„O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/72
Sana15.03.2023
Hajmi5,3 Mb.
#919497
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bog'liq
ona tili 10 uzb

bastakor
ini, 
arbob
ini, lashkarboshisini ko‘rsatadi.
Har bir odam dunyoga kelganda shu narsani bilishi kerak: u dunyoga 
o‘z xalqining vakili bo‘lmoq uchun kelgan. Har daqiqa ana shu vazifani 
bajarmoqqa shay bo‘lmog‘i kerak. 
(R. Hamzatov)
16.2-topshiriq.
Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning izohini tay yorlang. 
16.3-topshiriq.
Quyidagi fikrga munosabat bildiring.
Shunaqa vakillar ham bor edi: londonlik venger, parijlik eston, san-
fransiskolik polyak…
17-mavzu.
 ISH QOG‘OZLARI BILAN ISHLASH
(tavsifnoma, tilxat, ishonchnoma, bildirishnoma)
17.1-mashq.
Tavsifnoma matni bilan tanishing.
Toshkent viloyati Piskent tumanidagi
41-UO‘TMning 10-„B“ sinf o‘quvchisi
Ismatov Sherjahonga berilgan
Tavsifnoma
Ismatov Sherjahon Akmal o‘g‘li 2008-yildan buyon Toshkent vilo-
yati Piskent tumanidagi 41- UO‘T maktabida ta’lim-tarbiya olib kel moq-
da. O‘tgan yillar davomida Ismatov Sherjahon barcha umumta’lim 
fanlaridan belgilangan Davlat ta’lim standartlari talablarini to‘liq 
bajarmoqda. Mazkur o‘quvchi o‘zining bilim olishga bo‘lgan qiziqishi 
va ishtiyoqi bilan sinfda ajralib turadi. Barcha fanlarni talab darajasida 
http://eduportal.uz


86
o‘zlashtirayotgan Sh. Ismatov, ayniqsa, ingliz tili va tarix fanlarini 
chuqur o‘rganishga harakat qilmoqda. Ta’lim-tarbiya olish barobarida 
Sherjahon Yoshlar ittifoqi maktab kengashining a’zosi sifatida ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarda ham faol ishtirok etib, o‘zining tashabbuskorlik va 
tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qilib kelmoqda. Ingliz tili bo‘yicha 
viloyat fan olimpiadasida II o‘rinni egallab, ta’lim muassasamiz sha’nini 
respublika bosqichida himoya etayotir.
Sherjahon Ismatov badiiy adabiyotga beqiyos mehr qo‘yganligi sababli 
2019-yil tuman miqyosida o‘tkazilgan „Yosh kitobxonlar“ bellashuvining 
g‘olibi sifatida viloyat anjumanida ham ishtirok etdi hamda „Zukko kitob-
xon“ yo‘nalishida Faxriy yorliq va 20 nomdagi badiiy asarlar to‘plamini 
qo‘lga kiritdi.
Ismatov Sherjahon Akmal o‘g‘li ayni vaqtda o‘z imkoniyatlarini ishga 
solib ingliz tili bo‘yicha mutaxassis bo‘lib yetishish maqsadida tinmay 
o‘qib izlanmoqda.
Maktab direktori (imzo) Murodova Dilorom Yusupovna
10-„B“ sinf rahbari (imzo) Atoyeva Saodat Mirdadayevna

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish