O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Òaklif tushunchasi. Òaklif qonuni



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

4.6. Òaklif tushunchasi. Òaklif qonuni
Òaklif — bu muayyan vaqtda bozorga chiqarilgan va chiqarilishi
mumkin bo‘lgan hamda ma’lum bir narxlarda sotiladigan jami
tovarlardan iboratdir. Òaklif barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar
emas, balki uning sotishga mo‘ljallangan qismi, ya’ni tovardir. Misol
uchun, biror oilaviy tadbirkor tomonidan har kuni 50 kg qandolat
mahsuloti tayyorlanadi, lekin shu mahsulotning 2 kg.ini o‘z oila
a’zolari iste’mol qilishadi. Qolgan 48 kg esa tovar sifatida bozorga
taklif qilingan bo‘ladi. Òaklifning hajmi tovarlarning miqdoriga
va har bir tovar narxiga bog‘liq bo‘ladi. Misolda tovar miqdori
48 kg, agar har bir kg qandolat narxi 5 ming so‘m bo‘lsa, taklif
hajmi 240 ming so‘m bo‘ladi. Òaklif ham ikki xil bo‘ladi. Birinchisi,
bu yakka ishlab chiqaruvchilarning ma’lum bir tovarni bozorga
taklif etishlarida namoyon bo‘ladi. Ikkinchisi, umumiy yoki jami
taklif bo‘lib, barcha ishlab chiqaruvchilarning muayyan turdagi
yoki o‘xshash tovarlarni taklif etishlari tushuniladi. Misol uchun,
bir novvoy tomonidan bozorga non taklif qilinishi bu yakka taklif,
nonning bozorga jami 100 ta novvoy tomonidan taklif etilishi esa
umumiy yoki boshqacha aytganda jami taklif hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozordagi talabga qarab taklif
etiladigan tovarlar nihoyatda xilma-xil bo‘ladi. Ularni quyidagi
guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Resurs tovarlar, bunga xomashyo, yoqilg‘i, har xil yordamchi
materiallar kiradi.
2. Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tovarlar —
asbob-uskuna, mashina, stanoklar, binolar va boshqa yordamchi
inshootlar, infratuzilmalar va h.k.
3. Ishchi kuchlari — aqliy va jismoniy mehnatdan iborat tovar.
4. Pul kapitalidan iborat tovar.
5. Boshqa iste’mol tovarlari va turli xizmatlar.


73
Iste’mol tovarlari tarkibi ham juda xilma-xil bo‘ladi. Ular,
odatda, uzoq muddatli iste’mol tovarlar (uy-joy, avtomobil, muz-
latgich, televizor, mebel va h.k.), qisqa muddatli ishlatiluvchi tovar-
lar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, ayrim uy xo‘jaligi uchun kerakli
buyumlar va boshq.), har xil turdagi xizmatlardan iborat bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli kerakli axborotlar, patentlar,
ilmiy ishlanmalar, g‘oyalar, san’at va madaniy-maishiy xizmatlar
ham taklif etiladi. Bozor sharoitida taklif talabga qarab o‘zgarib
turadi. Òaklifning o‘zgarib turishi taklif qonuni bilan izohlanadi.
Òaklif qonuni, taklifning miqdori narxga nisbatan to‘g‘ri mutano-
siblikda o‘zgarishini ifodalaydi. Agar narx talabga teskari ta’sir
etsa, taklifga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Òaklif qonuni
quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Tf = Òm · Òn,
bu yerda, Tf—taklif; Òm—tovarlar miqdori; Òn—tovarlar narxi.
Òaklif qonuniga binoan narx qanchalik yuqori bo‘lsa, taklif
shunchalik ko‘payadi va aksincha. Òaklif qonuni faqat narxning
taklifga ta’sirini izohlaydi, unga boshqa omillar ta’sirini nazarda
tutmaydi. Narx ta’sirini quyidagi jadvalni tahlil qilish orqali
tushunamiz:

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish