O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

3.3. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi
va islohotlar strategiyasi — «o‘zbek modeli»
Biz yuqorida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning jahon tajriba-
sini o‘rganib chiqdik. Xo‘sh, ko‘rsatib o‘tilgan andozalardan qaysi
biri biz uchun yaroqli, qaysi birini nusxa qilib olish mumkin?
Bu murakkab savolga O‘zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti I.A. Karimov quyidagicha javob bergan: «Biz boshqa
mamlakatlarda to‘plangan tajribalarning respublikamiz sharoitiga
tatbiq qilsa bo‘ladigan imkoniyatlarni inkor etmaymiz, albatta.
Ayni vaqtda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishning
o‘z milliy andozasi ishlab chiqildi» va bu andozaning mazmunini
shunday sharhlaydi: «O‘zbekiston uchun o‘zi tanlab olgan yo‘l
ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-
sharoitlari va xususiyatlariga eng ko‘p darajada mos keladigan
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir»
1
.
1
I.À. Êàrimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., 1992,
46-bet.


54
O‘zbekiston — o‘z tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti, ijtimoiy
tizimi, resurslari, zaxiralari va boshqa jihatlari bilan ajralib turuvchi
mamlakat. Boshqacha aytganda, bizning o‘zimizga xos xususiyat-
larimiz borki, ularni bozor munosabatlari shakllantirilayotgan
hozirgi davrda nazarda tutmoq g‘oyat zarurdir. Bu xususiyatlarimiz
qaysilar? Bu savolga ham I. Karimovning ilmiy tadqiqotlarida aniq-
ravshan javob berilgan.
Birinchidan, bizga «falaj» qilib davolash («shok terapiyasi») to‘g‘ri
kelmaydi, ya’ni barcha mavjud tarkib topgan tizimlarni inkor etib,
yo‘qotib, tamomila yangi tizimlarni yaratish yo‘lidan bormaymiz.
Biz «yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslik» yo‘lidan boramiz.
Ikkinchidan, «bozor iqtisodiyoti sari sakrashlar, inqilobiy qayta
o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan
bosqichma-bosqich harakat qilish» yo‘lidan boramiz.
Uchinchidan, xalqimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishga tayyor
emasligini nazarda tutib, bozorga o‘tishda aholini, ayniqsa, uning
nochor guruhlarini ijtimoiy himoyalash mexanizmi yaratiladi.
Bunda «milliy daromadni qayta taqsimlash, davlat qo‘lidagi eng
asosiy manba va vosita» bo‘ladi.
Òo‘rtinchidan, «odamlarning, korxonalarning, tarmoqlar,
mintaqalarning, umuman, davlatning manfaatlarini monand
ravishda uyg‘unlashtirishni ta’minlash» yo‘lidan borish.
Beshinchidan, bizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlat-
ning rolini oshirish nazarda tutilmoqda. Ammo davlat, uning
boshqaruv tuzilmalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri xo‘jalik faoliyatiga
aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oltinchidan, fuqarolarga va yuridik shaxslarga tashabbus
ko‘rsatish, ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun teng sharoitlar
yaratib beriladi
1
.
Mamlakatimizda qurilayotgan bozor iqtisodiyoti bu boradagi
umumbashariy qadriyatlarni e’tiborga olishga hamda ularni milliy
xususiyatlarimiz bilan uyg‘unlashtirishga asoslanadi, ya’ni ijtimoiy
himoyalangan (ijtimoiy yo‘naltirilgan) bozor iqtisodiyoti bo‘ladi.
Xo‘sh, bunday bozor munosabatlarining o‘ziga xos jihatlari yana
qaysilar?
1
I.À. Êàrimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., 1992,
48, 50, 51-betlar.


55
Bu milliy jihatlarga quyidagilar kiradi:

madaniylashgan ilg‘or bozor iqtisodiyoti mulkchilikning har
xil shakllarda bo‘lishi, erkin iqtisodiy faoliyat tanlovi, talab va
taklifga qarab ish yuritish, raqobat asosida iqtisodiyotning rivojla-
nishi, daromadlarning manbalar va miqdor jihatdan cheklanmasligi
kabi umumiqtisodiy xususiyatlar hisobga olinadi;

inson farovonligini ta’minlashga, ijtimoiy hayot tarzining
umumiy o‘sishiga erishiladi; bunda har bir kishi o‘z farovonligini
boshqalar manfaatini qondirish orqali ta’minlay oladi;

iqtisodiyot keng ma’noda demokratlashadi, ya’ni bozor
subyektlarining hammasi mulk sohiblariga aylanadi, mulkiy
munosabatlarning ishtirokchilari bo‘ladi; mulkdorlarning o‘rta
toifasi vujudga keltiriladi va bular umumiy farovonlikka olib boradi;

mamlakatda haddan tashqari, asossiz boy-badavlat yoki
qashshoqlar toifasi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni aholining
kuchli ijtimoiy tabaqalashuviga olib borilmaydi;

mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya mexanizmi qaror
topib, ommaviy, yalpi himoyalash emas, balki aniq, shaxsiy
maqsadli ijtimoiy himoya tizimi yaratiladi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida o‘zimizga xos bozor
iqtisodiyoti qurishning dastlabki tajribalari to‘plandi, endi ular
yanada chuqurlashtirilib borilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston aholisi tez ko‘payayotgan, zich joylash-
gan hamda mehnat resurslari ortiq bo‘lgan mamlakatlar qatoriga
kiradi. Buning ustiga oilada kishilar soni yuqori (o‘rtacha 6 kishi
atrofida) bo‘lganligi tufayli jamg‘armalar yetarli emas, sarmoyalar
kam. Bunday sharoitda jonli mehnatni ko‘p talab qiladigan (qo‘l
mehnatini talab qiladigan) ishlab chiqarish tarmoqlarini, mayda
va o‘rta korxonalarni qurishga ustuvorlik berish maqsadga muvo-
fiqdir. Qishloq xo‘jaligida ham ko‘proq meva-sabzavotchilik
yo‘nalishiga, chorvachilikning ish kuchi talab qiladigan sohalariga
e’tiborni kuchaytirish ayni muddaodir. Mamlakat iqtisodiyotiga
chet el sarmoyalarini jalb etish, ularga soliq va boshqa masalalarda
imtiyozlar berish hozirgi davrning talabidir.
Bozor iqtisodiyoti mohiyatiga ko‘ra, mo‘l-ko‘l iste’mol ne’mat-
larini vujudga keltiruvchi iqtisodiyotdir. Buning ma’nosi, milliy
mahsulot hajmida shaxsiy iste’mol buyumlari va xizmatlarning
salmog‘i hozirgi darajadan ancha yuqori bo‘lishiga erishishdir.


56
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy yo‘nalish-
larida ijtimoiy ishlab chiqarish hajmida iste’mol buyumlari ishlab
chiqarishning salmog‘i o‘rtacha 50—55 % ga o‘stirilishi ko‘zda
tutilgan, keyinchalik bu ko‘rsatkich yanada oshirib borilib, umum-
jahon me’yorlariga yetkazilishiga harakat qilinmoqda. Hozirgi
vaqtda ilg‘or mamlakatlar ijtimoiy ishlab chiqarishida xalq iste’mol
buyumlari ishlab chiqarish salmog‘i 65–75 % ni tashkil etadi.
O‘zbekiston hukumati ana shu zaruratni hal qilish maqsadida xalq
iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun milliy
va xorijiy sarmoyadorlarga soliq hamda boj solish masalalarida,
kreditlar va ish kuchi bilan ta’minlashda yengilliklar berish haqida
qarorlar qabul qilgan. Bunday ilg‘or ishlab chiqarish tuzilishi
bozorni iste’mol buyumlari bilan serob qilishga, ular baholarining
arzonlashuviga, xalq iste’molining ortishiga xizmat qilishi tabiiydir.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan ikki strategik
vazifani bajarmoqda, birinchidan, o‘z mustaqilligining poydevori
bo‘lgan iqtisodiyotini modernizatsiyalash, ikkinchisi, chuqur
ijtimoiy-siyosiy islohotlar o‘tkazish orqali huquqiy-demokratik
davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekiston-
ning o‘ziga xos yo‘li I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh
tamoyilda ifodalangan bo‘lib, ular hozirgi zamon iqtisodiyoti
nazariyasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. Ular quyidagilar:


Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish