3. Ijtimoiy infratuzilma deganda nimani tushinasiz?
4. О‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida qanday choralar kо‘rilmoqda?
5. О‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida qanday о‘zgarishlar yuz bermoqda?
6. Mustaqillik yillarida transport va yо‘llar rivojida qanday yutuqlarga erishildi?
7. Siz mamlakatimizda ijtimoiy sohasini yanada rivojlantirish uchun nimalar tо‘siq bо‘lmoqda deb о‘ylaysiz?
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. “О‘zbekiston”, – T.: 2018 y.
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. –T.: ”О‘zbekiston”, 2017 y.
Mirziyoyev SH.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-tom.- T.: “О‘zbekiston”, 2020 y.
Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. “О‘zbekiston”, – T.: 2011 y.
Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yо‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. “О‘zbekiston”, – T.: 2015 y.
Muststaqil О‘zbekiston tarixi. “Akademiya”, - T.: 2013 y.
9-Mavzu: Mustaqillik yillarida О‘zbekistondagi ma’naviy
va madaniy taraqqiyot
Reja:
1. О‘zbekistonda madaniy va ma’naviy merosning tiklanishi.
2. Mustaqillik yillarida madaniyat va sportning rivojlanishi.
3. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.
О‘zbekistonda madaniy va ma’naviy merosning tiklanishi.
Chor Rossiyasi davrida ham, sovet totalitarizmi davrida ham mustamlakachilik siyosati О‘zbekiston xalqlarining tarixiy, ma’naviy va madaniy yо‘qotishlariga olib keldi.
Zero, mamlakatimiz suverenitetini tom ma’noda ma’naviy, milliy, diniy va tarixiy qadriyatlarni tiklamasdan amalga oshirib bо‘lmaydi. Shu sababli, О‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq respublikada siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlar bilan bir qatorda, xalqning ma’naviy merosi va madaniy qadriyatlarini tiklashga alohida e’tibor qaratildi. Jamiyatni ma’naviy yangilash, milliy mustaqillik g‘oyasini shakllantirish О‘zbekiston Respublikasi suverenitetini mustahkamlashning ajralmas qismiga aylandi.
Zamonaviy madaniy о‘zgarishlarning milliy modeli suveren milliy rivojlanish dasturining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning nazariy va konseptual asoslari О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarida ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilgan. Ularda milliy uyg‘onishning strategik vazifasini hal etish ma’naviy tiklanishsiz amalga oshirilmaydi va faqat «yuksak ma’naviyat buyuk kelajakka yо‘l ochadi», degan fikr ustuvorlik qilgan.
Islom Karimov о‘z davrida ushbu muammoni kо‘rib chiqib, quyidagi xulosaga keladi: «Biz о‘z taqdirimizni о‘z qо‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz aslar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yо‘lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz”. Shu nuqtai nazardan О‘zbekiston Respublikasining birinchi rahbari «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» kitobida mustaqil О‘zbekistonning ma’naviy rivojlanishi konsepsiyasini yaratib bergan.
О‘zbekistonda qabul qilingan ma’naviy rivojlanish konsepsiyasi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga asoslanadi. Prezidentning farmonlarida, nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, mamlakatning davlat dasturlarida Konsepsiyani hayotga tatbiq etish choralari belgilangan. Konsepsiya davlatning oila, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, diniy birlashmalar, madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari va shu kabi ustuvor institutlar bilan о‘zaro munosabatlarining meyoriy asosidir. Ushbu hamkorlikning maqsadi esa, odamlarning ma’naviy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |