Muhamedov S. O`zbek tilining alfavitli-chastotali lug`ati (gazeta tekstlari asosida), T., 1982.
1. EHM va tilshunoslik
1. Tilshunoslik va kibernetika fani bilan ham aloqadordir. Kibernetika
grekcha Kybernetike tehne so`zlaridan olingan bo`lib, boshqarish san'ati demakdir.
U XX asrning o`rtalarida mashina va jonli organizmlardagi aloqa, boshqarish va
nazoratni o`rganluvchi fan tarmog`i sifatida maydonga keldi. Kibernetika haqidagi
dastlabki g`oya Amerika olimi N.Vener tomonidan berilgan bo`lsa, keyinchalik rus
matematiklari: A.A.Markov, A.M.Lyapunov, A.N.Kolmogorov, A.Ya.Xinchin,
Amerika olimlari K.Shennon, Fisherlar bu g`oyani rivoj-lantirdilar. Kibernetika
fanining shakllanishi va rivojlanishida faqat matematiklargina emas, balki
fiziologlar, fiziklar, tilshunoslar, ruhshunoslar, mantiqshunoslar ham faol ishtirok
etdilar. Shunday qilib, kibernetika sintetik fan sanaladi va u matematika, fizika,
mantiq, fiziologiya, psixologiya, tilshunoslik ma'lumotlarini sintezlashtiradi.
Kibernetika fani jonli organizm bilan mashinalar o`rtasida aloqa, boshqarish va
nazorat jarayonida qandaydir umumiy belgilar mavjudligiga asoslanadi. Bu
ayniqsa inson asab sistemasiga, uning fikrlash va refleks faoliyatiga asoslangan
hozirgi elektron mashinalarda yaqqol ko`zga tashlanadi. hozirgi texnik taraqqiyot
bosqichida insonning mehnat faoliyatini osonlashtirish maqsadida inson bajarishi
lozim bo`lgan bir qator vazifalar mashinalarga o`tkazilmoqda. Bu jarayonda
insonga xos intellektual faoliyat mashinalarga ko`chiriladi. Natijada mashinalar
insonning faqat jismoniy mehnatinigina emas, balki aqliy mehnatini ham
yengillashtiradi. Masalan, yillar davomida sanash mumkin bo`lgan narsalarni
mashina yordamida bir necha daqiqada bajarish mumkin. Bunday mashinalar
elektron hisoblash mashinalaridir (EHM).
2. EHM bugungi kunda hayotimizning turli jabhalariga kirib bordi. Uning
yordamida turli xil matnlarni qisqa muddatda terish, har qanday axborotni uzatish,
qabul qilish va saqlash, hatto musiqa ijod qilish, shahmat o`ynash imkoniyati
mavjud. Bunday mashinalarning ixtiro qilinishida mashina xizmati bilan jonli
organizm faoliyati o`rtasidagi o`xshashlik tayanch nuqta bo`lib xizmat qiladi. Jonli
organizmda ham, mashinada ham tashqaridan olingan signallarga javob beradigan
boshqaruvchi va boshqariluvchi tarkibiy qismlar mavjuddir. Signallar inson
faoliyati va mashinalar ishini belgilovchi ma'lum axborotlarni tashiydi.
Axborot va
Do'stlaringiz bilan baham: