O’simliklarni himoya qilish kafedrasi o’simliklarni biologik himoya qilish


Lavlagi pashshalarining entomofaglari



Download 9,16 Mb.
bet25/73
Sana26.03.2022
Hajmi9,16 Mb.
#511220
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73
Bog'liq
Biologik Darslik UMK

Lavlagi pashshalarining entomofaglari.Lavlagi pashshalari tuxumlarida
Trichogramma evanescens, T minutum parazitlik qilsa, ularning lichinkalarida Phygadeuan pegomyia, Opius spinaceae, O. carbonorium, O. fulvicollis va h., pupariylarida esa Aleochara bilineata va A. bipustulata parazitlik qilishi aniqlangan.
Barg kavaklaridan chiqqan pashshaning lichinka va pupariylari bilan oltinko’zlar lichinkalari, stafilinidlar, vizildoq qo’ng’izlar va boshqa ko’pchilik yirtqich bo’g’imoyoqlilar oziqlanadi.
Karam bitining entomofaglari. Karam biti hisobiga ko’pchilik hasharotlar – xonqizi qo’ng’izlari, oltinko’zlar, gallitsalar, sirfidlar yirtqichlar sifatida hayot kechirsa, afidiidlar parazitlik qiladi. Xonqizi qo’ng’izlaridan ayniqsa ikkinuqtali va ettinuqtali, oltinko’zlardan oddiy va yirtqich gallitsalar bit sonini muntazam ravishda kamaytirib turadi. D.B. Daminova (1992) Toshkent viloyati karam dalalarida o’tkazgan tadqiqotlari ko’rsatishicha, bu biotopda sirfid pashshalarining 10 avlodga taalluqli 22 turi karam biti bilan oziqlanib, ertagi karamni yig„ishtirish arafasida sirfidlardan Sphaerophoria scripta, S. rueppelli turlari dominantlik qiladi va ular barcha uchraydigan turlarning 96,4% ni tashkil qiladi.
O’rta muddatlarda ekilgan karamda esa S. scripta 28%, S. rueppelli 21%, Paragus quadrifasciatus 35% ga uchraydi. Kechki karamda sirfidlarning eng yuqori soni sentyabr oxiri-oktyabr boshiga to’g’ri keladi. Bu davrda dominant tur sifatida Metasyrhus corollae (65,3%) qayd qilingan.
Hisoblar ko’rsatishicha, mavsum davomida karamda tabiiy kushandalarning 0,2% ni oltinko’zlar, 0,8% ni leukopislar, 7,5% ni koksinellidlar, 37,5% ni gallitsalar va nihoyat 54% ni sirfidlar tashkil etgan. Karam bitining o’simliklarda kamayishi yirtqich:Xo’jayin nisbati 1:30, 1:40 ga to’g’ri kelganda kuzatilgan (Daminova, 1992). Karam bitida parazitlik qiladigan 13-15 ta tur orasida juda samarali tur sifatida Sholg’om dieretiellasi, O’zbekiston sharoitida esa dukkaksimon liziflebusni qayd qilish mumkin (Bondarenko, 1986).
Sholg’om dieretiellasi (Diaeritiella rapae, Hymenoptera turkumi, Aphidiidae oilasi). Parazitning g’umbagi Xo’jayin tanasida o’simlik qoldiqlari orasida qishlaydi. Qishlovdan chiqqan parazitning erkak va urg’ochilari darhol jinsiy chatishib, o’simlik bitlari tanasiga tuxum qo’yishga kirishadi (12rasm). Dieretiella 36 turdagi o’simlik bitlarida parazitlik qiladi, ammo uning asosiy Xo’jayini karam va shaftoli bitlaridir. Karamda dieretiella karam biti bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ladi .
G.I. Islomovaning (1972) Toshkent viloyatida o’tkazgan kuzatishlarida may oyi oxirida har 100 karam bargida 225-271 dona mumiyolangan bitlar soni qayd qilingan bo’lsa, 10 iyunda u 627 ga etgan va avgust oyining boshiga qadar shu miqdorda saqlangan.

12-rasm. O’simlik biti tanasiga tuxum qo’yayotgan dieretiella urg’ochisi (A.T.Ushekov, G.A.Beglyarov, T.A.Kozlova, 1972)
Havo harorati 24-250S bo’lgan ida parazitning bir avlodi rivojlanishi uchun 12 kun kerak bo’ladi . Har bir Urg’ochi parazit 500 donagacha tuxum qo’yadi. Ammo dieretiella miqdorini ustama parazitlar kamaytirib tursa kerak, chunki Toshkent viloyatida o’tkazilgan kuzatishlarda karam bitining parazit bilan zararlanishi dalalarda 13-17% ni tashkil qilgan, xolos (Daminova,1992).

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish