O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

4.4. Òalab qonuni
Bozordagi talab o‘zgaruvchan (elastik) bo‘ladi. Bu hodisa talab
qonuni bilan bog‘liq izohlanadi. Òalab qonuni — bozordagi
talabning tovarlar narxiga nisbatan teskari mutanosiblikda o‘zga-
rishini bildiradi. Òalab qonuni narx darajasi bilan talab miqdorining
teskari mutanosiblikda bog‘liqligini ko‘rsatadi. Uning formulasi
quyidagicha ifodalanadi
1
:


B
1
,
T
Q
V
bu yerda, Ò
B
— talab; — tovar narxi; — tovar miqdori.
Odatda, hamma biladiki, bozorda narx oshsa, talab kamayadi,
narx pasaysa, aksincha, talab ortadi, xuddi shu holat talab qonuni
deb ifodalanadi. Narx arzonlashganda talab ortadi, chunki ilgari
muayyan tovarni sotib olishga qurbi yetmaganlar uni sotib olish
imkoniga ega bo‘lishadi.
Òalabga narxdan boshqa bir qator omillar ham ta’sir ko‘rsatadi,
lekin buni talab qonuni bilan izohlab bo‘lmaydi. Shu sababli
narxning talabga ta’siri doimiy xarakterga ega emas, chunki ayni
shu tovarni yuqori narxda oldin olganlar ham endi uni ko‘proq
xarid qila olishadi. Ma’lum bir tovarga narxning ortishi ikkinchi
bir narxi arzon tovarga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘ladi.
Bu holat talabni o‘rinbosar tovarga ko‘chiradi. Natijada narxi
o‘zgarmagan tovar arzonlashgan tovarga nisbatan qimmat bo‘ladi,
shu sababli xaridor arzon tovarni ma’qul ko‘rib, uni ko‘proq xarid
qila boshlaydi. Bu jarayon, asosan, o‘rinbosar tovarlarga taalluqli
bo‘ladi. Masalan, bu holat oziq-ovqat mahsulotlaridan — un,
makaron kabilar qimmatlashsa, guruch mahsulotlari narxi
o‘zgarmay qolsa, albatta, xaridor guruchni ko‘proq sotib ola bosh-
laydi. Ammo ayrim toifadagilar borki, ularning xarid imkoniyatlari
yetarli bo‘lganligi uchun avvalgidek o‘zlari ma’qul ko‘rgan mahsu-
lotlarni xarid qilaverishadi, lekin un mahsulotlariga bo‘lgan umu-
miy talab biroz qisqaradi, chunki uning bir qismi guruch mahsuloti
tomonga o‘tib ketadi.
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 51-bet.


65
Demak, ayrim tovarlarga narx oshganda ularga talab qisqaradi,
xaridorlar muayyan tovarni kamroq olishadi yoki uni olmay
qo‘yadilar. Narxi oshgan tovarga bo‘lgan avvalgi talab boshqa
o‘rinbosar, lekin narxi oshmagan tovarga tomon o‘tadi. Buni oddiy
misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Bozorda, ayniqsa, bahor
paytida kartoshkaning bahosi ko‘tarilib, avvaliga 1500 so‘mga,
keyin asta-sekin o‘saborib, 2000 so‘mga yetadi. Shu vaqtda
sholg‘omning bahosi 500 so‘mni tashkil etib, bir xilda turibdi.
Demak, talab qonuniga ko‘ra ko‘pchilik iste’molchilar kartoshkaga
o‘rinbosar bo‘lgan sholg‘om olishni ma’qul ko‘radilar, natijada
talabning bir qismi sholg‘om tomon o‘tadi, kartoshka xaridi qisqarib
boradi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, talab bilan
narx o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik talab qonuni borligidan dalolat
beradi, lekin bu bog‘lanish mutlaq bog‘liqlik bo‘ladi, degan xulosani
bermaydi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish