishga urinadi. Milliy manfaatlarimiz va maqsad-muddaolarimizga begona bo‘lgan bunday zararli mafkuralar tajovuzi, boshqa xavf-xatarlar, ayniqsa, bizning mintaqamizda kuchayib bormoqdaYoshlarimizni bu balo-qazolardan asrash uchun jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday bo‘shliq yuzaga kelgan taqdirda esa, uni yoshlarning ilmga, kasb-hunarga, sog‘lom turmush tarziga, bunyodkorlik ishlariga qiziqishlari bilan hamohang bo‘lgan yangicha hayot mazmuni, yangicha qadriyatlar bilan to‘ldirish lozim. Eng muhimi, shuni unutmasligimiz kerakki, yoshlarimizga, binobarin, kelajagimizga tahdid solib turgan bu xavflarning oldini olish uchun bugun qat’iy harakat qilmasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin”. Shu nuqtai nazardan Qaror aynan shunday holatlarga nisbatan o‘z vaqtida qabul qilingan bo‘lib, profilaktik xususiyatni ham qamrab oladi.
Qarorga binoan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘­shimcha chora-tadbirlar Dasturi” ma’qullandi.
Dastur 7 bo‘lim, 67 banddan iborat. Unda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar ko‘lami ham keng bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, sud-huquq sohalarini o‘zida mujassamlashtirgan. Unda yosh­larning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvat-lash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini tar­g‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi eng muhim va dolzarb yo‘nalishlarda chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Dasturda belgilangan yo‘nalishlar o‘zaro uzviy, chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini taqozo etadi.
Dasturning birinchi bo‘limida “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish, mahallalardagi Voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliya­tini samarali tashkil etish, yoshlarni davlat hokimiyati organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to‘laqonli tushuntirish, yosh avlodni ushbu jarayonlarga keng jalb qilishga qaratilgan turli targ‘ibot loyihalari, tanlovlar, forumlar tashkil qilish belgilangan. Yana alohida e’tiborli jihati shundaki, mazkur bo‘limda ta’lim muassasalari har uch bos­qichini qamrab oladigan “Huquq bilimdonlari”, “Siz qonunni bilasizmi?”, “Tafakkur sinovlari” tanlovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bundan maqsad o‘quv­chi va talaba yoshlarning hu­quqiy savodxonligini oshi­rish, huqu­qiy madaniyatini yuksaltirishdir. Zero, jamiyat­ning demok­ra­tiya yo‘­lidan jadal rivojla­ni­shi va bu borada amalga oshi­ri­la­yotgan islohotlar­ning mu­vaffaqiyati ko‘p ji­hatdan yoshlarning huquqiy ongi va huqu­qiy madaniyat da­raja­siga bog‘liqdir.
Yoshlarni davlat hokimiya­ti organlari faoliyati bilan tanishtirish vazifasiga keladigan bo‘l­sak, bu ham ularning huqu­qiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalashga, yuksaltirishga xizmat qiladi.
Dasturda, shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun “Biznes-inkubator”lar tashkil etishdan ta’lim kreditlarini berish tizimini yanada takomillashtirishgacha, yoshlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilishdan erta nikohlarning oldini olishgacha muhim chora-tadbirlar belgilab olingan.
Zero, amalga oshirilayotgan mazkur islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad farzandlarimizni bizdan ko‘ra kuchli, bilimli dono va albatta, baxtli bo‘lishi, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lishi, milliy o‘zligini, kimning, qanday buyuk zotlarning vorisi ekanini, Vatan tuyg‘usini chuqur anglaydigan, irodasi mus­tahkam, yuksak ma’naviyatli bo‘lib etishishidir.


Nazorat savollari
1. Mustaqillik yillarida yoshlarga oid siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirishning qonuniy asoslarini aytib bering?
2. “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunini sharhlab bering?
3. “O‘zbekiston Respublikasida yosh­larga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha cho­ra-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qa­rorini sharhlab bering?
4. Keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish deganda nimani tushunasiz?
5. Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni sanab bering?


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.


3-MAVZU: MA’NAVIYATNI ANGLASH, O‘ZLIKNI ANGLASH DEMAKDIR.


Reja:
1. Ma’naviyatni anglash, ma’naviyat tushunchasi va uning ta’rifi.
2. Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar.

Yurtboshimizning inson tafakkuriga ma’naviy nur, qalbiga shuur bag‘ishlov-chi «Yukask ma’naviyat-yengilmas kuch» asari 2008 yilda chop etilib, qo‘limizga etib keldi. Asarning asosiy maqsadi xalqlar va davlatlar taraqqiyotida ma’naviyat omilining rolini ko‘rsatib berish, mustaqillik yillarida yurtimiz taraqqiyotini ta’minlashda ushbu omilga ustuvor o‘rin ajratish orqali mamlakatimiz rivojining bugungi darajasiga etishida naqadar katta ahamiyat kasb etganligini bayon qilib berishdan iboratdir. Asar hur ma’no so‘zlar, sodda va ommabop tilda yozilishi bilan bir qatorda insonni-inson bo‘lib shakllanishida, kamolotga etishida buyuk ozuqa bo‘lmish, ma’naviyatni engilmas kuch ekanini isbotlab bergan. Bu buyuk kuch har bir insonning qalbidan joy topar ekan o‘sha qalb poklanishi, insoniy fazilatlar bilan burkanib ruxan uyg‘onishi kamolotga etishini tariflab isbotlab bergan: ma’naviyatsiz inson barkamol darajaga etolmaydi, ma’naviy qashshoq insonlar bilan hech qachon jamiyat rivoj topmasligini, maqsad muddaolari amalga oshmasligini amaldagi xayotiy misollar bilan isbotlagan.


“Ma’naviyat - deb yozadi muallif: insonni ruxan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdoninig uyg‘otadigan beqiyos kuch uning barcha qarashlarining mezonidir.
Darxaqiqat ma’naviyat xaqida gapirar ekanmiz odam bolasiga daxldor barcha insoniy fazilatlarni ko‘z odimizga keltiramiz.
Bu fazilatlar: Yaxshilik, halollik, poklik, saxiylik, mehribonlik, sharmu – hayo, or – nomus, mehnatsevarlik, ilm – ma’rifatliylik, rostguylik, to‘g‘riso‘zlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik kabilardir.
Demak insonni jamiyki jonzotlardan farqlab, sarvar qilib turadigan fazilatlarining majmuyi uning ma’naviyatini tashkil qiladi. Bu fazilatlar insonda tanqis bo‘lsa etishmasa bilinki, bunday inson ma’naviy qoshshoq insondir. Ma’naviy qoshoq odam-eng yomon odam u sendan foyda ko‘rsagina senga oshno, foydang tegmasa begona, xatto dushmanga aylanadi. Ana shunday insonlar ma’naviy etuk va ma’naviy qashshoq odamlar xaqida Islom Karimov o‘z asarida shunday deydi: “Albatta, bu dunyoda xalol va pok yashashni o‘zi uchun xayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aynan anashunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olmada ma’naviyat xamisha barqaror bo‘lib keladi.
Lekin bunday oliyjanob fazilatlardan butunlay uzoq bo‘lib yashaydigan, xayotning ma’no mazmunini o‘zicha talqin qiladigan shaxslar xam oz emas. Ming afsuski, ular o‘zini xuddiki dunyoning xaqiqiy egasidek, bekamu ko‘st, boshqalarning xavasini tortadigan umir kechirayotgandek, baxt qushi boshiga qo‘ngandek xis qilishga urinadi”.
Ammo xayotimizda jamiyatning bunday kushandasiga aylanib ketgan nopok insonlarni ko‘rsak-da, ba’zan “Yo‘lini topibdimi, qandini ursin”, “Uzumini eng-u, bog‘ini surishtirmang” degan maqollar xam borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
“Albatta bunday maqol-matallar bejiz paydo bo‘lmagan, ular xam ma’lum bir xaqiqatning ifodasi. Binobarin, biz xayotning mano-mazmunini shunday tushunib, shu asosda yashashga intiladigan kishilar xam borligini inkor eta olmaymiz.
Lekin, mening nazarimda bunday gaplar odamning boylik va mol dunyoning qanday yo‘llar bilan topayotganiga loqayd va beparvo qaraydigan, manfaat paraz shaxslar tomonidan to‘qib chiqarilgandek tuyuladi. Ularning fikricha, inson o‘z boyligini peshona teri to‘kib, Ollox bergan aql-idrok va tafakkurini ishlatib topyaptimi yoki qing‘ir-qiyshiq, xarom-xarij yo‘llar bilan ortiryaptimi-bu go‘yoki xech kimni qiziqtirmasligi kerak.
Shu bois biz ma’naviyat xaqida fikr yuritar ekanmiz, bu masalani atroflicha va chuqur taxlil etishimiz, uning faqat o‘zimizga ma’qul ijobiy tomonlari bilan cheklanib qolmasdan anashunday murakkab jixatlarni xam nazardan chetda qoldirmasligimiz lozim.
Olloh tomonidan berilgan inson xayotini naqadar murakabligi “Bu dunyoda xar kim ekanini oladi, bug‘doy ekib, arpa olishning iloji yo‘q” - degan xalq maqolini naqadar hayotiy ekanligini ko‘ramiz. Shoir aytganidek:
Illat izlaganga illatdir dunyo,
G‘urbat izlaganga g‘urbatdir dunyo,
Kim nima izlasa etar murodga,
Hikmat izlaganga xikmatdir dunyo.
Prezidentimiz bu asarida xammabop va tushunarli qilib, o‘z peshona teri bilan xalol turmush kechiradigan inson xayotidan mamnun va rozi bo‘lib, qalbi va yuragi osoyishta, vijdoni pok, ruxiy olami barqaror bo‘lib, elning xurmatini qozonib yashaydi. Ikkinchi tomondan bu dunyoda engil-elpi, xar xil nopok yo‘llarga berilib, insoniy burchini unitib, mol dunyoga intilib yashagan odam, achinarlisi shuki, xayotining so‘ngida armon va nadomadlarga botib o‘z umrini tugatadi.
Inson ma’naviy olamining yuksalishi bilan bog‘liq turli xolatlar xaqida ko‘p gapirish mumkin. Lekin, muxtasar qilib aytganda, Ollohning o‘zi bizga buyurgan komil inson bo‘lish xalollik va adolat bilan xayot kechirish kabi oliy janob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki anashunday xususiyatlarga ega bo‘lish, ularga amal qilib yashash-odamzotning ma’naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon, desak xech qanday xato bo‘lmaydi”-deb ifodalaydi.
Yurtboshimizning bu xayotiy fikrini naqadar xaqiqat ekanligini isboti sifatida 2004 yil 9 iyul kuni Samarqand viloyati xalq deputatlarining navbatdan tashqari kengashining sesiyasida “Raxbar tashabuskor, talabchan va albatta adolatli bo‘lmog‘i zarur deb so‘zlagan nutqini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Yurtboshimiz o‘z ma’ruzasida Samarqand viloyati xokimi qilib tayinlangan olim-professor odam o‘z raxbarlik vazifasini suiieste’mol qilib mahalliychilik illatlariga berilib, davlatning ma’suliyatli idoralariga, tashkilotlariga o‘z tanish bilishlarini va qarindoshlarini o‘tkazib, davlat, xalq mulkini talon-taroj qilinishiga sabab bo‘ldi. Qisqa muddat ichida Samarqand viloyatining iqtisodiy soxasiga katta ulkan zarar keltirdi. Natijada o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bunday noqobil ishlarni qilmaslikni uqdirib, Prezidentimiz bu asarida shunday yozadi: “Chindan xam agar odamzod bu dunyoda ruxan pok bo‘lib, irodasi baquvat iymoni butun, vijdoni uyg‘oq bo‘lib yashamas ekan, inson xayotining qanday ma’nosi qoladi?
Mana shu savol xar bir sog‘lom fikrlaydigan odamni xamisha o‘ylantirishi, sergaklikka chorlab turshi zarur bunday ezgu maqsadlarga esa faqat yuksak ma’naviyat, uzluksiz ma’naviy tarbiya orqaligina erishish mumkin.
Ma’naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu xayotning bazida achchiq, bazida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo‘lib singib boradi. Ayniqsa tabiatga, odamlarga yaqinlik, doimo yaxshilikni o‘ylab yashash, xalol mexnat qilish, dunyoning tengsiz ne’mat va go‘zalliklaridan baxramand bo‘lish ma’naviyatga oziq beradi, uni yanada kuchaytiradi.
Umuman olganda. Insoniyat tarixi ma’naviyat –insonning, xalqning jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch qudrat manbayi ekanini, bu xayotda ma’naviyatsiz xech qachon odamiylik va mexr-oqibat, baxt va saodat bo‘lmasligini yaqqol tasdiqlaydi. Islom Karimov o‘z asarida bu xaqida shunday deydi:
“O‘ylaymanki, yer yuzida qancha inson, qancha taqdir bo‘lsa, xar birining o‘z ma’naviy olami bor. Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish anglashkerak. Shuning uchun xam o‘zligini, insonning qadr-qimmatini anglab etgan xar qanday odam bu xaqda o‘ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin”. Bu asarda yana ma’naviyatimizni shakllantirishda xalqimizning tarixiy xotirasi, urf-odatlar, milliy qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodi haqida batafsil bayon etilgan. “Albatta har qaysi xalq yoki millatning – deb yozadi yurtboshimiz - ma’naviyatini uning tarixi o‘ziga xos urf – odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada tabiiyki ma’naviy meros, madaniy boyliklar ko‘xna tarixiy yodgorliklar eng muhum omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”. Ma’naviyatimizni shallantirishda ayniqsa yutimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, mutafakkir bobokalonlarimizning xizmatlari yuksakdir. Ma’lumotlarga qaraganda uch mingdan ziyod allomalarimiz yashab o‘tgani, ulardan qolgan asarlar, qo‘lyozmalarini agar boshdan oyoq ko‘chirib yozsa, bir odamga to‘rt ming yil ketar ekan. Bunday noyob xazinalarimiz haqida kitobda – bu ko‘xna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari, hal – hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim- qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va xunarmandchilik madaniyati, me’morlik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlantirilganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida to‘rt mingdan ziyod moddiy – ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi”. Kitobda miloddan avvalgi 6-4 asrlarda ulug‘ vatandoshimiz Zardo‘sht tomonidan yaratilgan “Avesto” haqida ijodkor va san’atsevar xalqimiz yaratgan xalq og‘zaki ijodi haqida, ezgulik va yangilanish timsoli bo‘lgan “Navro‘z” bayramlarimiz haqida ma’naviyatimiz-ning shakllanishidagi beqiyos o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Istiqloldan keyin mamlakatimiz gullab yashnab bormoqda. Qadriyatlarimiz tiklandi. Urf-odatlarimiz, ahloq-odob qoyidalarimiz o‘rniga qaytdi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq Yurtboshimizni tashabbusi bilan mamlakatimizda farzandlarimizga axloq-odobdan dars berish uchun ilk bora 1991 yilda “Odobnoma” fan sifatida maktab ostonasidan kirib bordi. Farzandlarimiz bu yuksak qadriyatimizni o‘rgana boshladi. Faxr va iftixor bilan aytamizki, mamlakatimiz maktablariga ilk bora dars sifatida o‘qitilayotgan “odobnoma” darsligi bizning go‘zal Farg‘onamizdan etishib chiqdi. Bu esa 70 yildan ziyod mustabid turmush davrida oyoq osti qilingan va eskilik sarxiti deb surib qo‘yilgan qadriyatlarrimiz, ahloq- odob qoidalarimizni istiqlol quyoshi ostida jilovlanishi ko‘zlarimizni quvontirib, qaddini roslashi edi. Albatta bu quvonchlar yurtboshimiz Islom Karimov boshchiligida muqaddas dinimiz, milliy va umumbashariy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatlarining ramzi edi.
Islom Karimov boshchiligida mamlakatimizda istiqlolimizning dastlabki kunlaridanoq muqaddas dinimiz, diniy idoralar, diniy e’tiqod haqida har bir fuqaroning vijdon erkinligi ta’minlovchi “Diniy idoralar va vijdon erkinligi to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Muqaddas dinimizni qalbimizda qanchalar chuqur joy olgani, uni xalqimiz uchun yuksak e’tiqod ekanligini Prezidentimiz bu asarida shunday ta’riflaydi: “Shu o‘rinda ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yana bir mezon - muqaddas dinimiz haqida alohida to‘xtalib o‘tishni zarur deb bilaman. Barchamizga yaxshi ma’lumki din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak idiallari, xaq va xaqiqat insof va adolat to‘g‘risidagi orzu – armonlarini o‘zida mujassam etgan ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlib bir tizimidir. Bu sohadagi bunyodkorlik ishlarimiz tufayli mamlakatimiz Poytaxti go‘zal Toshkent shahrimizni 2007 yilda “Islom madaniyati poytaxti” debataldi. Asarda bu haqida “Nufuzli xalqaro tashkilot bo‘lmish Islom konfirensiyasi Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzulmasi – AYSESKO tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilingani ham ana shunda y yuksak e’tirofning yana bir tasdig‘idir.
Nazorat savollari
1. Ma’naviyatni anglash deganda nimani tushunasiz?
2. Ma’naviyat tushunchasiga ta’rif bering?
3. Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlarni aytib bering?
4. «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asari haqida gapirib bering?


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.


4-MAVZU: O‘QUVCHILARNING JAMOAT JOYIDAGI MUOMALA MADANIYATI.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish