Shuning uchun ham XX asrning o`rtalariga kelib tilshunoslikda bir qator lingvistik
tushunchalarni aniqlashtirishga bo`lgan ehtiyojni qondirish uchun matematik
lingvistika nomi bilan yuritiluvchi alohida yo`nalish maydonga keldi. Muayyan
matematik apparatlardan foydalaniladigan lingvistik tadqiqot usuli matematik
lingvistika deb yuritiladi. Hozirgi kunda bu atama ostida ikki xil fan sohasi
tushunilmoqda. Birinchisi matematikaning bo`limi bo`lgan matematik lingvistika.
Uning tekshirish metodlari ko`p jihatdan matematik mantiq, ayniqsa, uning
algoritm nazariyasi bo`limlari bilan ko`p jihatdan umumiylikka ega. Ikkinchisi
lingvistika yo`nalishi bo`lgan matematik lingvistika matematik usullardan
foydalangan holda olib boriladigan har qanday lingvistik tadqiqot metodi
tilshunoslikda matematik lingvistika deb yuritiladi.
65
2. Tilni matematik yo`l bilan tasniflash F. de Sossyurning til haqidagi
ta'limotiga, tilga shu til egalarining nutqiy faoliyatida vazifa bajaruvchi mexanizm
sifatida qarashiga asoslanadi. Nutqiy faoliyat natijasida "to`g`ri matn" deb
yuritiluvchi nutqiy birliklar kema-ketligi maydonga keladi. Bu nutqiy birliklar
muayyan qonuniyatlarga bo`ysunadi va ularning ko`pchiligi matematik tavsifga
beriladi.
3. Gaplarni matematik tavsiflash usullarini ishlab chiqishl va o`rganish
matematik lingvistikaning asosiy vazifalaridan biridir. Bunday vazifa matematik
lingvistikaning sintaktik strukturani tavsiflash usullari nazariyasi bo`limi
zimmasiga tushadi. Gapning sintaktik strukturasini tavsiflash uchun ikki xil
usuldan foydalaniladi:
1) gap tarkibidan uning alohida sintaktik birlik sifatida amal qiladigan
ishtirokchilarini ajratish;
2) gap tarkibidagi so`zlarning tobelanish munosa-batini tavsiflash.
4. Bunday usullar Amerika struktur tilshunosligida keng qo`llanildi va
birinchisi "Bevosita ishtirokchilar grammatikasi", ikkinchisi esa "Tobelilik
grammatikasi" nomi bilan yuritildi.
66
Ularniig hammasi transformatsion grammatikaning turli ko`rinishlari sanaladi.
Matematik lingvistikaning yana bir tarmog`i formal grammatika nazariyasidir. Bu
grammatika ham mashhur Amerika tilshunosi, transformatsion grammatika
asoschisi Naum Xomskiy nomi bilan bog`liqdir. Formal grammatika alohida
matnlarni emas, balki bir qancha to`g`ri matnlarni na qonuniyatlarini
tavsiflash usullarini o`rganladi. Bu qonuniyatlar formal grammatikaning abstrakt
simvollari orqali belgilanadi. Shu asosda "Tug`drish grammatikasi" yoki
"generativ lingvistika" maydonga keldi. Bo`lardan tashqari tilshunoslikda
invariantlik nazariyasi ham matematika ta'sirida vujudga kelgan. Matematikada
invariant atamasi orqali o`zgaruvchan sonlar ostidagi o`zgarmas, barqaror miqdor
tushunchasi anglashiladi. Shuningdek tilshunoslikda keng qo`llanilayotgan statistik
metodlar ham matematika fanining ta'siri natijasida maydonga kelgan.
65
Абдуазизов А. Яна алгебра, алгоритм ва -изм суффиксларининг этимологияси ҳақида//Ўзбек тили ва
адабиёти. 1988, 5-сон.
66
Айимбетов М.К. Проблемы и методы квантитативного-типологического изменения близости тюркских
языков (на материале каракалпаского, казахского и узбекского языков) ADD, T., 1997.