o‘z (bosib o‘tmoq), yn (ovoz)- un (g‘allaning tortilgani).
Lekin hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalari uchun, darhaqiqat, qator
belgisi fonologik qimmatini yo‘qotgan. Shuning uchun hozirgi o‘zbek adabiy tili unli
fonemalari uchun bu belgi tasnif asosi bo‘la olmaydi.
Demak, hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalarining ikki belgi asosida
tasniflanishi maqsadga muvofiq:
1) og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra: keng, o‘rta keng (o‘rta tor), tor;
2) labning ishtirokiga ko‘ra: lablangan, lablanmagan.
Lekin o‘zbek shevalarida uchinchi belgi - qator belgisi ham farqlovchi belgi
sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |