obdirab
… hoy, hoy, hoy, bay, bay, dedi.
(
H.H.Niyoziy
)
NAZORAT ISHI.
TEST
11.1-mashq.
Matnni o‘qing. Unda zid juftliklarning qaysi sino nimlari
qo‘llanilganligini aniqlang.
MAHMUD G‘AZNAVIY VA AYOZ
Bir kuni Mahmud G‘aznaviy ovga chiqdi. Bir jayronning ortidan
quvar ekan, hamrohlaridan ancha uzoqlashib ketdi. Nihoyat, bir uyni
ko‘rdi. Horg‘in, terlagan, suvsagan holda o‘sha uyga yaqin borib suv
11-mavzu.
ANTONIM SO‘ZLAR USLUBIYATI
http://eduportal.uz
54
so‘radi. Qarshisiga yosh Ayoz chiqdi. Sulton Mahmudning qiyofasidan
obro‘li, martabali zot ekanini fahmladi va hurmat bajo keltirib dedi:
– Sultonim, jaziramada qolibsiz. Nafasingizni rostlab, salqinda dam
olib turing. Shu atrofda suvi muzdek va zilol bir chashma bor. Otam
haligina o‘sha yerga ketdilar, hademay keladilar. Sizga o‘sha suvdan
berayin, – dedi.
Ayoz kambag‘al bo‘lsa-da, shirinso‘z va odobli yigit edi. Tevarak-
atrofning go‘zalligidan, odamlar hayotidan gapirib, ancha payt hukmdorni
chalg‘itib turdi. Yigit suhbat asnosida bir kosa tiniq, sovuq suv olib
keldi. Sulton suvni miriqib ichdi va tan-u joni xiyla rohatlanganini aytdi,
chidayolmay:
– Otangning uzoq chashmadan suv olib kelishini aytgan eding.
Vaholanki, suvni uydan olib chiqding, buning sababi nimada?
Ayoz javob berdi:
– Podshohim, bu yerga kelganingizda issiqdan tanangiz qizib, juda
charchagan va terlagan edingiz. Sizni gapga solib biroz sovishingizni,
teringiz qurishini kutdim, afv eting, hazrati oliylari.
Sulton Mahmud bu yoshgina yigitchaning farosatiga, iliq muomalasiga
qoyil qoldi. Oilasidagilarning roziligini olib, uni saroyga keltirdi. Ayozning
oyog‘idagi chorig‘i, egnidagi arzon po‘stinini yechib, unga qimmatbaho
ko‘ylaklar kiydirdi va xizmatiga oldi.
11.2-mashq.
Berilgan so‘zlardan moslarini topib gaplarni tugallang.
1. Biz qanchalik … bilsak, shunchalik … taxmin qilamiz. (
G. Shou
)
2. … chehra ortida … qalb borligini bilib bo‘lmaydi. (
Koreys xalq
maqoli
)
3. … ehsondan qochar, … mehmondan qochar. (
O‘zbek xalq maqoli
)
4. Dushmaningga yengilganing uning …ligidan emas, sening …-
ligingdan dalolatdir. (
U. Xayyom
)
Tavsiya etiladigan so‘zlar:
baxil-xasis, kam-ko‘p, dono-nodon, go‘zal-
xunuk.
11.3-mashq.
Nutq uslublariga xos sifat antonim so‘zlar tanlang va ularni
berilgan jadvalga to‘g‘ri joylashtiring.
Namuna:
zaif fikr – asosli fikr, kuchli fikr, yorqin fikr.
http://eduportal.uz
55
1. Zaif fikr – (asossiz, asosli, kuchli, baland, yorqin).
2. Vafodor yigit – (bevafo, sotqin, xiyonatkor, sadoqatli, jafokor, mu-
nofiq).
3. Oson jang – (qiyin, mushkul, oddiy, o‘ng‘ay, og‘ir, mashaqqatli,
dushvor).
4. Chiroyli yozuv – (xunuk, qo‘pol, tasqara, beo‘xshov, sovuq, ko‘r-
kam).
5. Zerikarli uchrashuv – (qiziqarli, qiziq, ajoyib, antiqa, g‘aroyib,
allambalo).
6. Qoloq jamoa – (ilg‘or, zaif, zarbdor, peshqadam, yetakchi, kar-
vonboshi, kuchsiz).
7. Harakatchan xodim – (sovuqqon, beg‘am, serharakat, ishyoqmas,
urinchoq, loqayd, tanbal).
8. Sodda yigit – (yuvosh, qo‘ydek, ayyor, munofiq, muttaham, anoyi).
9. Qorong‘i g‘or – (yorug‘, nurli, charog‘on, oydin, ravshan, nu-
rafshon).
Do'stlaringiz bilan baham: |