Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

Ad-hoc yaxlit xossalar –
 
ontologik maqomi noimmanent, emerjentdir.  
Epistemologik maqomi–o‘z tarkibiga kiruvchi yaxlitliklarning xossalariga nisbatan 
reduksiyalanadi (murakkabga nisbatan reduksiyalanadi).  
Misollar: tirik hujayraning murakkab tizimlaridagi sodda noorganik moddalarning 
biokimyoviy  (alohida  holda  mazkur  moddalarga  xos  bo‘lmagan)  funksiyalari; 
so‘zlar, gaplarning mazkur semantik birliklarga o‘z holicha, kontekstdan tashqarida 
xos bo‘lmagan katta kontekstdagi ma’nosi.  
Bilish  usuli:  Ad-hoc  yaxlit  yondashuv  (ba’zan  mazkur  yondashuv  «yaxlit 
yondashuv» tushunchasiga kiritiladi).  
Yuqorida  zikr  etilgan  xossalar  to‘rt  turining  xususiyatlarini  moddiy  va  ideal 
tabiatning yaxlit ob’ektlari misolida tushuntirib o‘tamiz.  
Ad-hoc yaxlit xossalar masalasi misollar bilan maxsus tushuntirish va asoslashga 
muhtoj emas, chunki mazkur xossalar bilish ob’ektining mohiyatini tashkil etmaydi–
ular unga noimmanent. Mazkur xossalar ayni ob’ektga kattaroq yaxlitlik (tizim)ning 
ta’sir  ko‘rsatishi  natijasi.  Aytish  mumkinki,  bu  xossalar  kattaroq  yaxlitlikning 
«kuchi»ga nisbatan ob’ektning «murosaga kelgan»ligi ifodasidir.  


Oliy  darajada  uyushgan  molekulyar  tuzilmalar–fermentlar,  DNK,  RNK  singari 
biopolimerlarning  jami  xossalarini  tadqiq  qilish  bilan  bog‘liq  fizik-kimyoviy, 
biologiya sohasi yuqorida zikr etilgan xossalarning o‘ziga xos xususiyatlarini yaqqol 
namoyon etadi. Misol uchun, DNK molekulasiga xos bo‘lgan jami xossalarni bilish 
muammolarini  olaylik.  DNK  molekulasini  uning  tarkibidagi  alohida  atomlarning 
xossalari,  alohida  kimyoviy  va  kuchsiz  (bu  yerda  fizik)  aloqalarning,  funksional 
guruhlarning, elektr zaryadlarning, alohida fragmentlarning va hokazolarning tabiati 
orqali, ya’ni reduksiya metodi yordamida tadqiq qilish mumkin.  
Shu  bilan bir qatorda,  DNK  molekulasining  yaxlit tuzilma  sifatidagi  xossalarini, 
uning  tarkibiy  qismlari  xossalariga  to‘la  bog‘liq  bo‘lmagan  xossalarini,  ma’lum 
turkumga  mansub  moddalar  bilan  o‘zaro  kimyoviy  ta’sirga  kirishish,  tegishli 
muhitlarda  ma’lum  sedimentatsion  va  reologik  xususiyatlarga  ega  bo‘lish 
qobiliyatini  ham  tadqiq  qilish  mumkin.  Ammo,  reduksiya  metodi  va  yaxlit 
yondashuv  asosida,  ya’ni  DNK  molekulasiga  yaxlit  molekula  hamda  elementlar 
to‘plamidan iborat molekula deb qarab, unga xos bo‘lgan barcha xossalarni bilish 
mumkin emasligini aniqlash qiyin emas. DNK molekulasini element sifatida tadqiq 
qilib, nisbatan yuqori darajada uyushgan tizimga kirgan taqdirimizdagina unga xos 
bo‘lgan  oliy  «metayaxlit  xossalar»ni  ochib  berishimiz  mumkin.  DNK  molekulasi 
uchun bunday yuqori darajada uyushgan tizim bo‘lib, tirik hujayra metabolizmining 
o‘zaro bog‘langan va tartibga solinuvchi jarayonlari tizimi xizmat qiladi.  
Shuni  qayd  etib  o‘tish  kerakki,  bu  yerda  DNKning  immanent  oliy,  ya’ni 
«metayaxlit»  xossalari  to‘g‘risida  so‘z  yuritilmoqda.  Bu  tirik  organizmlarning 
molekulyar  tarkibiy  unsurlari  haqidagi  ilmiy  bilimlarning  rivojlanish  tarixidan 
yaxshi ma’lum.  
Darhaqiqat,  XIX  asrda  tirik  organizmlardan  nuklein  kislotalar  va  oqsilli  jismlar 
ajratib olinib, turli-tuman kimyoviy eksperimental vaziyatlarda kimyoviy ob’ektlar 
sifatida  tadqiq  qilindi.  Natijada,  XX  asrning  o‘rtalariga  kelib  ularning 
makromolekulalar sifatidagi tuzilishi va asosiy fizik-kimyoviy xossalari kashf etildi, 
ammo  ularning  oliy  axborot  va  tartibga  solish  xossalari  mazkur  molekulyar 
(kimyoviy)  ob’ektlarning  tirik  hujayradagi  faoliyatini  tadqiq  qilish  natijasidagina 
ochib berildi. Boshqacha qilib aytganda, faqat yuqorida zikr etilgan holatdagina biz 
genetik axborot tashuvchisi bo‘lgan DNK molekulasida zohir xossalarni topish va 
nukleoidlarning  ketma-ketligi  ma’lum  tabiatga  ega  guruhlar  (azotli  asoslar)ning 
tasodifiy  to‘plami  emas,  balki  genetik  kod  ekanligini  aniqlash  imkoniyatiga  ega 
bo‘lamiz. Aynan shu yerda biz «kontrreduksiya tamoyili» deb nomlangan o‘ziga xos 
bilish usuli yordamida DNKning oliy, «metayaxlit» xossalarini bilish imkoniyatini 
qo‘lga  kiritamiz.  (Mazkur  xossalar  faqat  tizimdagi  muayyan  ta’sirlar  natijasida 
yuzaga kelmaydi, ular mazkur ob’ektga xosdir.) 
Bu  yerda  kontrreduksiya  tamoyili  ob’ekt  muqarrar  tarzda  o‘zgarishi, 
takomillashishi  va  shu  kabilar  natijasida  muayyan  tizim  tarkibiga  kirganida 
qo‘shimcha tarzda paydo bo‘ladigan xossalarnigina emas, balki ob’ektga immanent 
bo‘lgan  bir  qancha  muhim  xossalarni  ham  bilish  imkonini  beradi.  Masalan, 
DNKning  aminokislota  ketma-ketligi  qayd  etilgan  matritsa  sifatidagi  xossalarini 
aniqlab, shundan so‘ng alohida ajratilgan DNK bilan ishlash va genetik kodga qarab 
muayyan  oqsillarning  tegishli  aminokislota  ketma-ketliklarini  aniqlashimiz  yoki 


aksincha,  alohida  ajratilgan  oqsillarning  aminokislota  ketma-ketliklariga  qarab 
DNKdagi  nukleoidlarning  ketma-ketligini  aniqlashimiz  mumkin.  Buning  ustiga, 
DNK,    RNK  molekulalarining  axborot  va  tartibga  solish  xossalari,  tirik  hujayra 
tizimlaridagi  metokontrreduksiyaga  asosan  aniqlangan  fermentlarning  biokatalitik 
hamda tartibga solish xossalari moddiy tarkibiga ko‘ra ham, tashkil etilishiga ko‘ra 
ham  nativ  («jonli»)  tizimlardan  farq  qiladigan  sun’iy  tizimlarda  ro‘yobga 
chiqarilishi mumkin.  
Kontrreduksiya tamoyilini tabiatshunoslik sohasida amalda qo‘llash ob’ektlarning 
oliy xossalarini faqat statistik moddiy tizimlar yoki aksiyalashtirish vaqti cheklangan 
tizimlar (masalan, sun’iy tashkil etilgan kimyoviy jarayonlar yoki alohida muayyan 
organizmlardagi  jarayonlar)dagi  ob’ektlarning  oliy  xossalarini  tadqiq  qilish 
bilangina  cheklanmaydi.  Metodning  imkoniyatlari  ancha  keng,  chunki 
kontrreduksiya metodiga nisbatan uning yuqori darajada uyushgan tizimi, deganda 
zamon  va  makondagi  har  qanday,  shu  jumladan  tadrijiy  rivojlanayotgan  tabiiy 
tizimni  tushunish  lozim.  Zamon  va  makondagi  tizim  (yoki  xususiy  holatda 
makondagi  temporal  tizim)ni  deganda  biz  zamonda  ma’lum  darajada  o‘zgaruvchi 
(noorganik,  organik,  ijtimoiy)  tushunamiz.  Biz  uni  ma’lum  invariant  belgilariga 
qarab,  yaxlitlik  hamda  tadqiqotning  ma’lum  ob’ekti  sifatida  ajratamiz.  Shunga 
o‘xshash har qaysi tizim uchun elementar vaqt bo‘lagi, ya’ni tizimida ko‘rilayotgan 
o‘zgarishlar ahamiyatsiz bo‘lgan eng katta vaqt oralig‘i tushunchasini muomalaga 
kiritish  lozim.  Mazkur  vaqt  bo‘laklarining  miqdori  kosmologiya  uchun  ming  va 
undan ortiq yillar, geologiya uchun o‘nlab va yuzlab yillar, mikrobiologiya uchun 
bir-ikki  generatsiya  davri  (taxminan  minutlar)  bilan,  kimyoviy  genetika  uchun 
sekundning ulushlaridan soatlargacha, jamiyat va madaniyat tarixi uchun esa o‘nlab 
va yuzlab yillar bilan o‘lchanadi.  
Zamon  va  makondagi  tizimlarda  tadqiq  qilinayotgan  ob’ektning  noma’lum  oliy 
xossalari tizimda, nafaqat dolzarb moddiy, balki muvaqqat, tarixiy sabab va oqibat 
aloqalarining  mavjudligi  tufayli  ham  namoyon  bo‘ladi.  Kimyoviy  evolyutsiya 
haqidagi ta’limot, molekulyar tuzilmalarning o‘z-o‘zini tashkil etish, tabiiy-tarixiy 
sharoitlarda tuzilish va sifat jihatidan murakkablashish qobiliyati haqidagi ta’limot 
yuqorida  aytilgan  tizimlarda  kontrreduksiya  metodining  ob’ektiv  asoslari  va 
imkoniyatlarini ochib beruvchi o‘ziga xos misol bo‘lib xizmat qiladi.  
Molekulalarning  muhim  xossasi  o‘z-o‘zini  tashkil  etish  qobiliyati  va  kimyoviy 
evolyutsiyani faqat kontrdeduksiya yordamida aniqlash mumkin bo‘ldi. Darhaqiqat, 
biologiyada  XIX  asrda  vujudga  kelgan  evolyutsion  ta’limot  tirik  organizmlarning 
tadrijiy  rivojlanishini  retrospektiv  tarzda  ko‘rib  chiqishda  faqat  eng  sodda  bir 
hujayralilar va ularning molekulyar (sub’ektiv hujayrali) tarkibiy qismlaridan kelib 
chiqishi  mumkin  edi.  Mazkur  holat  kosmologiyada  rivojlanayotgan  noorganik 
materiya  darajasida  tabiatning  dastlabki  evolyutsiyasi  g‘oyasi  bilan  birga  ilk 
biologik,  ya’ni  kimyoviy  evolyutsiya  muammosining  qo‘yilishiga  olib  kelardi. 
Muhimi shundaki, ilmiy bilimning tarixiy-mantiqiy rivojlanishida dastlab kimyoviy 
evolyutsiya  muammosi  qo‘yildi,  faqat  shundan  keyin  o‘z-o‘zini  tashkil  etuvchi 
kimyoviy  tizimlarni  muayyan  model  asosida  tadqiq  qilishga  kirishildi.  Xullas, 
molekulalarning  oliy  xossasi  o‘z-o‘zini  tashkil  etish  qobiliyatini  aniqlash 


kontrreduksiya–molekulalarni  tadrijiy  rivojlanuvchi  tabiiy-tarixiy  tizimda  ko‘rib 
chiqish natijasi bo‘ldi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish