18-mavzu: Telenomus entomofagining biologiyasi
Kerakli jihozlar:
Rasmli jadval
Hasharotlarning ko’rgazmali namunalari
Tarqatma materiallar
Pardasimonqanotlilar (Hymenoptera) turkumi. Sselionidlar (Scelionidae) oilasi. O’lchami 0,6-6 mm bo’lgan , odatda qora rangli hasharotlardir. Ko’pincha mo’ylablari 11–12, kamdan-kam 10 bo’g’imli, asosi xalqachasiz, ular peshona o’simtasiga emas, balki bevosita Og’iz teshigiga birikkan. Oldingi qanotida marginal va radial tomirlar rivojlangan. Qorin yonlari hoshiyali yoki o’tkir yonli.
Imago Tuxumni zararlash jarayoni
28-rasm. Tuxumxo’r Telenomus
Sselionidlar yirik oila hisoblanib, odatda turli hasharotlar va kam hollarda o’rgimchaklar tuxumida parazitlik qiladi. Ko’pchilik turlari yakka-yakka holda parazitlik qiladi. Tuxum qo’yish jarayonida Urg’ochi oldindan zararlangan tuxumlarni ajrata olishi mumkin. Ko’pchilik turlari polivoltin, bir avlodi rivojlanishi 10-30 kun davom etadi. Odatda Urg’ochilar 40-50 dona tuxum qo’yadi.
Sselionidlar orasida zararli xasvaning Trissolcus grandis, T. rufiventris hamda Telenomus chloropus singari Tuxumxo’r telenomus parazitlari uchraydi.
19-mavzu: Mum kuyasi va uni ko’paytirish Kerakli jihozlar:
Rasmli jadval
Hasharotlarning ko’rgazmali namunalari
Tarqatma materiallar
REJA:
1. Asalari mum kuyasining bioekologiyasi.
2.Asalari mum kuyasi (“voskovaya mol”) ko’paytirish texnologiyasi.
Asalari mum kuyasi (“voskovaya mol”) – Galleria mellonella, Pyralidae,
Lepidoptera ko’paytirish texnologiyasi. Asalari mum kuyasi O’zbekistonda tabiatda keng tarqalgan hasharotdir. Uning 2 turi uchraydi va asalarichilikka birmuncha zarar etkazadi. Katta mum parvonasining qurtlarida brakon yaydoqchisini ko’paytirish ancha Qo’l keladi.
Katta mum parvonasining kapalagi qanotlarini yozganida 30-40 mm keladi.
Urg’ochisining rangi och-jigarrang, kulrangsimon tangachalar bilan qoplangan.
Keyingi qanotlari kulrangsimon oqish, sarg’ish tovlanib turadi.
Birinchi yoshdagi qurti oqroq, boshi och sariq, tanasi siyrak kalta mallarang tukchalar bilan qoplangan. Katta yoshdagi qurtlar oqish kulrang, boshi va elkasi qo’ng’irroq, har bir bo’g’imning oldingi qismida qoramtir xitinlashgan qalqonchasi bo’ladi . Qurti oxirgi yoshida 3-4 smga etadi. G’umbagi dastlab oq rangda, rivojlanish davomida sarg’ish-jigar rangga o’tadi, kapalaklar chiqishidan oldin esa, to’q-jigarrangli bo’lib, o’lchami 16-20 mmga etadi. Pillasi kulrang, o’lchami 20-25 mm.
Mum kuyasini kapalaklarining jinsini ajrata olish mumkin. Erkak kapalaklar tinch turgan vaqtida qanotlarini deyarli keng yoyib, urg’ochilari esa yig’ib o’tiradi. Urg’ochi kapalaklar o’rtacha 9-20 kun yashaydi, tuxumlarini asalari uyasi tubiga, yoriqlarga, mabodo asalari oilasi kuchsiz bo’lsa, to’g’ridan-to’g’ri mum kataklariga qo’yadi. Bir Urg’ochi kapalak, tashqi sharoitiga, ozuqa miqdoriga qarab 650 dan 2000 tagacha tuxum qo’yadi. Laboratoriya sharoitida kapalaklar tuxumlarini balonlar va sadoklar devorlariga, ozuqa muhitiga, balonlar qopqog’i tortilgan matolarga qo’yadi. 32-35°S haroratda qo’yilgan tuxumlardan 3-4 kundan so’ng qurtlar ochib chiqadi. Mum kuyasi issiqsevar hasharot. Uning rivojlanishi uchun harorat o’rtacha 30-35°S bo’lishi kerak. Mum kuyasining to’liq rivojlanishi uchun yuqoridagi haroratda 41-53 kun kerak bo’ladi .
Harorat 20°S dan past bo’lgan ida esa, 70-86 kunga cho’ziladi . Harorat +10°S dan past bo’lgan ida qurtlar rivojlanishidan to’xtaydi va shunday holda asalari uyasida kelasi yilning bahorigacha qishlab qoladi. Asalari mum kuyasining rivojlanish davomiyligi laboratoriya sharoitida 32-35°S haroratda qo’yidagicha davom etadi. Asalari mum kuyasi O’zbekiston tabiiy sharoitida yiliga 3-4 nasl bersa, laboratoriya sharoitida esa undan 7-9 marta avlod olish mumkin. Hozirgi paytda brakon ko’paytirish uchun asalari mum kuyasini laboratoriya sharoitida ko’paytirishning yangi takomillashgan texnologiyasi yaratilib joriy qilinmoqda. Bu texnologiyasining afzalligi quyidagi-lardan iborat:
birinchidan – asalari mum kuyasini ko’paytirishda oqsilga boy ozuqa mahsulotlaridan foydalaniladi, asosiy oziq komponenti bo’lgan noyob merva tejaladi, kam sarflanadi; ikkinchidan – bir xil yoshdagi qurtlarni etishtirish imkonini berib ish
unumdorligi oshadi; uchinchidan – 3 litrlik shisha bankalar iqtisod qilinadi. Bitta 3 litrlik shisha bankada 13000-14000 dona qurtlar etishtiriladi va nihoyat biolaboratoriya xonalaridan unumli foydalanish imkoni yaratiladi.
Ushbu texnologiyaga asosan asalari mum kuyasini ko’paytirish quyidagicha amalga oshiriladi:
Buning uchun №1 ozuqadan (6-jadval) 3 litrlik toza va sterillangan bankalarga 1 kg atrofida solinadi va unga 1 gr asalari mum kuyasining tuxumi solinadi. Bankalar 15-17 kun 33-35°S da saqlanadi. Har bir bankada 13000-14000 qurt paydo bo’ladi . Jami 36 ta banka bo’ladi .
So’ngra har bir bankadagi tayyor qurtlar ozuqasi bilan 10 ta 3 litrlik sterillangan bankalarga bo’linadi va avvaldan tayyorlab qo’yilgan №2 oziqdan 100-150 grammdan solinadi. Keyinchalik har 3-5 kunda, har bir bankaga №2 ovqatdan 100150 grammdan solinib boriladi. Bu ish kapalak uchib chiqqunicha davom ettiriladi.
So’ngra bankalarga plastmassa tayoqchalar (doshechka) solinadi (har bir bankaga 4 ta). Plastmassa tayoqchalar tuxumdan tozalanib yana qayta bankalarga solinadi. Bu ish kun ora bajariladi. Oziq sifatsiz tayyorlansa, ular mog’orlashi, qotib qolishi va qorindor kana ko’payib ketishi mumkin. Qorindor kana tushmasligi uchun tozalikka rioya qilish hamda ozuqaning namligi oshib ketmasligi lozim. Brakon ko’paytirish uchun qurtlar sadoqlarda boqiladi. Buning uchun №1 ozuqasi va tuxum solingan 15-17 kun saqlangan bankalarni sadoklarga (1 ta sadokka 3 ta banka) ag’dariladi va uni ustiga yupqaroq qilib №3 ozuqadan 10-15 kun davomida har kuni 1,5 kg dan solinadi. Uning usti qalin mato bilan (qatlam-qatlam qilib) yopib qo’yiladi. Harorat +35°S, namlik 80-85% bo’lishi lozim. 6-jadval
Asalari mum kuyasini ko’paytirish va unga ishlatiladigan ozuqalar
(ToshDAU, Biomarkaz lab.)
Do'stlaringiz bilan baham: |