2-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni so’zlab bering.
Muloqotning biznesdagi o‘rni
Biznes muloqot Shaxsiy va ijtimoiy muloqotga nisbatanrasmiyligi bilan xarakterlanadi. Har qanday biznesning muvaffaqiyati gʻoyatda yaroqli va samarali muloqotga bogʻliq boʻladi. Bu muloqot biznes tashkilotlari, bozorda, tashkilotlar va ishchilarning turli xil guruhlari, biznes egalari va ishchilari, xaridorlar va sotuvchilar, xizmat ta’minotchilari va mijozlar, savdo va tashkilot xodimlari hamda matbuot xodimlari oʻrtasida ham sodir boʻladi. Bu kabi barcha muloqotlar biznesga oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Diqqat bilan qilingan bu kabi muloqot biznes manfaatlariga koʻmaklashadi. Aks holda, u tashkilotni nochor ahvolda koʻrsatadi.
Muloqot har qanday tashkilot uchun hayotiy kuch manbaidir. Har qanday tashkilotda asosiy muammo samarali muloqot jarayonidir. Odatda, boshqaruv muammosi yetarli darajada boʻlmagan muloqotga sabab boʻladi. Buyruqlarni notoʻgʻri talqin etish jiddiy xatolarni keltirib chiqaradi. Muloqotdagi asosiy muammo talqin etilgan ma’no boʻlib, uni soʽzlovchi koʽzda tutmagan boʻlishi mumkin. Soʻzlovchi va tinglovchi alohida ikki shaxsligi, ularning oʻz cheklovlari mavjudligini va ular oʻrtasidagi xabarda ma’no buzilishi mumkinligini anglab yetish shart.
Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Ichki muloqot yuzma-yuz va yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlari, aylanma farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot namunalaridir.
Muloqot biznesning hayotiy kuch manbaidir. Hech qanday biznes samarali muloqot tizimi mavjud boʻlmaganda rivojlana olmaydi.
Muloqot biznesning qandayligi va oʻlchamidan qat’i nazar tashkilotni birgalikda ushlab turuvchi poydevordir.
Insonlarning tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot, tashkilotdagi xodimlarning tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi.
Jamoada yaxshi ishlash qobiliyati, qoʻl ostidagilaringizni boshqarish va sizdan yuqori lavozimdagi shaxslar, xaridorlar va hamkasblar bilan munosabatingiz sizning muloqot qilish mahoratingizga bogʻliq boʻladi.
Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki Xaridorlar, dilerlar yoki distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir.
Biznesni tashkil etishda Biznes reja tuzish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida Biznes reja tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: BIZNES REJA – aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisob – kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari o’z aksini topadi. B.r. O’z tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 bo’limdan iborat asosiy qismga bo’linadi. B.r.da loyiha bo’yicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning Xaridorgirligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli bo’lgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va xaridorgirligi, narxi to’g’risida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yo’l bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni rag’batlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va b.); mahsulot i.ch. Rejasi (i.ch. Aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, i.ch. xarajatlari va b.); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliy – huquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha bo’yicha barcha ma’lumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari ko’rsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qaerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qaerdan olinishi va xarajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqti va b.) o’z ifodasini topadi. B.r.ni ishlab chiqishda tadbirkorning o’zi (“birinchi rahbar”), firma (xo’jalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. B.r. ekspertlar ko’rigidan o’tkaziladi va olingan xulosalarga tayanib B.r. yanada mukammallashtiriladi. B.r. Kredit berish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |