O‘zbek tili fonetikasi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

 o 
yarim keng    
 e  
 o‘ 
tor  
 
 
 i  
 u 
Unlilarning  keng,  yarim  keng,  tor  deb  bo‘linishlariga  sabab  shuki,  ularni 
talaffuz  qilish  paytida  quyi  jag‘ning  pastga  tushuvi  yoki  tilning  qattiq  tanglaydan 
uzoqligi  har  xil  darajada  bo‘ladi.  Masalan,  i  unlisini  talaffuz  qilish  vaqtida  til 
maksimum  darajada  ko‘tariladi,  pastki  jag‘  ham  shunday  pozitsiyani  egallaydi. 
Natijada  til  bilan  qattiq  tanglayning  orasi  minium  darajada  yaqinlashadi  va  og‘iz 
bo‘shlig‘idagi  havo  yo‘li  ham  minium  darajada  qisqarib,  torayadi.  Ana  shuning 
uchun  ham  i,  u  fonemalari  tor  unlilar  deyiladi.  Bu  yerda  u  bilan  i  ni  bir  qatorga 
qo‘yishning  sababi  shundaki,  ularning  talaffuzi  vaqtida  qattiq  tanglay  bilan  tilning 
oralig‘i  deyarlibir  xil  bo‘ladi.  Lekin  u  ning  talaffuzida  lab  faol  ishtirok  etganligi 
uchun unda lablanish hodisasi yuz beradi. 
a  unlisini  talaffuz  qilish  vaqtida  og‘iz  bo‘shlig‘ining  holati  esa  tor  unli  i 
tovushini  talaffuz  qilishdagi  holatdan  keskin  farq  qiladi,  ya’ni  a  tovushini  talaffuz 
qilishda  pastki  jag‘ning  quyiga  tushishi  ham,  tilning  qattiq  tanglaydan  uzoqlashishi 
ham maksimum darajada bo‘ladi. Shunga ko‘ra til bilan tanglay o‘rtasidagi havo yo‘li 
ham maksimum darajada keng bo‘ladi. 
                                                                 
1
 Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука, 1970. -С.27. 
 


20 
 
Ana  shuning  uchun  ham  a,  o  unlilari  keng  unlilar  deb  ataladi.  e  bilan  o‘ 
tovushini talaffuz qilgan vaqtda esa til bilan qattiq tanglayning oralig‘idagi masofa i 
va o‘ tovushini yoki a bilan o ni talaffuz qilgandagi holatga nisbatan o‘rtacha holatda 
bo‘ladi. 
Unli fonemalarning uch bosqichli zidlanishi deyarli barcha o‘zbek tilshunoslari 
tomonidan  e’tirof  etilsa-da, lekin bu  uch  bosqichli  zidlanishni tashkil  etayotgan unli 
fonemalarning miqdori masalasida tilshunoslar o‘rtasida bir xillik yo‘q. 
Ko‘pchilik  tilshunoslar  Ye.D.Polivanov  tomonidan  ko‘rsatilgan  oltita  fonema 
borligini tan oladilar.
1
 Faqat professor M.Mirtojiev o‘zbek adabiy tilidagi unlilarning 
oltitadan ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.
2
 
Shuningdek,  fonema  nazariyasi  yaratilgandan  buyon  birinchi  planda  sanalib 
kelinayotgan  fonemaning  funksional  tomoni  rad  etiladi.  Xususan,  muallif  yozadi: 
“Inson  tovushining  ikki  asosi  bor:  1)  akustik  asos  2)  biologik  asos.  Ba’zi 
adabiyotlarda  yana  lingvistik  asos  haqida  ham  gap  boradi.  Bunda  esa  tovushning 
nutqdagi vazifa tomoni nazarda tutiladi. Biroq tovush nutqda vazifa bajarmaydi, balki 
nutq mazmunining eng kichik bo‘lagi bo‘lgan fonemaning shakli hisoblanadi”.
3
 
Odatda,  LFM  (Leningrad  fonologik  maktabi)  vakillaridan  boshqa  barcha 
tilshunoslar  fonemaga  so‘z  va  morfemalar  tarkibida  kelib,  ularning  ma’nosini 
farqlash  uchun  xizmat  qiladigan  va  o‘zi  ma’noga  ega  bo‘lmagan  bir  yoqlama  birlik 
sifatida  qaraydilar,  bu  bilan  fonemani  ikki  yoqlama  birliklar  –  morfema  va 
leksemalarga qarama-qarshi qo‘yadilar. 
M.Mirtojiev o‘zbek adabiy tilidagi unlilarni og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra 
an’ana  bo‘yicha  uch  darajaga  bo‘lgani  holda,  ularning  miqdorini  quyidagicha 
ko‘rsatadi: 
Tilning yuqori ko‘tarilishidagi unlilar:  

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish